165
Davra suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida ta’lim
beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta’lim oluvchilardan ushbu savol bo‘yicha o‘z fikr-
mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir ta’lim oluvchi o‘z fikr-
mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar. So‘zlayotgan ta’lim oluvchini
barcha diqqat bilan
tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan
so‘ng muhokama qilinadi.
6-rasm.”Davra suhbati metodi”ishtirokchilarining joylashish tartibi
Yozma davra suhbatida (6-rasm) ham stol-stullar
aylana shaklida joylashtirilib,
har bir
ta’lim oluvchiga konvert qog‘ozi beriladi. Har bir ta’lim oluvchi konvert ustiga ma’lum bir
mavzu bo‘yicha o‘z savolini beradi va “Javob varaqasi”ning biriga o‘z
javobini yozib, konvert
ichiga solib qo‘yadi. SHundan so‘ng konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha yonidagi ta’lim
oluvchiga uzatadi. Konvertni olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning
biriga
yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi.
Barcha konvertlar
aylana bo‘ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
7-rasm. “Davra suhbati” metodini amalga oshirish usullari