O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

 
“Galeriyani aylanish” metodi 
Kichik guruhlarning barcha a’zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir kichik guruh 
o‘zlariga berilgan muammoga belgilangan vaqt ichida fikrlarini yozib, javoblari yozilgan 
varaqlarini boshqa guruh bilan almashtiradi. Javoblarni olgan guruh ularni baholaydi va tugal 
bo‘lmasa o‘z variantlari bilan to‘ldiradi. So‘ngra guruhlarning fikrlari umumlashtirilib, eng 
yuqori ballga arziydigan to‘g‘ri va mukammal javoblar tanlab olinadi. 


154 
 
“Qor bo‘ron” metodi 
Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng ko‘p to‘g‘ri javoblar topish 
maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir to‘g‘ri javob yumaloqlangan qor 
ko‘rinishida o‘sha guruh hisobiga yozib qo‘yiladi; to‘plangan umumiy ballar miqdori asosida 
guruhlar baholanadi. 
 
“Asalari galasi” metodi 
Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda 
topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar qo‘yilgan muammoni 
ma’lum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga ma’lum qilishadi. Muammo echimining 
eng yaxshi varianti tanlab olinadi. 
 
“Dumalovchi qor uyumi” metodi 
Dumalovchi qor uyumi metodi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazish metodining ramziy nomi 
bo‘lib, ish qo‘yilgan muammo ustida mulohaza yuritib ko‘rish uchun talabalarga vaqt, tegishli 
manbalar, tarqatma materiallar berishdan boshlanadi. Bu metod guruhning har bir a’zosiga butun 
guruhning bilimlari va tajribalaridan foydalanib, o‘zining keng qamrovli nuqtai nazarini bayon 
etishni nazarda tutadi. Buning uchun talabalar 4 ta kichik guruhlarga ajratiladi. Muhokama qilib 
chiqish uchun barcha guruhlarga bitta topshiriq beriladi. Har bir kichik guruh topshiriq ustida 
alohida ishlaydi. So‘ngra birinchi bilan ikkinchi va uchinchi bilan to‘rtinchi guruhlar muammo 
ustida birgalikda muhokama yuritishadi. Oxir oqibatda barcha kichik guruhlar birlashib, butun 
yaxlit guruh bo‘lib qo‘yilgan muammo echimini hal etishning turli yo‘llarini, variantlarini 
muhokama qilishadi. Bunday muhokama jarayonida talabalarning qo‘yilgan muammo yuzasidan 
bilimlari chuqurlashib, oydinlashib, boyib, kengqamrovli bo‘lib boradi.

Download 0,99 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish