O’QITISHNING METODIK XUSUSIYATI.
Reja:
1. Pedagogik oliy o’quv yurtlarida psixologiya fanlarini o’qitish
2. Psixologiya fanlarni o’qitish maqsadlari.
O'qitish maqsadlari va o'quv fani mazmuni har doim ham o'zaro bog'liqdir. Fanning
mazmuni bari-bir borib o'quv maqsadlarini tarkib topishiga turtki bo'ladi. Psixologiya o'qitish
maqsadlari gumanitar fan sifatida uning mazmuni, xususiyatlari bilan belgilanadi. Psixologik
idrok etishning o'ziga xosligini har doim ham gumanitar bilim sohasi bilan bog'lamaydilar. Bu
borada boshqa nuqtayi nazarlar ham mavjud. Ular psixologiyani birinchi navbatda tabiiy,
biologik yoki bioijtimoiy fan sifatida talqin etilishi natijasida, psixologiya fani haqidagi
tortishuvlardan ancha aniq ifoda etilgan. V.Ya.Lyadus fikricha, psixologiyani ijtimoiy — tarixiy
fan sifatida talqin etish kerak, bu esa uning tarkibidagi tadqiqotlar tabiiy fanlar usullarini rad
etmaydi. Ammo uning asosiy mohiyatida ijtimoiy fanlar va gumanitar idrok etish usullari
o'ynaydi.
Gumanitar idrok etish - ilmiy idrok etishning alohida turi, bo'lib tabiiy fanlarga o'xshash
o'rganilayotgan obyektga subyektning boshqacha munosabatini ko'zda tutadi. Gumanitar idrok
etishning diqqat markazida buyumlar boidi. Shuningdek, u quyidagicha izohlanadi. Shaxs emas,
subyekt - obyekt emas, subyekt — subyekt munosabatlari bo'ladi deb ta'kidlaydi M.Vaxtinning
fikricha, buyumni idrok etish va shaxsni idrok etish — ikki har xil narsalardir. Buyumni bir
tomonlama subyektni oxirigacha idrok etiladi. Shaxs idrok etiluvchi sifatida idrok etish
«aniqligini», talab etmaydi, balki «kirib borishni» talab etadi. Idrok etish — anglanganlik har
doim ham ikki tomonlama harakat. Idrok etuvchi subyekt — idrok etiluvchi subyekt
munosabatlari — dialogdan iborat. Dialog esa vaziyatda boiadigan ko'rinishlarinigina
ko'rsatishni ko'zda tutmay, kontekstlari tugatilmas turlarida berilgan ma'nolarini ham ochib
berishni ko'zda tutadi. Shuning uchun dialogning oxiri yo'q, chunki haqiqiy tushunish tarixiylik
va shaxslashtirilgan. Bu holat gumanitar tushunchada aniqlik va tushunish ko'rsatkichlariga
tabiiy fanlar ko'rsatkichlaridan farqli o'ziga xoslikni beradi.
Gumanitar idrok etishning aniqligi (identifikatsiya) bir xilligini aniqlashdan iborat emas,
balki «begonani xuddi o'zinikiga o'xshatmay begonaligini» yengib o'tishdir, ya'ni idrok etuvchi
va idrok etilayotganning o'zaro bog'liqligiga, kirib borganligi darajasidan iboratdir.
135
Psixologiyada o'qitish xususiyatlarini tushunishda muhim bo'lgan gumanitar idrok etishning
yana bir xislati bu psixologik idrok etishning prinsipial ravishda geterogenligidir va ko'p jihatdan
rasmiylashgan faqatgiria ilmiy — nazariy, mantiqiy fikrlashni nazarda tutib qolmay, balki
obrazli, badiiy, tasviriy, hayoliy, ko'rgazmali — amaliy fikrlashni ham ko'zda tutadi. Gumanitar
idrok etish xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi tarzda psixologiya o'qitish maqsadlarini
mutaxassis — psixologlar va pedagogik faoliyatida o'qitish tizimida psixologiyani o'rganuvchilar
uchun ham belgilanishi mumkin.
Psixologiyani o'qitishdan maqsad — odamlarning hayot faoliyatida ularning o'zaro aloqa
munosabatlarini o'rnatish, bilish usullarini nazariy va amaliy egallab olishdir. Psixologik idrok
etishning xususiyati bilim va harakatlari birligidan iboratdir. Shuning uchun ikki tomonga
yo'nalgan ya'ni — o'ziga va boshqa odamlarga yo'nalgan harakatlar usuliga ega bo'lmagan
nazariy idrok etish — bu ilmiy psixologik bilim emas, psixologik idrok etish va harakatlar
usullari o'zini anglash birligiga erishish maqsadida amalga oshiriladi.
Psixologiya fanini o'qitish faqatgina boshqa odamlar xulqi va fikrlash usulini qayta
o'zgartirish, balki o'zini qayta tashkil etish mahoratini egallashga ham yo'naltirilgan. Psixologiya
o'qitish metodikasining maqsadi shaxsni idrok etish munosabatlari va ularni qayta o'zgartirish
usullarining birlashib ketganligi bilan belgilanadi. Albatta, bu maqsadga butun boshqa maqsadlar
tizimini amalga oshirish bilan erishiladi. Bundan tashqari, u insonparvarlik tarbiyasi maqsadlari
— dunyoqarashni shakllantirish, jamiyat qurilishida shaxsning amaliy yo'nalganligi bilan bog'liq
mutaxassisni o'qitishning ancha dolzarb maqsadlari tizimiga kiritilgan.
Psixologiya kursining o'qitish vazifalari va tamoyih.
Psixologiya o'qituvchisi oldida har tomonlama muhim quyidagi vazifalar turadi:
3. Talabalarda — bo'lajak o'qituvchilarda — ilmiy dunyoqarash va shaxsning yuksak
ma'naviylik sifatini tarbiyalash.
4. Talabalarda mutaxassislik yo'nalishini tarbiyalash: o'qituvchilik faoliyatiga qiziqishni.
bolalarga muhabbat, bola shaxsi va uning psixologik xususiyatlarini shu bilimlarga asoslanib
o'quvchilar shaxsini shakllantirishda faol ishtirok eta oladigan bo'lishi kerak.
5. Talabalarda psixologiyaning nazariy bilimlarini pedagogik amaliyotda qo'llash
mahoratini, o'quv — tarbiyaviy jarayonini va o'quvchi shaxsi shakllanishini kuzatishni
rivojlantirish va tahlil qilish mahoratini o'stirish, shu asosda ularning hulqida, o'qitish ishlariga,
o'rtoqlariga munosabatida namoyon bo'ladigan o'quvchilarning psixik xususiyatlarining yuzaga
kelishi va rivojlanish sabablari haqidagi xulosalar chiqarish mahoratini rivojlantirish.
136
Pedagogik iristitutlarning talabalari psixologiyada psixikaning haqiqatdan aks ettirishi
mohiyati ularning reflektorlik asosi haqidagi asosiy qoidalarini o'zlashtirib olishlari, ularda ilmiy
dunyoqarashni shakllanishining asosi bo'hb xizmat qiladi. Psixik hodisalar ularning rivojlanishi
va o'zaro bog'liqliklarini ko'rib chiqib talabalarni tanqidiy fikrlashga o'rganib qoladilar. Psixik
hodisalarni to'g'ri ilmiy tushunishga erishish orqali psixologiya o'qituvchisi talabalarga diniy,
xurofotlardan, psixikani manfaatparastlik qarashlaridan ozod bo'lishiga yordamlashadi.
Psixologiya mashg'ulotlarida bayon etiladigan ilmiy qoidalar o'qituvchi tomonidan rasmiy
e'lon qilinmasligi va talabalar tomonidan mulohaza qilmay to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinishi kerak
emas.
Psixologiya o'qituvchisi talabalarni fanning asosiy qoidalari haqiqiyligiga ishontirishi uchun
yetarlicha amaliy materiallarga ega bo'lishi lozim. Shu bilan birga nazariy qoidalarni to'g'riligini
isbot etuvchi va talabalarning inson psixikasi qonuniyatlarini chuqur tushunishlariga yordam
beruvchi tajriba psixologik tadqiqotlarning aniq ma'lumotlarini tanlab olishi muhimdir.
Psixologiya o'qituvchisi talabalar va o'quvchilar olayotgan psixologik bilimlar abstrakt va
rasmiy bo'hb qolavermasliklari, ularning bo'lajak pedagogik faoliyatlarida qo'llanma, ishonchga
aylanishiga intilishi kerak. Bunday ahamiyatlilikni kasb etishining asosiy sharti inson o'z
tajribasi orqali olgan bilimlarini tekshirib chiqishi, mustaqil o'ylab olishi, idrok etayotganini
boshdan kechirishi va unga nisbatan o'z munosabatini aniqlab qolishi kerak. Aynan shuning
uchun talabalarning mustaqil ishlari, inson psixik faoliyati haqida ma'lumotlar to'plashlari, ularni
tahlil qilish va tushuntirishlari uchun muhim ahamiyatga ega. Talabalarda ilmiy, nazariy-
mustaqil materialistik dunyoqarashni shakllantirish uchun o'qituvchi o'zining psixologik
bilimlariga hissiy munosabatini yaqqol ifoda etilganligi, bayon etilayotgan nazariy qoidalarini
haqiqiyligi, to'g'riligiga ishonishi juda muhim hisoblanadi. O'qituvchining bunday munosabati
talabalarda fanga qiziqishni oshiradi, psixologik bilimlarni egallab olish va ularni mustaqil
kengaytirishga intilishlariga sabab bo'ladi. O'qituvchi fanning zamonaviy holatini va hozirgi
davrda psixologik tadqiqotlarlardan to'la xabardor bo'lishi, o'quvchilarda yuzaga keladigan
savollarga javob bera olishi muhimdir.
Talabalarda dunyoqarashni shakllantirish bo'lajak o'qituvchi shaxsining ma'naviy xislatlarini
tarbiyalash bilan uzviy bogiiqdir. Shaxs muammosi psixologiya kursida markaziy o'rinni
egallaydi. Shaxsning shakllanishi jarayonida barcha psixik hodisalar yuzaga keladi va shaxs
yaxlitligi ko'rinishi sifatida qaraladi. Psixologiya talabalariga inson ichki dunyosi ya'ni
yo'nalganlik, xarakteri, qobiliyatining shakllanish sharoitlari haqida ma'lumotlarni beradi.
137
Psixologiya fanidan talabalar har bir o'quvchining shaxs xususiyatlarini, uning qiziqishlari,
ishtiyoqlari, qobiliyatlarini bilib olib ularga to'g'ri ta'sir ko'rsatadilar. Psixologiya fani shaxsni
o'rganishga qaratilganligi talabalarda insonning ichki dunyosiga qiziqish, uning mohiyatini bilib
olishga intilishi, boshqa odamlar va o'zining shaxsiy psixik xususiyatlarini tushunishga
chorlaydi, o'z xotirasi, diqqati, irodasi, xarakterining sifatlarini bilib olishga intilish va ularni
takomillashtirish o'quvchilar va talabalarda o'z-o'zini anglashning shakllanishida katta
ahamiyatga ega. Talabalarning inson ichki dunyosiga qiziqishlaridan mohirona foydalanib,
psixologiya o'qituvchisi ularga o'zlarida ijtimoiy qimmatga ega bo'lgan sifatlarini tarbiyalashda
jamiyat oldidagi mas'uliyatlarini his etishga yordam beradi va shu orqali o'z-o'zini tarbiyalash
vazifasini qo'yadi.
O'z-o'zini tarbiyalash vazifasi talabalarning kasbiy yo'nalishlari shakllanishi bilan uzviy
bog'liqdir. Bu tushunchaga o'z kasbiga qiziqish, yaxshi o'qituvchi bo'lib yetishish va ilg'or
o'qituvchiga xos bo'lgan xususiyat va qobiliyatlarni o'zida tarbiyalashga intilish kiradi.
Ilg'or o'qituvchilarning ishi bilan amaliyot o'qituvchisi rahbarligi ostida maktabda olib
boriladigan kuzatishlar yordamida tanishish, ularning pedagogik mahoratlari mohiyatini tahlil
qilish, pedagogik adabiyotlami o'rganish talabalarga pedagogik faoliyatda hamma mohir —
o'qituvchilarga xos shaxsning ijobiy sifatlarini egallab olishga imkon beradi.
Har qanday kasbda bo'lganidek, bo'lajak o'qituvchilar pedagogik faoliyatda zamr bo'lgan
bilim, mahorat va ko'nikmalarni egallab olishlari kerak. Psixologiya o'qituvchisi talabalarni
maktabda o'quv — tarbiyaviy ish sharoitida bolalarni kuzatishga, ulami o'z kuzatishlarini tahlil
qilishga o'rgatadi, kuzatish jarayonida ularda paydo bo'lgan savollarga javob topishga yordam
beradi. Kuzatishlar davomida talabalarda shunday savollar paydo bo'ladiki, ularga faqatgina
psixologik qonuniyatlarni bilgan holdagina javob topish mumkin. Bu esa ularni psixologik
adabiyotlami mustaqil o'rganishga undaydi va shu orqali psixologik bilimlar to'plash talabini
yuzaga keltiradi. Talabalarni kuzatish va o'z-o'zini kuzatishlarini anglab olishlariga o'rgatish
uchun psixologiya o'qituvchisining o'zi kuzatishni bilishi, o'quvchilarning xulq-atvori psixologik
hodisalami tahlil qilishi va umumlashtirishni bilishi kerak. Psixologiya o'qituvchisi o'z oldiga
qo'yilgan vazifani bajarishi uchun dars o'tish metodikasini yaxshi egallab olishi kerak.
Psixologiyani o'qitish metodikasini o'qitishning alohida usul va usublarini o'rganibgina qolmay,
balki o'qituvchiga o'quv fanida eng asosiy mazmunini ajratib ko'rsatishda, psixologik
hodisalardan eng ishonchlilarini, pedagogik ahamiyatlilarini tanlab olishga yordam beradi.
Metodik qo'llanmalar psixologiya o'qituvchisiga psixologiya fani asosida qanday asosiy qoidalar
138
yotishini, butun materiallarni qaysi tartibda bayon etish kerakligini tushunib olishga yordam
berishi kerak.
Psixik hodisalarni ilmiy tushuntirish quyidagi qoidalar asosida qurilishi kerak:
1.
Barcha psixik hodisalar psixologiyada haqiqatni aks ettirish sifatida qaraladi. Faoliyat
jarayonida dunyoni aks ettirib, inson atrof dunyodagi predmetlar va hodisalar haqida bilim oladi.
Haqiqatni aks ettirish faol xarakterga ega bo'ladi, chunki ular atrofni o'zgartirib va qayta tashkil
etish uning faoliyati jarayonida sodir bo'ladi. Insonning hamma idrok etganlari uning individual
xususiyatlari, to'plagan tajriba va bilimlarida aks ettiradi. Psixik faoliyati jarayonida inson
ongida obyektiv dunyoning subyektiv obrazi shakllanadi.
2.
Psixika alohida usulda tashkil topgan materiya - miyaning xususiyatidir. Ilmiy tadqiqotlar
ma'lumotlari, klinik kuzatishlar bu qoidaning to'g'rihgini so'zsiz isbot etadi. Psixik hodisalar
asosida tashqi muhit ta'siri ostida yuzaga keladigan miyaning reflektorlik faoliyati yotadi. Bu
ta'sir ko'rsatish miyada qo'zg'alish va sekinlashish nerv jarayonlari, nerv aloqalari namoyon
bo'lishi bilan bog'liqdir. Miyaning reflektorlik faoliyati tashqaridan ta'sir ko'rsatishga
organizmning javob qaytarishini (ta'sirini) ta'minlaydi. Miya retseptorlariga keladigan javob
ma'lumotlar ta'sirlanish samaraliligini belgilaydi. Javob afferentatsiyasi mavjudhgi hisobiga
inson va hayvonlarning organizm faoliyatini o'zi boshqarishi mumkin bo'ladi. Bu boshqarish
faqatgina tashqi ta'sirlar bilan belgilanmay, ilgarigi ta'sirlar natijasida miyada tashkil bo'lgan
nerv aloqalari to'piami bilan ya'ni inson va jonivorlarning oldingi tajribalari bilan ham
belgilanadi. Harakatlar natijalari odamning oldingi tajribasiga mos kelishi bu harakatning
bajarilishini ta'minlaydi. Psixikaning boshqaruv roli tizimining tuzilishi va vazifasi
murakkablashib borishi evolutsiya jarayonida oshib boradi.
3.
