161
Munozaralar mavzuga qiziqish bildirgan guruhlarni qo‘shib, aksincha hollarda esa, ularni
guruhlarga bo‘lib, zarur bo‘lgan ayrim xollarda katta zallarda, katta auditoriyalarda olib boriladi.
Munozaralar demokratik,
oshkoralik, tenglik, samimiylik, hamkorlik ham ijodkorlik,
bir-birini
qo‘llash ruhiyatida olib borilishini ta’minlash yaxshi natijalar beradi. Munozara erkin fikr
yuritishni, o‘z shaxsiy pozitsiyasida turishga o‘rgatadi. Eng muhimi, talaba-o‘quvchini mustaqil
mutolaaga, fikr almashuv orqali uzluksiz o‘z bilim va malakasini oshirishga olib keladi.