163
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
- ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik
guruhlarga ajratgan holda
o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok
etish
huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga
va turli nuqtai-nazarlarni
qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim
beruvchi boshqa
interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, ta’lim
beruvchi
bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb etadi va baholay oladi.
5-rasm. “Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi