O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

— 
birinchidan — bu o'quv amaliyotida yangi va to'la oqlamagan usuldir; 
— 
ikkinchidan — bu usul bo'yicha mashg'ulotlarni tayyorlash qiyin jarayon va ko'p vaqt 
talab etadi; 
— 
uchinchidan — har doim o'qituvchiga ijtimoiy psixologiyaning qaysi muammolari 
guruhiy treningga olib kelish kerakligini tushunavermaydi. 
Dastlabki ikkita sabab ko'rinishdan ahamiyatsizdek ko'rinsada uchinchisiga kelsak, 
amalda uni hozir ko'proq o'tkaziladigan trening mavzuyi va muammosi bilan nomlab bartaraf 
etish mumkin. Shunday akademik boshqarma yoki yuqori malakali institutlarda talabalar 
auditoriyasida jamoa mavzusi bo'yicha o'quvchi yoki talabalar jamoasining shiorlari 
«Tanishuv», «O'zaro tushunish», «Yaxshi kayfiyat mimikasi-hissiy yaqinlik», «Nizolarsiz 
muloqot», «Nizoni nima qihsh kerak», «Vaqtincha to'xtatish, davom etishga qo'yib berish 
orqaga surish», «Men va jamoa» va h.k. treninglar tafakkur taraqqiyoti (nutq va uning namoyon 
bo'lishi) jarayoni guruhdagi individlar hamkorligi va boshqalar bo'yicha intellektual treninglar 
o'tkaziladi. 
Guruhiy trening usuli bilan o'tkaziladigan darslar o'qituvchida boshqa dars shakllari 
ishbilarmon o'yinlar, davra stoli yoki bahs kabi katta tayyorgarlikni talab etadi. Tayyorgarlik 
quyidagilarni o'z ichiga oladi: 


75 
a) treningning rejasi ustida ishlash; 
b) talabalar bilan muammoning yechimini qidirishda faol ishtirokini ta'minlash (odatda, bu 
o'tilayotgan mavzudagi savollarni oldindan berib qo'yish bilan bog'liq) bo'yicha ishlash; 
d) o'qituvchining o'z ustida ishlashi, u o'zining treningda qanday to’tishini o'ylab topadi; 
savollarni qanday qo'yish va muhokamalarga qanday munosabat bildirishi bahsli vaziyatni 
drammalashtirish yoki tomonlarning bir-biri bilan kelishishi guruh ishtirokchilarida javob 
variantlarini talab etishi yoki o'zi aytishi noto'g'ri yechimga guruh qanday munosabatda qachon 
va qanday umumiy xulosa chiqarish kerak. Trening davomida talabalar faolligi qanday 
baholanadi va hokazolar; 
e) ishtirokchilar orasida rollarni taqsimlash, lekin rollar hammaga yetishmasligi mumkin. 
Shunda ko'pchilikka tanqidchi va kuzatuvchi rollari beriladi va treningda eng faol ishtirokchini 
ta'minlash. 
Trening davomida bajariladigan rollarning boshqa ishtirokchilariga taqdim etishi 
mumkin. Rollar turlicha bo'lishi mumkin. Ular mavzudan kelib chiqadi. Masalan, «Jamoa» 
mavzusi bo'yicha treningda «Nizosiz muloqot yoki nizoni bartaraf qilish» bo'limlarida shunday 
rollar bo'lishi mumkin. «O'qituvchi», «tashkilotchi», «fikrlar generatori», «usta» (rollar imkon 
qadar nizoli) «adolat tarafdori», «kuldiruvchi», «tanqidchi», «qo'zg'aluvchi» «an'analar 
saqlovchisi», «uchinchi», «аууог», «mug'ombir» (o'rtacha nizoli) va yaratuvchi, ishtirokchi
dangasa, yaxshi yigit, nozik qiz, administrator (kam nizoli) va h.k. 
Ijtimoiy psixologik trening bu oddiy so'z bilan aytganda mashq qandaydir malakalarni 
egallash emas, balki faol ijtimoiy psixologik shaxsni muloqotda faolligi va yo'nalganligiga 
qaratilgan va guruhlarda ijtimoiy psixologik obyekti sifatida shakllanganligi darajasiga 
ko'tarilishiga qaratilgan o'qitish usulidir. 
O'qitish usuli sifatida guruhiy treningning ahamiyati o'quvchilarni bunday hamkorlikdagi 
faoliyati qaysiki oddiy talabalar o'quv guruhini ijtimoiy psixologik ko'rinishga ega modeliga 
aylantiruvchi muhimi hisoblanadi. Shuning uchun ijtimoiy treningni nazariyada shakllangan 
ijtimoiy amaliy psixologiyani o'qitishda yordam beruvchi deb hisoblash mumkin. Agar 
ishbilarmon usul — nazariyadan kelib chiqqan amaliy faoliyatga o'rgatsa, trening esa, amaliy 
vaziyatlardan kelib chiqib — nazariyani o'rgatishiga yana bir bor guvoh bo'lamiz. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish