O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Ishbilarmon o'yinlar usuli: dastlab o'qitish tizimlarida emas, balki boshqaruv amaliyotida 
paydo bo'lgan. Hozirda ishbilarmon o'yin usuli turli jabhalarda qo'llanilyapti, ijodiy faoliyatda 
loyiha tuzishda, real vaziyatlarda jamoaviy ishlab chiqishda, shuningdek, harbiy ishlarda 
qo'llanilyapti. Aytmoqchi «Ishbilarmon o'yin» usuli o'qitish usuli sifatida aynan harbiy o'yin 
hisoblanadi, amaliyotchilar qadimdan qo'shinni o'qitish uchun real jangu jadallarda emas, balki 
jang shartlariga taqlid qilib o'yin shakhda harbiy harakat olib borganlar. 
O'yinlar asosan — bu qo'mondonni qo'shinni boshqarishga o'rgatadigan askarni esa jang 
sharoitlarda o'zini boshqarishga o'rgatadigan ishbilarmon o'yin usulidir. 
Oliy o'quv yurtlarida turli kasb mutaxassislariga ishbilarmon o'yinlari ko'proq boshqaruv 
faoliyatida o'qitish uchun foydalaniladi. Ba'zan bu usulni boshqaruvda «ishbilarmon o'yinlari» 
deb ataladi. Umumiy ko'rinishda ishbilarmon o'yini usulining mohiyati — deb yozadi, bu 
boradagi mutaxassislardan biri E.A.Xurskiy — biz intonatsiya usuli (taqlid qilish, aks ettirish) 
turli vaziyatlarni o'yin yo'li bilan boshqarish deyish mumkin. Vaholanki, bunday aniqlik 
o'qituvchi uchun o'quv-metodik qo'llanmada berilgan, lekin gap ishbilarmon o'yin usulini real 
boshqaruv usuli sifatida emas, balki talabalarni boshqarishga o'rganish usuli sifatida ekanligi 
haqida ketyapti. Bizning nazarimizda ishbilarmon o'yin usulini nafaqat boshqaruvda qo'llash 
mumkin, shuningdek, xulosa chiqarishni boshqarishda ham qo'llash mumkin. Umuraan olganda, 


72 
bu usulning psixologik mohiyatini olsak, (har qanday) faoliyatga o'rgatish sifatida har qanday 
o'qitishda qo'llash mumkin. 
Ishbilarmon o'yin usulining mohiyati shundaki, o'quvchilarni o'qitish faoliyatini 
modellashtirish sifatida o'rganishdan iborat, chunki bo'lajak mutaxassislar kasbiy vazifalariga 
javob berishga o'rgatadi. Agar pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi o'qituvchilarni tayyorlash 
haqida gapiradigan bo'lsak, unda psixologiyani o'qitishda quyidagicha vaziyatlar asosiy rol 
o'ynashi mumkin. «Dars», «orqada qolganlar bilan ishlash», o'qishda orqada qolayotgan 
o'quvchi va xatolarni psixologik tabiatini psixologik sababini, masalan, diqqatni yoki 
matematikadan yozma ishda dars natijalarini tahlil qilish sharti va boshqalar. Bunda talabalar 
turli rollar bilan chiqish qilishlari mumkin: o'qituvchi, metodist, ta'lim departamenti inspektori, 
amaliyotchi talaba va hatto o'quvchini (a'lochi, qoloq va h.) bunday ishbilarmon o'yinlar usuli 
oldindan rejalashtirilishi (ssenariy tuzish, rollarga bo'lish vaziyatni tanlash va h.) va amaliy 
mashg'ulotlarda o'tkazish mumkin. 
Masalan, darsda o'quvchilar diqqatining rivojlanishi mavzusidagi amaliy mashg'ulotda 
ishbilarmon o'yin usuli o'qituvchi tomonidan tashkil qilindi. Unda psixologiya o'qituvchilari va 
talabalari ishtirokida maktabda darsni o'tish oldindan berildi. Bu sinflar rus tilini yaxshi 
o'zlashtirmayotgan o'quvchilardan tuzilgan. S.V.Ivanov, AN.Ivanova tomonidan ishlab chiqilgan 
yangi rus orfografiyasi metodikasirti tajriba qilish uchun tuzilgan tanlanma sinflar edi. 
Keyin talabalar mana shu dars va sinfni kuzatishdan to'plagan materiallari asosida 
ishbilarmon o'yinlar usuli o'tkazildi, ayni ekspremental xarakterga ega o'qitish qo'yilgan edi. 
Ular darsga katta qiziqish bilan munosabatda bo'lishdi, demak, ularning diqqati ham faolroq 
bo'ldi. 
Amaliyotchi talabalar o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini diqqat bilan kuzatadilar, yozib 
boradilar, ishbilarmon o'yin uchun keyinchalikka material to'playdilar. Ishbilarmon o'yinlar 
usulida ishtirok etishi uchun talabalarga rollar taqsimlanadi. Shunday qilib 3 ta talabaga 
o'qituvchi roli berildi (ular 2 soatli psixologiya darsidan amaliy mashg'ulot olib borishlari lozim 
edi). 7 ta talabaga esa ta'lim departamenti inspektor — metodisti roli berildi va 2 ta talabaga 
maktab mudiri va ilmiy xodim roli berildi. Shu orqali ish o’yini tashkil qilinib o'rtaga tashlangan 
muammo hal qilinadi. 
Ishbilarmon o'yin usuli amaliy mashg'ulotda qanday tashkil qilinadi? O'qituvchi otlarga 
suffikslarni qo'shish mavzusi bo'yicha dars olib bordi. Boshqalar esa dars metodikasi bo'yicha 
o'z fikrlarini bildirishdi. Ularning xulosalarida tanqidiylik mavjud edi (asosan, eksprement 


73 
o'tkazuvchi o'qituvchini ijobiy tomonlarini ko'p qo'llanilganligi uchun) «mudir» va ilmiy xodim 
esa, o'z o'qituvchilarining xato va kamchiliklarini oqlashga urinishdi. Suhbat nafaqat metodik 
nuqtayi nazardan muvaffaqiyatli chiqdi, shuningdek, psixologik asoslangan tanqidlar ham ko'p 
bo'ldi. Psixologik tahlil qilish nuqtayi nazaridan ham diqqatni rivojlantiruvchi ijobiy vaziyatlar 
namoyon bo'ldi. Ishbilarmon o'yin usuli oxirida asosiy xulosaga kelinsa va u quyidagicha 
shakllangan edi. O'quvchilarning diqqati darsga va o'rgatilayotgan mavzuga nisbatan faol 
qaratilgan. O'quvchilar vazifani a'loga bajarganlarida va bundan ma'naviy qoniqish 
olganlaridagina qiziqish hosil bo'ladi. 
O'qituvchining diqqati bu faoliyatni to'g'ri bajarishga qaratilgan ichki nazoratdir. Uni 
o'qituvchi vazifa bajarishga yo'naltirganda boshqariladi deb xulosa qilindi. Bu shuni anglatadiki, 
diqqatni o'stirish va tarbiyalash uchun o'quvchilarni iloji boricha to'g'ri faoliyat bajarishga 
yo'naltirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu nafaqat mashg'ulotlarni o'qitishga tegishli, 
shuningdek, har qanday aqliy va amaliy faoliyatni o'rganish uchun ham kerak. Yo'naltirishga 
asoslangan faoliyat (P.Ya.Galpirin) ayni psixologik sharoitlarni yaratadi. 
Ishbilarmon o'yin usuli ayni vaqtda boshqa usullarga ko'ra samaraliroq chiqdi. Chunki u 
talabalarni real vaziyatlarga qo'yib aniq shaxslaming rolini o'qituvchi, metodist, ilmiy mudir, 
direktor rollarini o'ynab aniq fikrlashga majbur qiladi va bu vaziyat o'quvchilar diqqatini, 
tafakkurini yo'naltiradi, yaxshi o'zlashtirishiga imkoniyat yaratadi. 
Talabalarni interfaol o'qitish usullaridan yana biri trening hisoblanadi. O'qitishning bu 
yangi usuli sifatida, birinchidan bizda u haqida ancha vaqtgacha bilishmagan, shunga qaramay 
g'arbda psixokorreksiya ishlarini bevosita amalga oshirish maqsadida kichik guruhlarda tuzilgan 
va maxsus munosabat tashkil etish usuli sifatida tarqalgan. Ikkinchidan u psixologiya yoki 
boshqa fanlarni yangi o'qitish usuli hisoblanmagan, hatto hozir ham shunday bo'lib ulguigani 
yo'q. Zero, ba'zi oliy o'quv yurtlarida ijtimoiy psixologiyani o'qitishda trening amaliy 
mashg'ulotlarda hamkorlikdagi faoliyat jarayonlarini shakllantirish uchun qoilana boshlaydi. 
Trening guruhlarida vujudga keladigan turli vaziyatlarni o'rgatuvchi hisoblanadi va shu ma'noda 
o'quvchilar uchun to'la real vaziyat sifatida namoyon bo'ladi va o'z faoliyati natijasiga 
javobgarlik bilan harakat qilishi kerak. Javobgarlik hissi faoliyatga kirishganda alohida 
ahamiyatga egadir. Nafaqat o'zi oldinga intilishi kerak, bu individual o'qitishda, hatto, guruhni 
o'qitishning erkin muhokamasida qo'l keladi, lekin guruhdagi sheriklar bilan oldinga intilishi har 
bir harakat yutug'i - bu butun guruh faoliyatining yutug'ining garovidir. 


74 
Bu aspekt treningning ishbilarmon o'yinlarga shunisi bilan o'xshaydiki, undan holi 
ishtirokchilar bir-biri bilan bog'liq javobgarlik kuchli, lekin o'qitish usullari orasidagi farq 
yaqqol ko'rinadi, ulardan bin nazorat, ishini nazariyaga asoslanganligi, tamoyili bo'yicha amalda 
qo’llashga o'rgatishga xizmat qiladi, boshqa esa amaliyotda nazariyani o'rganishga (amaliyotda 
nazariya) xizmat qiladi. 
Guruhiy trening usulining ijtimoiy psixologiya fanini o'qitishda qo'llash bejiz emas, 
chunki butun tarkibi nazariy qonuniyatlar guruhlararo va guruh ichidagi munosabatlarga 
bag'ishlangan, ularni amaUy mashg'ulotning guruhiy shaklida ko'proq yaxshi tushunish va 
o'zlashtirish mushkul, chunki fainni nazariy ahvoli o'rganilgan boshqa usullarida (ma'ruza ilmiy 
adabiyotlami o'qish) shakllangan oliy o'quv yurtlarida fanlarni an'anaviy akademik usulda 
o'qitish va talabalarda o'sha akademik bilimlarida psixologik texnologiyalami ama'iiyotda 
qoilanilishi zamon talablariga to'la javob bermaydi. Tarmoq kasblar (o'qituvchi, rejessyor, trener 
va boshqalar) egalari bilan ishlashda qanday usullarda tashkil qilinadi. 
Trening usuli bilan darslar kamdan-kam o'tkaziladi. Bunday bo'lishiga quyidagi sabablar 
mavjud: 

Download 0,99 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish