115
14-mavzu.OILA PSIXOLOGIYASINING O’QITISH USULLARI.
REJA:
1. Oila psixologiyasi fani.
2. Oila psixologiyasini o’qitish usullari.
O‘zbekiston mustaqilligi tufayli Respublikada oila muammolari davlat ahamiyatiga
molik bo‘lgan masalalar qatoridanrasmiy ravishda o‘rin oldi.
1998-yilni «Oila» yili deb e’lon qilinishi, «Oila» ilmiyamaliy Markazining tashkil etilishi,
Respublikada oila manfaatiga qaratilgan maxsus Davlat dasturining qabul qilinishi,uning
mantiqiy davomi sifatida 1999-yilni «Ayollar yili» debe’lon qilinishi, viloyatlarda oilaga
xizmat qiluvchi turli maslahatxonalarning tashkil etilishi, oila muammolarini ilmiy tadqiqetish
maqsadida O‘zbekiston tarixida birinchi bor oilapsixologiyasi muammolari bo‘yicha
tadqiqotlar olib boradiganilmiy kadrlarni tayyorlash maqsadida aspirantura tashkil etilishi,
ularga aspirantlarning qabul qilinishi yuqoridagi fikrimizning dalilidir.
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilariga
mo‘ljallangan bo‘lib, ilk bor yaratilgansinov darsligi sifatida shu mavzudagi boshqa an’anaviy
darsliklardan birmuncha farq qiladi.
Oila psixologiyasini ilmiy jihatdan har tomonlama to‘liqifodalashga harakat
qilindi.O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undovchi, ijodiytafakkurini o‘stiruvchi turli
hikmatlardan, xajviy aforizmlardankeng foydalanildi. Chunki hikmat — hayotiy saboq
bo‘lsa,hajv — hayot to‘lqinlaridagi qutqaruv eshkagidir.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligi, o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, u respublikamizning
Ushbu o‘quv kursining maqsadi Siz yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdan iboratdir. Bu
o‘rinda haqli ravishda: «Bu
fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib, biznioilaviy hayotga tayyorlash
zarur bo‘lib qoldi? Axir ota-bobolarimiz bunday kurslarni o‘qimay ham tinch-totuv, ahil-
inoq,baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so‘nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash borasida qanchalik ko‘p
116
gapirib, yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizolioilalar, ajralishlar miqdori ortsa
ortayaptiki, kamaymayaptiku?» — kabi savollar ro‘yxatini cheksiz davom
ettiraverishmumkin. Ularning har birining yuzaga kelishiga asos bor.
Xo‘sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni oilaviyhayotga tayyorlash va
ularga «Oila psixologiyasi» fanining o‘qitilishi zarurligini taqozo qiladi?Ma’lumki, insoniyat
jamiyati taraqqiy etib borgan sariodamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan
bo‘ladigano‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlarorasida eng
samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlarham takomillashib, o‘ziga xos tarzda
murakkablashib
boradi.Sababi:
hozirgi
zamon
fan-texnika
taraqqiyoti,
ishlab
chiqarishmunosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoatishlab chiqarishi,
umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalaridayangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal
joriy etilishibevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lganinson omiliga,
inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablarqo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari,
jamiyat taraqqiyotibir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiypsixologik,
fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarningo‘zaro muloqot munosabatlari doirasini
ma’lum darajadachegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiy-5likni ma’lum
darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatidamumkin qadar hissiy, emotsional
zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi
psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasavvur hosilqilish uchun, bundan 90—100
yillar oldingi ularning tendoshlari va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-
qizlaro‘rtasidagi tafovutlarni solishtirib o‘tamiz.Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o‘tkazilgan
tadqiqotlarnatijalarida kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida odamlardakuzatiladigan
akseleratsiya jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy,fiziologik balog‘atga yetishi 2—3 yilga ilgarilab
ketgan. Bundan100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog‘atga yetish davri15—16 yoshga
to‘g‘ri kelgan, hozir esa bu holat o‘rtacha12—13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Endi shu
yoshlarning oilaviyhayotga tayyorlik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—
16 yoshlarida oilaviy hayotgayetuklik talablaridan biri bo‘lmish jinsiy yetuklikka,
balog‘atgayetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o‘shadavrlar uchun xos
va lozim bo‘lgan, unchalik murakkabbo‘lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik
sir-asrorlaridan deyarli boxabar bo‘lganlar (chunki u vaqtlarda bolalarni odatda, 13—14
yoshidan shogirdlikka berishgan), o‘sha
117
davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy
ma’lumot talab qilmagan, 3—4 yilustoz ko‘rgan shogird 16—17 yoshida o‘zi mustaqil ish
yuritaoladigan ustaga, o‘z ishini uddalay oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu
vaqtda oila quradigandek bo‘lsa, o‘zhunari orqali mehnat qilib, o‘zini va oila a’zolarini
iqtisodiyjihatdan ta’minlay olishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari,u vaqtlardagi 18—20
yoshli yigit mahalla-ko‘yda, jamoatchilik orasida ma’lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs
sifatidaqabul qilingan, turli tadbir va marosimlarda uning haqliishtirokchi sifatida
qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni uning ijtimoiy jihatdan balog‘atga yetganligi jamoatchilik
tomonidanqabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat oldida o‘ziga xos
mas’uliyat yuklagan, mas’uliyatni his qilish esauning psixologik yetukligi alomatlaridan biri
bo‘lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘ribchiqaylik. Ular 12—13
yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikkaerishadilar (bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tamiz),
biroq ularbiror-bir kasb-hunar egasi bo‘lib, mustaqil ishlab, o‘zini vaoilasini iqtisodiy
jihatdan ta’minlay oladigan bo‘lishi uchun,avvalo maktabni bitirishi, so‘ng u yoki bu
kasb-hunar kollejiyoki litseyda o‘qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buninguchun 9 yil
maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o‘qishi zarurbo‘ladi.12 yillik barcha uchun majburiy
ta’limdan so‘ng yoshlarimizning ma’lum bir qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtlaridadavom
ettiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yoshlarimizningiqtisodiy mustaqillikka erishishlari
ularning ma’lum qismiuchun 20—21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilanbirga oilalarining
kundalik hayoti o‘zgarib, qiyinishga, maishiybuyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga
bo‘lgan ehtiyoji hamortib boradi.Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning
madaniytakomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo‘yadigan talablari oshishiga va
shaxslararo munosabatning noziklashuvigaolib keladi. Buning yorqin dalili sifatida ajralishlar
miqdori oliyma’lumotlilar ichida umumiy o‘rta ma’lumotlilarga nisbatanyuqoriroq ekanligini
e’tirof etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo‘lmaganjamiyatdagi oila a’zolari
o‘zlarining oilaviy yumushlarining aksariyatini qo‘lda bajaradilar. Unga oilaning barcha
a’zolari vabirinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko‘p jalb qilinadi.
Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma’lummalakalarni, shu
jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni,oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo‘lish
118
malakalarini,oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeyiga ko‘ra o‘z huquqva vazifalarini
aniqlab olishga imkon beradi.Moddiy ta’minot, yuqori madaniy saviya esa shaxsningboshqa
shaxsga qo‘ygan talabini, shu jumladan oilada yanadakuchaytiradi. Oila a’zolarining o‘zaro
muloqotda bo‘lish vaqtimiqdorini qisqartiradi. Bu esa ko‘pgina yoshlar uchun ota-onaoilasi
shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olibkeladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingiyoshlar 16—18 yoshida oila
qursalar, ular shu vaqtga kelib7oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib
ketishlariuchun zarur bo‘lgan yetuklik darajalarining barchasiga erishganlar, bu esa
ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishimumkin bo‘lgan muammolarning bartaraf etilishiga
asos bo‘libxizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek,12—13 yoshlarida jinsiy
balog‘atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7—8 yil o‘tgandan so‘ng, ya’ni qizlar
19—20yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtdaesa ular na iqtisodiy
jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va napsixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo‘ladilar.
Bundayholatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi tengdoshlari hayotida
kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining
bugungi holatihozirgi zamon oilasi oldiga o‘ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarniham yuklaydiki,
bularning barchasi hozirgi yoshlarimiznioilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng
dolzarbmasalalardan biri bo‘lishligini taqozo qilmoqda. Shuninguchun ham so‘nggi 15—20
yil davomida dunyoning barcharivojlangan mamlakatlarida, jumladan, bizning
respublikamizdamustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq, oilamasalalariga,
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalardakomil shaxsni shakllantirish masalalariga
alohida e’tibor beribkelinmoqda. Umuman insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etibboraverar
ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shungamos ravishda ortib boraveradi va oilaga
bo‘lgan e’tibor hamkecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo‘ladi.
Chunki oilajamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo‘lib, u qanchainoq, ahil va mustahkam
bo‘lsa, jamiyat ham shunchalikqudratli bo‘ladi. Bu keltirilgan omillar yoshlarga
«Oilapsixologiyasi» kursini o‘qitishning dolzarbligini ifodalaydi.«Oila psixologiyasi» kursining
yaratilishi va uning o‘quvpredmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o‘tiladigandarslar
jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumatitomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy
siyosatning mantiqiyva mazmuniy davomidir.
|