133
Talabalarning mustaqil ishlari va ularni seminar mashg'ulotlariga tayyorlashda o'quv
masalalarni tuzishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin.
O'quvchilarning yoshi psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib va kerakli o'quv
qo'llanmalarini o'qib chiqib quyidagi ikkita savolga javob bering.
a) qanday qilib o'quvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari yoshi, rivojlanishi har bir davri
uchun xos bo'lgan ta'lim va tarbiyalashda faoliyatning yetakchi turlarini hisobga olishlari kerak
(misollar bilan ko'rsating)?
b) ehtiyojlar doirasidagi rivojlanishdagi
qarama-qarshilik birligini, uning operatsion-texnik
imkoniyatlarini, ta'lim va tarbiyada qanday qilib hisobga olish mumkin (javoblarni har bir yosh
davri uchun alohida tayyorlang).
Rivojlantiruvchi ta'limning ma'nosi nima, qanday o'qitishlarni rivojlangan deb aytib
bo'lmaydi (alohida ta'lim amaliyotida)?
Amaliy ta'limda uchraydigan o'qitish motivlarini aytib o'ting va ularning har birning asosida
qanday talablar yotishini tushuntirib bering.
P.Ya.Galperinning bosqichma-bosqich bilan aqliy harakatlarni shakllantirish psixologik
konsepsiyasining ta'limning boshqa hamma konsepsiyalaridan prinsipial farqi nimada?
L.S. Vigotskiyning hozirda uning shogirdlari va izdoshlari tomonidan rivojlantirilayotgan
tarixiy-madaniy nazariyasi ma'nosini yosh va pedagogik psixologiyaga
nisbatan qisqacha
qanday ifoda etgan bo'lar edingiz?
An'anaviy o'qitish nazariyasida psixologiyada va pedagogikada bo'lgani kabi xatolar
o'qitishda albatta bo'ladi, ba'zan hatto bu foydali ham bo'ladi. Muammoga to'g'ri munosabatda
bo'lganda deb hisoblash qabul qilingan, chunki «xatolarda o'rganiladi»,
aqliy harakatlarning
bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasi asosida (P.Ya.Galperin va uning izdoshlari) tashkil
qilingan o'qitish xatosiz bo'lishi mumkin deb hisoblaydi. Bu fikrni to'g'riligi bir necha bor
tajribalar bilan isbotlangan, bir necha yuz minglab bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan o'qitish
bo'yicha o'tkazilgan tajribalarga yakun yasab
I.F.Talzina
shunday yozadi; «o'zlashtirish asta-
sekinlik bilan xatolardan xalos bo'lish sifatidagi tasavvurlarni o'zlashtirishning haqiqiy tabiatiga
to'g'ri kelmaydi deb to'la ishonch bilan aytish mumkin, bilimsizlikdan bilimga yo'l umuman
olsak bexato bo'lishi mumkin».