84
foizi) oralig’ida baholanadigan qismi kompyuter sinflarida test topshiriqlari asosida o’tkaziladi.
Talabalar berilgan 30 ta test topshiriqlari bo’yicha har bir to’g’ri javob uchun 0,8
ballga ega
bo’ladilar.
Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda
o‘tkaziladi. Har bir variantda ikkitadan savol hamda bittadan amaliy topshiriq bo‘lib, har bir
savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish
ko‘rsatkichi 0-2 ball oralig‘ida baholanadi. Amaliy topshiriq ham 0-2 ball oralig‘ida baholanadi.
Berilgan har bir savolga to‘g‘ri va to‘liq
javob yozilsa, fanning nazariy va uslubiy
asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa,
javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,7-2 ball bilan baholanadi.
Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq
bajarilsa,
soliq tushumlari
prognoziga ta’sir etuvchi omillar to‘liq va to‘g‘ri aniqlansa, omillar ta’siriga ijodiy yondoshgan
holda xulosa va fikrlar bildirilsa, 1,7-2 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, fanning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri
qo‘llanilsa, javobda
mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,4-1,6 ball bilan
baholanadi.
Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, soliq tushumlari
prognoziga ta’sir etuvchi omillarning bir qismi to‘g‘ri aniqlansa, xulosa va fikr bildirilsa, 1,4-1,6
ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, fanning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri
qo‘llanilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,1-1,3 ball bilan baholanadi.
Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa,
xulosa va fikr bildirilsa,
1,1-1,3 ball bilan baholanadi.
Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv
adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.
Amaliy topshiriq shartida belgilangan
amallar bajarilmasa, xulosa yozilmasa 0-1 ball
bilan baholanadi.
85
Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda
berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi
va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.