Insoning barcha psixik faoliyati sabablarga asoslangan bo'ladi. Ularning tashqi muhit
ta'siri va bu ta'sir ko'rsatishlarga javob qaytaruvchi shaxsning ichki holati bilan yuzaga keladi.
Insoning fikri va sezgilari, uning hamma harakatlari va ishlari oldingi hayoti, atrof sharoiti va
tarbiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Ularni tushuntirish uchun uning harakatlari sabablarini bilish
kerak. Ularni yuzaga keltiruvchi sabablar, inson qanday sharoitlarda o'sgani, uni qanday
odamlar o'rab turganini, ular bilan munosabati qandayligini bilish kerak.
O'quvchilarga to'g'ri ta'sir ko'rsatish uchun o'qituvchi ular rivojlanish tarixini ham bilishi
muhimdir.
4.
Barcha psixik hodisalar ularning rivojlanishi bilan o'rganiladi. Bu qoida hayvonlar
psixikasi taraqqiyotiga, inson ongining tarixiy rivojlanishi va bola psixikasining rivojlanishiga
139
daxldordir. Rivojlanish har doim ham sifat o'zgarishlariga, yangiliklarga ohb keladi. Misol
uchun insonning kuzatuvchanlik, tasavvuri kuchi va aniqligi, fikrlashi chuqurhgi va o'tkirligida
yangi, murakkab insoniy oliy hissiyotlar yuzaga keladi va rivojlanadi, ya'ni — vatanparvarlik,
burch hissi, ehtiyotkorhk va boshqalar. Shaxsning yangi xislatlari amaliy faoliyat jarayonida,
boshqa odamlar bilan munosabatlarda yuzaga keladi va shakllanadi. Masalan, idrok etish
jarayonida kuzatuvchanlik rivojlanadi. Fikrlash malakalarini shakllantirish orqali masalalarini
hal etib inson fikrlash operatsiyalarini egallaydi, analiz va sintez, soUshtirish va umumlashtirish,
mavhum fikr yuritishni bihb oladi. Faoliyat davomida insonning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
Rivojlanishda murakkab irodaviy harakatlari ham takomillashadi — bola harakatlari asosida
yotuvchi tushunarsiz istaqlar kattalarda maqsadga muvofiq faoliyatning anglab yetilgan
sabablariga aylanadi. Irodaviy xislatlari — qat'iylik, dadillik, tashabbuskorlik — faqatgina
irodaviy harakatlarni bajarish jarayonidagina rivojlanadi. Shaxsning psixik rivojlanishi sabablari
bolaga qo'yiladigan talablar uning hayoti va faoliyati va uning imkoniyatlari o'rtasida yuzaga
keladigan qarama-qarshiliklardan iborat, ya'ni uning rivojlanishida erishilgan bosqichi bu
talablarni qoldira olmasligi bilan bog'liq.
5.
Insonning psixikasi uning faoliyatida namoyon bo'ladi va shakllanadi. Inson fanlarni,
ularning xususiyatlarini, ular o'rtasidagi bog'liqliklami faqatgina ularga ta'sir ko'rsatibgina bilib
oladi. Faoliyatda inson boshqa odamlarni va o'zini bihb oladi. Faoliyatning o'ziga xosligi va uni
muvaffaqiyatli bajarish talaba shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi.
6.
Har bir psixik hodisa uning yaxlitligida o'rganilishi kerak. Inson psixologiyasi yaxlit shaxs
psixologiyasidir. Shaxsning o'ziga xosligi, uning yo'nalganligi, bilimi, hayot tajribasi psixik
jarayonlarning o'ziga xosligini kasb etadi. Hayratlilik xislati ko'plab psixik jarayonlarni o'tib
borishi xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi. Faoliyat jarayonida shakllangan shaxsning psixik
xislatlari, jarayonlari vaql o'tishi bilan o'z ta'sirini ko'rsatadi, ularning xarakterini o'zgartiradi,
insonning harakatiarini belgilaydi. Bundan ko'rinadiki shaxsning hamma tomonlari o'zaro
bog'liqdir. Shaxsning yo'nalganligi uning faoliyati sababi, maqsadga muvofiq harakatlariga,
qobiliyatiga bog'liq bo'ladi. Shaxsning yo'nalganligining o'zgarishi va uning sezgilari mazmuni
yangi talablar va qiziqishlarining yuzaga kelishi bilan bog'liq.
Diqqatning shakllanishi inson xarakteridagi irodaviy xislatlarning shakllanishiga bog'liq bo'ladi.
7. Nazariy psixologik bilimlarini amaliy pedagogik faoliyati bilan bog'liq bo'lishi kerak.
Pedagogik institutda psixologiya fanidagi asosiy o'rinlarni umumiy, yosh va pedagogik
psixologiya sohalari egallaydi. Bolalik va o'smirlik psixikasi xususiyatlari va uning rivojlanish
qonuniyati bilimlari inson faoliyati umumiy psixik qonuniyatlari haqidagi bilimlar asosida
140
beriladi. Bolalarning psixologik xususiyatlarini o'rganish ularning yuzaga kelishi va rivojlanishi
sabablari, shartlarini aniqlash bilan bog'liqdir.
Yosh psixologiyasi kursida bola shaxsining psixologik xususiyatlarini rivojlanishining
asosiy yo'nalishlari va istiqbollari o'rganiladi. Uning shaxsini shakllanishiga bolalar va o'smirlar
faoliyati va hayot tarzini tashkil etuvchi kattalarning unga maqsadga muvofiq ta'sir ahamiyati
aniqlanadi. Psixikaning rivojlanishi mohiyatini tushunish uchun individual psixologik xislatlari
shakllanishini kuzatish kerak. Bu xislatlarning to'plami bola shaxsi psixologik ko'rinishini
belgilaydi. Shuning uchun yosh psixologiyasini o'rganishda shaxsiy yondoshish bo'lishi kerak.
Pedagogik psixologiya kursida ta'lim ta'siri ostida psixikani yangi jabhalarini shakllanish
sharti va omillari o'rganiladi. Bu jarayonlarda bilimlarni mahorat va ko'nikmalarni egallab olish
qonuniyatlari, individual farqlari, o'quvchilarda faol mustaqil ijodiy fikrlashni shakllanish
qonuniyatlari o'rganiladi.
Agarda psixologiya kursi pedagogik o'quv yurtida ana shunday tamoyillar asoslarda qurilsa
u o'quvchilarga, talabalarga psixologik bilimlarning amaliy hayotiy ahamiyatini tushunishga
yordam beradi va bo'lajak o'qituvchilar shaxsi shakllanishining muhim sharti bo'lib qoladi.
Psixologiya fanini o'qitishda samaradorligini oshirishning ba'zi yo'llari va vositalari. Hamma
didaktik tamoyillar orasida yaqqol ko'rgazmalilik tamoyili alohida ahamiyatga ega, uning
asosida idrok etish jarayonida ma'lum hissiyotlilik va mantiqiylik nisbatlari yotadi.
idrok etish aniqlikni (predmetni, hodisani) his etish va qabul qilishdan boshlanadi va undan
umumlashtirish va ajratib olishga yordam beradi. Psixologik tushuncha - bu psixik hodisalarning
muhim belgilari haqidagi umumiy bilimlardir. Bu bilimlar odamlarning psixik faoliyati turli
faktlarni idrok etish asosida yuzaga keladi. bu faktlarni tahlil qilish muhimlarini, ularning
barchasi uchun umumiylarini topib, ular asosida psixik faoliyatning qonuniyatlarini o'rgatish
imkonini beradi. Pedagogika instituti talabalari psixik bilimlarni egallab borish jarayonida
ko'pincha umumiy psixologik qonuniyatlarda namoyon boiadigan aniq psixik hodisalar haqidagi
yaqqol tasavvurlar bilan nazariy qoidalarni bog'lashni bilmaydilar. Psixologiya o'qituvchisi turli
xU ko'rgazmaliliklarni qo'llash orqali talabalardan nazariy bilimlar mohiyatini aniqlashtirishga
va ular o'rtasidagi o'zaro umumiylikni topishga o'rgatadi.
Ko'rgazmalilik talabalarning o'zlashtirayotgan psixologik tushun- chalarini jonli, aniq
mazmun bilan to'ldirishga, odamlaming psixik faoliyatlarida alohida faktlarni, umumiy
qonuniyatlarni ko'rishga yordam beradi.
141
O'qituvchi foydalanishi mumkin bo'lgan ko'rgazmalilik vositalari quyidagilardan iborat.
Psixologiya kursida iloji boricha namoyish etish tajribasidan ko'proq foydalanish kerak.
Talabalarda eng yorqin va jonli tasavvurlar psixik faoliyat tashqi ko'rinishlarini o'zlarini
ko'rganlarida yuzaga keladi, masalan, psixologiya bo'yicha mashg'ulotlarda tajriba o'tkazish,
bunda ular o'zlari bevosita ishtirok etadilar.
Psixologiya mashg'ulotida o'tkaziladigan tajribalar o'zining vazifasi bo'yicha ilmiy
tajribalardan tubdan farq qiladi. O'quv tajribasining maqsadi — psixik hodisalarni tekshirish
emas, ilmiy tadqiqotlar natijasi bo'lgan nazariy qoidalarni tushuntirishdan iborat. O'quv tajribasi
ilmiy tajribadan o'tkazilish usuli bilan shuningdek, olingan natijalarni izohlash bo'yicha ham farq
qiladi. Psixologiya mashg'ulotida sinaluvchilarga ta'sir ko'rsatishni hisobga olmay o'tkazilgan
tajriba asosida uning psixikasi u yoki bu xususiyatlari haqida xulosa chiqarish mumkin emas.
Misol uchun ularning diqqati xususiyatlari yoki xotira sifati haqida.
Ko'rgazmali tajriba o'qituvchi tomonidan turli maqsadlarda o'tkazilishi mumkin. U nazariy
qoidani o'zlashtirishning boshlang'ich bosqichi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Misol uchun,
yaxshi eslab qolishni sharoitlar masalasini ko'rib chiqishda o'qituvchi talabalar oldiga savol
qo'yadi «qanday sharoitlarda eslab qolish yaxshi bo'ladi?». Bu savolga javob topish uchun
tajribalar o'tkaziladi. Har bir tajribada eslab qolish natijasini tahlil qilib, talabalar aynan shu aniq
holatda nimani eslab qolishga yordam berganini aniqlaydilar idrok etayotgan qismlar o'rtasidagi
ma'noli bog'liqliklarni aniqlash, tekshirilayot- ganlarning eslab qolganlariga faol munosabatlari
va boshqa shartlar. Ko'rgazmalilik tajribasi o'qituvchi bayon etgan nazariy qoidani to'g'riligini
isbot qilishga yordam beradi. Misol uchun, sintez bu bo'laqlarni ular o'rtasidagi bog'liqliklar
asosida yaxlit yagona birlashtirish ekanini isbotlash uchun: o'qituvchi doskada hamma harflarni
adashtirib yuborilgan (anagramma) so'zni yozadi va o'quvchilardan bu so'zni o'qishni so'raydi.
