• Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/75
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,99 Mb.
    #111433
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
    Bog'liq
    psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

    birinchidan — umumiy psixologiya — bu amaliy emas, balki nazariy fan bo'lgani uchun 
    psixologiyaning amaliy sohalari uchun metodologik ahamiyatga ega, shuning uchun uni o'qitish 
    o'quvchilarda nazariy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak; hamma o'quv 
    masalalarini talabalar psixologik tahlil qilishi va amaliy vaziyatlarni baholashga o'rganishlari 
    uchun to'plamlar tuziladi. 
    Bu psixologik o'ylash, fikrlash mahorati ularga yosh va pedagogik, ijtimoiy psixologiya va 
    psixologiyaning boshqa amaliy sohalarini o'zlashtirishlarga yordam beradi. Umuman, haqiqiy 
    faktlarda tuzilgan, amaliy maqsadga ega har qanday o'quv masalasi, amaliy muammoni hal etish 
    uchun nazariy fikrlashga o'rgatish maqsadini ko'zlaydi. 
    Ikkinchidan, ko'pchilik birinchi kurs talabalari psixologiyani birinchi marta o'rganganliklari 
    va darhol o'ziga shaxsan uning zarurligini anglab oladilar, chunki o'zini o'rganish va o'zini 
    yaxshiroq tushunib olishga imkon beradi. Bu qiziqarli va shu bilan bir vaqtda qiyin bo'ladi. Gap 
    shundaki ko'plari allaqachon ma'lumga o'xshab tuyuladi, chunki turmushda ham psixologik 
    bilimlarini egallash imkoniyati bo'ladi. 
    Lekin, bolaligimizdan ma'lum bo'lgan turli psixik hodisalarning talqin etilishi agarda biz 
    ularga psixologik nuqtayi nazardan qaraydigan bo'lsak, biroz boshqacha bo'lib chiqishi mumkin. 
    B u h a r doim ham darhol hisobga olinmaydi: Turmushdagi tushunchalar, ko'pgina hollarda 
    ilmiy tushunchalardan farq qilib, ularni o'zlashtirib olishga xalaqit qiladi. Demak, psixologiyani 
    o'qitish metodikasi psixikaning u yoki bu hodisa va holatlari haqidagi turmush hamda ilmiy 
    tasavvurlarining farqiga talabalar e'tiborini qaratishga to'g'ri keladi va hisobga olish kerak 
    bo'ladi. 
    Uchinchidan, ilmiy terminologiyalarni bilmay talabalar o'qishining boshlang'ich davrida 
    seminar mashg'ulotlarida, imtihonlarda javob berishda psixologik tushunchalardan foydalanishni 


    111 
    bila olmaydilar, («tushinib turibman lekin aytib bera olmayman» — shunday holat odatiy 
    hisoblanadi). 
    Bu kamchilikni qanday yo'qotish mumkin? Nutq - bu so'zlarni oddiy talaffuz etish emas, 
    balki fikrni tashqi ifoda etish ekanini esga olib, fanni o'qitish metodikasi birinchi navbatda 
    o'rganayotgan mavzular mazmuni bo'yicha maxsus tuziladigan o'quv fikrlash masalalari 
    (savollari) yordamida talabalarning fikrlashlarini rivojlantirish usullari haqida bosh qotirishi 
    kerak, lekin talaba qanday fikrlashi o'qituvchi u o'z fikrlarini ovoz chiqarib ifoda etayotganda, 
    uni nutqi bo'yicha aniqlab olish mumkin bo'ladi. Talaba qanchalik ko'p og'zaki fikrlarni ifoda 
    etsa, u shunchalik yaxshiroq fikrlaydigan bo'ladi va shunchalik tez ilmiy terminologiyani egallab 
    oladi, xato qilsa qilsin lekin jim turmasin, chunki ovoz chiqarib qilingan xatoni har doim 
    tuzatish mumkin. Eng yaxshi metodika — bu og'zaki nutqqa chorlaydigan va nutqiy faolligini 
    rag'batlantiradigan metodikadir, ilmiy leksikadan foydalangan nutq — bu fanni o'zlashtirish 
    natijasi sifatida ilmiy fikrlash demakdir. 
    Bu umumiy fikrlar faqatgina umumiy psixologiyaga emas, balki boshqa psixologik fanlarni 
    o'qitish metodikasiga ham taalluqlidir. Lekin ular umumiy psixologiyani o'qitish tajribalariga 
    asoslangan: 
    a) 
    insonning intellektual — idrok etish doirasining (aqliy rivojlanishi) rivojlanishi o'qitish 
    bilan, ehtiyoj motivlar (yoki affektiv — talablari) doirasining rivojlanishi jarayoni — tarbiya deb 
    aytish mumkinmi? 
    b) 
    agarda shunday bo'lsa, unda muallifning «Hozirgi paytgacha bolaning psixik 
    rivojlanishini ko'rib chiqishdagi katta kamchilik aqliy rivojlanish va shaxsning rivojlanish 
    jarayonlari o'rtasidagi uzilish hisoblanadi» degan so'zlarni qanday tushunish mumkin. «Shu 
    bilan birga shaxs bilan shaxsning rivojlanishi hech qanday asossiz affektiv ehtiyojni yoki sababli 
    - ehtiyojlari sohasini rivojlanishi deb tushuntiriladi». Fikrga munosabatingiz. 
    d) agarda tarbiyaning psixologik nuqtayi nazardan bu shaxsning rivojlanishi, ta'lim esa — 
    aqliy rivojlanishi bo'lsa va psixik rivojlanishni ko'rib chiqishda ulardagi uzilishni muallif 
    zamonaviy psixologiyaning kamchiligi deb hisoblasa, unda amaliy ta'lim va tarbiyada amaliy 
    jihat qanday aks etadi? 
    Bu savolga javob berish uchun muallifning «shaxs rivojlanish tomonlari va qarama-qarshi 
    birliklari haqidagi so'zlarini diqqat bilan o'qib chiqing va o'ylab ko'ring; «qarama-qarshi 
    birlik»ning mazmuni nimadan iborat. 


    112 
    Qaysi faoliyatning yetakchi turlari bola psixikasida sifatli o'zgarishga ohb keladi, uning 
    keyingi yosh davrlarida rivojlanishining boshqa davrlariga o'tishiga sabab bo'ladi; 
    chaqaloqlikdan (0—1 yosh) ilk bolalik (1—3 yoshgacha), ilk bolalikdan maktabgacha yoshga (3 
    yoshdan 6 yoshgacha), maktabgacha yoshidan — kichik maktab yoshiga (6 yoshdan 10 
    yoshgacha), kichik maktab yoshidan o'smirlik yoshiga (kichik — 12 yoshgacha va kattasi 15 
    yoshgacha) va undan katta maktab yoshiga (17 yoshgacha), «Chaqaloqlik davrida keskin 
    o'zgarish» «1 yoshdagi keskin o'zgarish», «3 yoshdagi keskin o'zgarish», «6—7 yoshli keskin 
    o'zgarish», «o'tish yoshdagi keskin o'zgarish» deb ataluvchi davriy keskin o'zgarish larni qanday 
    tushuntirish mumkin. 
    4. Seminar — munozarada muhokama etish uchun yana bir marta D.B.Elkoninning «Bolalik 
    davrida psixik rivojlanishni davriylashtirish muammosi» asarini diqqat bilan o'qib chiqing 
    hamda uning «tanlangan psixologik asarlarini» yoki bu maqolaning qisqartirilgan varianti «Yosh 
    psixologiyasi bo'yicha xrestomatiyasini» o'qib chiqing va quyidagi savollarga dalil va isbotli 
    tarzda javoblar tayyorlang. 
    Shunday qilib o'quv topshiriqlari (savol va masalalari): 
    1. Psixolog D.B.Elkonin ilgari mavjud bo'lgan va darsliklarda hozirgacha saqlanib qolgan 
    «yetarlicha nazariy asoslarga» ega bo'lmagan, «ulkan amaliy tajribalarga» asoslangan 
    «pedagogik davrlashtirish» o'rniga, bolalik davrida psixik rivojlanishni ilmiy asoslagan 
    davrlashtirishni taqlif etdi. 
    Talabalar uchun topshiriqlar. 
    a) ana shu davrlashtirishni diqqat bilan o'qib chiqing va o'z munosabatingizni bildiring; b) 
    bunday davrlashtirishga olim tomonidan qanday nazariy dalillar keltiriladi. Tushuntirib bering; 
    nima uchun uning fikrini to'g'ri deyish mumkin yoki noto'g'ri? 
    d) Qaerda ehtiyojlar doirasi va qaerda operatsion-texnik imkoniyatlar rivojlanishi ustun 
    bo'lgan bola psixikasi, yoshining rivojlanishi yuzasidan har bir davriga hayotdan olingan 
    misollar keltiring. 
    Ikkinchi qarash haqida gapiradigan boisak, yosh psixologiyasini bolalar psixologiyasi bilan 
    birlashtirib osongina tushuntirish mumkin. Hozirgi kunda nazariy va amaliy jihatdan yetarlicha 
    darajada o'rganilgan deb faqatgina bolalik davri rivojlanishini hisoblash mumkin. Shuning 
    uchun yosh psixologiyasi haqida jiddiy ilmiy mazmunda faqatgina bolalik davri psixologiyasi 
    haqida gapirishgina mumkin. Ammo bu hech ham fanga yetukiik yoshida psixika rivojlanmaydi 


    113 
    degani emas, psixologiya fan sohasi sifatida yosh psixologiyasining hozirgi holati bunday 
    xususiyatni o'qituvchi hisobga olishi va talabalarga tushuntirishi, turli mualliflar qarashlaridagi 
    farqi ularning xato emas, balki ilmiy fikrning to'xtamas xarakterlarini bildirishni ko'rsatib berish 
    kerak, bunga isbot sifatida ilgari aytib o'tgan «qisqacha psixologik lug'at»ning (1998) ichida 
    keltirilgan, tuzatilgan va to'ldirilgan nashrida yosh va bolalar psixologiyasini ajratib, ikkita 
    mustaqil boiimlaridan berilganini ko'rsatish mumkin. 
    Undagi keltirilgan tushuntirishlardan foydalanib, «Yosh psixologiyasi — insonning 
    ontogenizi tug'ilishidan to qariligigacha davom etishida shaxsning psixik rivojlanishi va 
    shakllanish bosqichlari qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologik fan sohasidir». Bu tushuntirish 
    orqali psixologiya bilan faqatgina bolalar yoshini cheklash mumkin emas. 
    «Pedagogik psixologiya - ta'lim va tarbiyaning psixologik muammolarini o'rganuvchi 
    psixologiya sohasi». Agarda yosh psixologiyasi bilan yagona o'quv fani sifatida o'qitiladigan 
    bo'lsa, unda metodika o'qitish va tarbiyalash jarayoni sifatida inson psixikasi rivojlanishi bilan 
    o'zaro bog'liqligini ko'rsatish asosida quriladi. Bunda bolalik yoshida psixikasining rivojlanishi 
    o'quvchilar o'quv faoliyatini tashkil etish psixologiyasining asosi, shaxsni intellektual va 
    ma'naviy jihatdan rivojlantirib unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi rivojlantiruvchi o'qitish sifatida 
    yetkaziladi. 
    Agarda o'qitish alohida olib borilsa, unda yosh psixologiyasi albatta faqatgina bolaligidagi 
    emas, o'smirlik, yoshlik, yetukiik va qarilik davrida ham psixikasini rivojlanishi haqidagi fan 
    sifatida to'laligicha va yaxlit bayon etiladi. Yosh psixologiyasi rakursida rivojlanish va o'qitish 
    nisbatlarini ko'rib chiqish mumkin bo'ladi; a) ta'lim va rivojlanishning bir-biridan mustaqilligi; 
    b) o'qitishning rivojlanishga bog'liqligi: d) rivojlanishning o'qitishga bog'liqligi, pedagogik 
    psixologiyani o'qitishda o'qituvchi talabalarga ma'lum bo'lgan ana shu qonunlarga tayanishi 
    mumkin, faqatgina ularni biroz eslatib o'tsa bas). 
