156
Delfi texnologiyasi
Bu texnologiyaning mazmuni jamoa bo‘lib qo‘yilgan muammoning muqobil echimlarini
maqbullik darajalari bo‘yicha tabaqalashtirib, ulardan har birining
muhim yoki nomuhimligini
baholashdan, shu asosda eng yaxshi variantni tanlab olishdan iborat. Masalan, er maydonini
plugda 15, 20, 25, 30, 35, 40, 45 sm chuqurlikda og‘darish mumkin bo‘lsin. Muayyan olingan er
maydonini og‘darishda shu variantlardan qaysi biri eng yaxshi ekanligini aniqlash uchun ulardan
har biri erni haydashga doir mavjud agrotexnik faktorlar asosida o‘qituvchining trenerligida
talaba-o‘quvchilar tomonidan baholanadi. Bunda har bir kichik guruh o‘zlarining
variantlarini
taklif etishlari, so‘ngra fikrlar umumlashtirilib eng yaxshi variant tanlab olinishi ham mumkin.
T-jadval texnologiyasi
Bu texnologiyadan leksiya darslari va amaliy mashg‘ulotlarning yakuniy qismida
foydalanish qulay. Bunda bir muammoni turli qarama-qarshi nuqtai nazarlardan qaraladi (ijobiy
va salbiy, afzallik va kamchilik, foyda va zarar, to‘g‘ri va noto‘g‘ri). Masalan, o‘qituvchi mavzu
bo‘yicha aralashtirib tuzilgan to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblarni ekranga chiqarib,
bir partada
o‘tirgan talaba-o‘quvchilarga hamkorlikda ularni jadvalga ajratib yozishlarini, so‘ngra yozilgan
varaqlarini yondosh partadagi talaba-o‘quvchilar bilan almashtirib qo‘shimchalar
qilishlarini
taklif etadi. Ish yakunlangach to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar ajratib yozilgan jadval ekranga
chiqariladi. Talaba-o‘quvchilar o‘zlarining javoblarini ekrandagi jadval bilan taqqoslab tegishli
xulosalarga kelishadi.