Tajriba nazariy qoidani tushuntirishga xizmat qilishi mumkin. Masalan, o'qituvchi diqqat
xususiyatlari haqida gapirar ekan diqqatni taqsimlash odamning bir vaqtda bajarilayotgan
harakatlaridan birini yaxshi bilgandagina mumkinligi qoidasini bayon etadi. Bu qoidalar ikki
faoliyat o'rtasida, ulardan biri unga yaxshi tanish bo'lgan faoliyatlar o'rtasida diqqatini
taqsimlashni talab etuvchi tajriba bilan tushuntiriladi.
Tajriba o'tkazishda o'qituvchining so'zlab tushuntirishi muhim o'rin egallaydi: ular tajriba
maqsadlarini aniqlaydilar va tushunarli ifoda etadilar, olingan natijalarni tahlil qihsh, asosiy
ko'rsatish vositasi hisoblanadi.
Tajriba yaxshi o'tishi uchun uni olib borishda quyidagi metodik qoidalarga rioya qilish kerak.
142
Tajriba oddiy bo'lishi, oson o'tkaziladigan va ko'p vaqt talab etmaydigan bo'lishi kerak.
Talabalarda tajribaga jiddiy munosabat yaratish kerak. Bunday munosabat yaratish uchun esa
o'qituvchi tajribaga yaxshi tayyorlanishi, uni o'tkazishda hamma tomonlarini o'ylab chiqishi,
talablarga aniq ko'rsatmalar berishi kerak.
Tajriba aniq maqsadga yo'nalgan!ikka ega bo'lishi kerak. Talabalar nima uchun tajriba
o'tkazilayotganini, qanday nazariy qoidani tasdiqlashi, qaysi savolga javob berishni bilishlari
kerak.
Tajribadan olingan natijalarni chuqur tahlil qilib chiqish muhimdir. Agarda o'qituvchi bu
ishni bajarmagan bo'lsa yoki yuzaki tahlil qilib chiqqan bo'lsa, tajriba kerakli samarani
bermaydi. Tahlil qilishda tajriba boshlanishida qo'yilgan savolga aniq javob olish, uning
sabablarini va bu qanday natijalarga olib kelish shartlarni ochib berishi kerak. Ko'rgazmalilik
vositasi sifatida o'qituvchi talabalar o'tkazgan kuzatishlari jarayonida olingan psixologik
faktlardan foydalanishi mumkin. Ammo faqatgina maqsadga muvofiq va yaxshi tashkil etilgan
kuzatishgina kerakli natijani beradi. Kuzatishning vazifalari aniq, yaqqol, aniqlovchi va kuzatish
obyektini chegaralovchi bo'lishi kerak.
Metodik jihatdan kuzatishlar natijalarini darhol tahlil qilishga, kuzatilgan faktlarni
umumlashtirishga kirishganlari juda muhimdir. Kuzatishga misol sifatida, bolalar diqqatining
dars paytida xususiyatini talabalar kuzatib, diqqati qachon mustahkam bo'lganini, qachon
chalg'iganini qayd etib, bu faktlarni dars mazmuni va o'qituvchi o'quvchilarning diqqatini jalb
etish uchun foydalangan vositalari bilan solishtiradilar.
Kuzatish jarayonida talabalarda yuzaga kelgan savollar ularga ilmiy adabiyotlardan javob
izlashga bo'lgan ehtiyojini uyg'otadi. Bu psixologik bilimlarni chuqur o'zlashtirishga va idrok
etish jarayonini rivojlantirishga yordam beradi.
O'quvchilarni muntazam kuzatish odatda, pedagogik amaliyot davrida olib boriladi va
natijada, ma'lum o'quvchiga psixologik — pedagogik tavsifnoma tuziladi. Kuzatilgan faktlar
kuzatuv kundaligida qayd etilib boriladi va muntazam o'rganilib boriladi. Tasvifnomada
quyidagi savollarga javoblar bo'lishi kerak: kuzatilayotgan o'quvchining oilasi qanday, ular
o'rtasidagi o'zaro munosabatlar o'quvchining oiladagi yashash sharoiti qanday? O'quvchining
o'quv ishlari qanday tashkil etilgan, uning o'qishga munosabati, qaysi fanlarga qiziqadi va nima
uchun, bolaning uy vazifalariga munosabati qanday? O'quvchining o'quv faoliyatida namoyon
bo'ladigan qobiliyatlari (uning diqqati, xotirasi sifati, tasavvuri, nutqi, fikrlashi) uning sabablari,
g'ayratlilik xususiyalari ko'rinishi.
143
Kattalarga, o'rtoqlariga, o'z-o'ziga munosabatlari (o'quvchining xushmuomalaligi, uning
jamoadagi o'rni, tortinchoqmi yoki erkin, ishonchhmi?).
O'quv ishlarida namoyon bo'ladigan o'quvchining g'ayratlilik xislatlari va xarakteri
(mehnatsevarlik, aniqligi, mas'uliyatliligi, qat'iyhgi, kamtarligi va boshqalar).
O'tkazilgan tajribalar, kuzatishlarning natijalari bu o'quvchiga individual yondoshishda
foydalanilishi va unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning to'g'ri usulini tanlashga imkon berishi
kerak.
Bolalarning teatr yoki kinofilmni idrok etishlarini kuzatish. Bu kuzatishlar bolani teatrni
idrok etish xususiyatlarini aniqlashga, sodir bo'layotgan hodisani tushunish uchun idrok
etilayotgan hissiy munosabatni yuzaga keltirgan bolaning ichki faolligi ahamiyatini aniqlashga
yordam beradi. Buning uchun teatr boshlanishidan oldin talabalar o'quvchilardan roman haqida
ularga nimalar ma'lumligini, uni o'qiganlarmi yoki teatrda ko'rganlarini bihb olishlari kerak.
Teatr davomida butun tomoshabinlarni va o'z yonilardagilarni kuzatib boradilar. Teatrning
tomoshabinlarda ko'proq jonlanish uyg'otgan joylarini belgilab borish kerak. Tanaffus paytida
bolalarga beriladigan savollar, fikrlar, gaplardan ularning teatrni qanday tushunayotganlarini,
hodisalar va qahramonlarni qanday baholayotganlarini bilib olishlari kerak. Tomoshabinlar bilan
bu suhbatlar va kuzatishlar bolalarning ishtirok etuvchilar va ularning harakatlariga
munosabatlari o'zgarib borayotganini, roman mazmunini qanday tushunganliklarini bilib
olishga, qanday tuyg'ular paydo boiganini bilishga yordam beradi. Teatrni tomosha qilgandan
so'ng sinfda uni muhokama qilishni tashkil etish kerak.
Pedagogik amaliyot paytida darslarda albatta, ishtirok etish kerak va ularni keyin psixologik
tahlil qilish kerak. Darsni psixologik tahlil qilish metodik tahlil qilishdan farqli unda
o'qituvchining u yoki bu metodik uslublarigina baholanmay, balki o'quvchilarning darsga
e'tiborliligi sabablari ham aniqlanadi, o'qituvchining tushuntirishlarini o'quvchilar qabul qilishi
va tushunishi chuqurligi va to'g'riligi aniqlanadi. Darsni tahlil qilib borib uning rivojlantiruvchi
tomonini ko'rishga, dars mazmunida aynan qaysi jihatlar o'qituvchining qaysi harakatlari
bolalarda qiziqishni rivojlanishiga, ularning fikrlashida, nutqida, idrokida va hissiyotlarida
yangilik paydo bo'lishiga sabab bo'lganini, darsda qanday mahoratni egallaganliklarini
aniqlashga harakat qilish kerak. O'qituvchining muvaffaqiyatli yoki muvaf- faqiyatsiz
ishlarining psixologik sabablarini ochish muhimdir.
O'zini kuzatish ma'lumotlaridan ham talabalarda psixik hodisalar haqida aniq tasavvurlarni
yuzaga keltirish uchun foydalanish mumkin. Psixologiya o'qituvchisi yoshlarning boshqa
144
odamlarni va o'zining ichki dunyosiga kirib borish orqali qiziqishlari doirasini aniqlash kerak va
o'zini to’tishni to'g'ri tashkil etishga yordam berishi kerak. Eng awal talabalar o'zini to’tish
maqsadini bilib olishlari kerak — o'z xotiralari xususiyatlarini o'rganish, diqqati, xarakterini
bilib olib keyinchalik bu ko'rsatkichlardan o'zini tarbiyalashda foydalanishi kerak.
Psixologiya o'qitish jarayonida quyidagi tasviriy vositalardan keng foydalanish mumkin —
fotosurat, suratlar, jadvallar, sxemalar, chizmalar, grafiklarni, namoyish etish mazmunini,
nazariy qoidalarni aniqroq aks ettirishi kerak. Fotografiya va reproduksiyalardan «Diqqat»,
«Hissiyot», mavzularini o'rganishda foydalanish mumkin. «Tasavvur» mavzusi bilan ishlashda
bitta mavzuga bir necha rassomlarning suratlaridan foydalanish mumkin. Ularni o'zaro taqqoslab
va badiiy asar matni bilan solishtirib muallif ko'rsatgan tasvirlash asosida rassomlar tasavvurida
obrazlar paydo boiishini, bir- biridan farq qilishni yaqqol ko'ramiz. Jadvallar, sxemalar,
grafiklarning fotosurat va suratlarning ustunligi shundan iboratki, ularning yordamida hodisalar,
ulardagi o'zgarishlar bog'liqliklarni yaqqol ko'rsatish mumkin. Misol uchun, jadvalda bolaning
yoshiga qarab eslab qolish jarayonini o'zgarishi dinamikasini ko'rsatish mumkin. Sxemada
faqatgina asosiylari ko'rsatiladi va talabalarda psixik hodisalar haqida umumiy tasavvurlar
yaratishga yordam beradi. Misol uchun, analizatorlar tuzilishi sxemasida hamma analizatorlar
uchun umumiy bo'lgan anatomik tuzilishi, vazifalarini ko'rsatish mumkin.
Talabalarning idroki ular ko'rayotgan illustratsiyalarni nazariy qoidalar bilan bog'lab ularning
asosiysini, muhimligiga qarab yo'naltirib boshqarib borish kerak. Talabalar o'zlari buni tushunib
va o'zlari asosiysini ajratib oladilar, deb o'ylash kerak emas. Misol uchun, turli ko'rinishni
chalg'ituvchi tasvirli jadvalni namoyish etib, talabalarga qabul qilishda yuzaga keladigan xatolar
sabablarini ko'rsatib berish, har qanday illuziyada uning yaxhtligi, insonning undagi ilgarigi
tajribasi, uning idrok etishi munosabati kabi idrok xususiyatlarini mavjudligini tushuntirib berish
kerak. Agarda ana shunday tushuntirish berilmasa, idrok qilishning xususiyati sifatida illuziya
haqida talabalarda xato tushuncha paydo bo'lishi mumkin. Lekin mashg'ulotlarni illustrativ
materiallar bilan haddan tashqari to'ldirib yuborish ham kerak emas. Ushbu psixologik
tushuncha bilan bog'liq boiganlari bilan cheklanish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ko'rgazmalilik vositalaridan yana biri kinofilm hisoblanadi. Kinofllmning boshqa
ko'rgazmali vositalardan ustunligi, uning dinamikligidir. Filmlarda hodisa va harakatlarni
ko'rsatib beradilar, ulardagi o'zgarishlar jarayoni yaqqol ko'rinadi, bular statistik
ko'rgazmalilikdan iborat emas.
145
Mustaqil ishlarda va ma'ruzalarda talabalarga ilmiy tadqiqotlar, pedagogik amaliyot, hayotda
va badiiy adabiyotlardagi faktlari bilan duch kelishiga to'g'ri keladi, ular psixologik
tushunchalarni aniqlashtirish uchun so'zli ko'rgazmalar vositasi sifatida xizmat qiladi. Bu
faktlarning hammasi ham talabalar bevosita qabul qilmaydilar, ba'zilarini so'zli ifoda etib berish
talab etiladi. Psixologik tadqiqotlar juda ko'p amaliy materiallarga ega, ulardan psixologiya
o'qituvchisi psixika qonuniyatlarini tushuntirib berishda foydalanishi mumkin. Mashg'ulotda
foydalaniladigan hamma psixik faoliyat faktlari o'qituvchi tomonidan chuqur o'rganilib
chiqilgan bo'lishi kerak. Amaliy faktning tahlil qilinishi birinchi navbatda bu faktdan umumiy
psixik qonuniyatlarni ajratib olishga qaratiladi.
Psixologiya o'qituvchisining ishlarining muhim tarkibiy qismi talabalarning mustaqil
ishlarini tashkil etish hisoblanadi. Mustaqil ishlar bu talabalar oldiga ularni yechish yo'llari va
vositalarini mustaqil izlashi talab etuvchi masalalar qo'yish orqali ularning idrok etish
faoliyatlarini faollashtiradi, ularni yanada maqsadga intilishini kuchaytiradi. Natijada,
talabalarda bilimlarga talab oshadi, psixologiyaga qiziqishlari rivojlanadi va bilimlarini
chuqurlashtirish hamda kengaytirishga intiladi.
Turli xil mustaqil ishlar davomida talabalar psixik hodisalar haqida tasavvurlarini
boyitadilar, psixologik bilimlarini amalda qo'llashga o'rganadilar. Psixologik mazmundagi
maqolalardan referatlar yozish ham talabaning ilmiy faoliyatlaridan biridir. Psixologiya
o'qituvchisi alohida mavzular bo'yicha ularni talabalar mustaqil ishlab chiqishlari uchun ba'zi
savollarni ajratib ko'rsatishi mumkin. Bu savollarni yechimini topish uchun mustaqil o'qishga
zarur bo'lgan adabiyotlami tanlab, alohida talabalarga mavzu bo'yicha referat yozishni
topshiradi, ularga o'qiganlarini tushuntirishga yordam beradi, asosiy fikrlarni qisqacha ifoda etib
beradi.
Referat psixologiya mashg'ulotlarida muhokama etiladi va o'qituvchi rahbarligi ostida
talabalar xulosalar chiqaradilar. Kursning alohida mavzusi bo'yicha illustrativ materiallar tanlash
o'qituvchining topshirig'i bo'yicha tajribalar mustaqil ravishda fotosuratlar, suratlar, badiiy,
asarlardan lavhalar to'plab ulardan psixologiya mashg'ulotlarida o'qituvchi tomonidan
foydalanilishi mumkin.
O'quvchilarni kuzatish va o'zini o'zi kuzatish.
Bolalarning o'quv faoliyati, ularning hulqini turli vaziyatlarda kuzatib borish, kuzatishlar
natijalarini tahlil qilib, talabalar o'qituvchiga zarur bo'lgan mahorat va ko'nikmalarni
egallaydilar. Kuzatishlar jarayonida ularda savollar yuzaga keladi. Bu savollarga javoblar izlash
146
talabalarni kitobga murojaat etishga, o'ylashga majbur etadi. Bolalar harakatlarini, ularning
qoloqligi sabablarini tushuntirishga intihb, talabalar psixologiya mashg'ulotlarida olgan
bilimlaridan foydalanadilar, ularning hayotiy, amaliy ahamiyatini tushunib yetadilar.
O'qituvchining maslahati bilan kuzatayotganlarini yozib beradilar: o'z kechinmalarini, fikr,
harakatlarini, o'zlarini kuzatish ma'lumotlarini tahlil qilib, talabalar ularda u yoki bu narsalarni
sezish va harakatlarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlashga intiladilar, o'z xarakterlarida
odamlarga munosabatlaridagi o'zgarishlarni kuzatadilar.
. Badiiy adabiyot asarlari va biografik materiallarni tahlil qilish. Badiiy asar qahramoni,
bolaligi tasvirini, biografik ma'lumotlar, materiallar kundaliklarini tahlil qilib, talabalar undan
bola va o'smir shaxsining shakllanishi qonuniyatlarini namoyon bo'lishi bilan bog'liq aniq
faktlarni topadilar.
Psixologik tajriba o'tkazish. Psixologiya fanining ko'plab mavzulariga oddiy, oson amalga
oshiriladigan tajribalarni tanlab olish mumkin. Ularni talabalar o'zlari bajarishlari mumkin.
Talabalarga tajriba o'tkazishni topshirib, psixologiya o'qituvchisi ular oldiga aniq maqsadni
qo'yishi, uni o'tkazishga doir aniq ko'rsatmalar berishi, talabalarga tajriba natijalarini tahlil qilib
chiqishga va xulosa chiqarishga yordam berishi kerak. Psixologik bilimlarni qo'llashni talab
|