    Yosh va pedagogik psixologiyani o'qitish metodikasida o'qitish va tarbiyaning psixologik 
    aspektlarini uning pedagogikadan farqini ko'rsatib biroz aniqroq tasvirlab o'tish muhimdir. 
    Agarda pedagogika «qanday o'qitish kerak» va «qanday tarbiyalash kerak» degan savollarga 
    javob bersa, psixologiya insonning psixik rivojlanish qonuniyatlariga tayanib «nima uchun 
    aynan shunday o'qitish va tarbiyalash kerakligi»ni tushuntirishini doim ta'kidlash kerak, ya'ni 
    psixologiya 
    avlodlarining 
    empirik 
    tajribalari 
    asosida 
    to'plangan 
    va 
    birinchi 
    bor 
    A.A.Komenskiyning «Buyuk didaktika» nomli pedagogik asarida umumlashtirilgan va 


    114 
    pedagogik fikrlashning keyingi vaqtlarida pedagogikaning usullari va metodlarini 
    rivojlantiruvchi tomonlarini ilmiy asoslab beradi. 
    O'qitish va tarbiyalashning psixologik aspektini bunday batafsil ta'riflash bu jarayonlarning 
    psixologik mazmunini o'zlashtirib olish uchun zarur hisoblanadi. Chunki talabalarda bolalik 
    chog'laridan ta'lim va tarbiya haqida o'quvchilarga va tarbiyalanuvchilarga faqatgina tashqaridan 
    ta'sir ko'rsatish, ota-onalar, o'qituvchilar va umuman o'quv tarbiyaviy tizimning ta'siri sifatida 
    tasavvurlari mustahkam o'rnashib olgan. Shu bilan birga eng asosiysi — o'quvchi va 
    tarbiyalanuvchining shaxsi ichki, psixologik qayta tiklanishini sodir bo'lishi haqida hech kim 
    gapirmagan, chunki psixologiya ilgari o'rganilmagan. Bunday bir tomonlama ta'lim va tarbiya 
    haqida faqatgina pedagogik va psixologik tasavvur ham qo'shilishi kerak; ya'ni tashqi ta'sir 
    ko'rsatishdan iborat. Bundan kelib chiqadiki, yosh va bolalar psixologiyasi — bir-biriga mos 
    tushunchalar, ekan, P.F.Obuxovaning «Yosh davrlar psixologiyasi» (1996) kitobining nomi buni 
    yana ham yaqqol namoyon etadi, ya'ni ularni umuman birday tenglashtiradi. 
    Yosh psixologiyasi mazmuniga bu ikki xil qarashlarni (ulardan biri uning mazmunini 
    pedagogik psixologiya bilan, ikkinchisi bolalar psixologiyalaridan biri deb hisoblaydi) 
    mazmunan bir-biriga qarama- qarshi deb hisoblash mumkin emas. Ular faqatgina bir narsaga 
    turli tomonlardan qarashni bildiradi. Lekin shunga qaramasdan birinchi nuqtayi nazarni (yosh va 
    pedagogik psixologiyaning mazmunlari mosligini) so'zsiz qabul qilish qiyin (balki, shu sababli 
    o'sha lug'atning keyingi nashrida bu fikr takrorlanmagandir). Balki ularning mazmuni mos 
    kelishi haqida emas, bu psixologiyaning ichki sohalarining yaqin, uzviy bir-biri bilan 
    bog'liqligini ta'kidlash yaxshiroq bo'lar, ya'ni pedagogik psixologiya o'zining tadqiqotlarini yosh 
    psixologiyasida o'rganadigan psixikaning yoshiga qarab rivojlanish qonunlari bilan mos 
    ravishda tashkil etadi. 

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish