• 5. tekshirish 4. amalga oshirish 2. reja tuzish 6. Xulosa chiqarish 3. qaror qabul qilish 1. Ma’lumot yig’ish
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/75
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,99 Mb.
    #111433
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
    Bog'liq
    psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)
    ilova-353181101285, kuchlanish va deformatsiyalanish x, Ганиева, Biznes Strategiyasi Turlari, 27, 1, 11, Cho`lponga slayd, Marketing yakuniy, 1. G. Raximova Axborotlashgan jamiyat tushunchasi mazmun va mohiyati, 4. G. Raximova. TEST. Axborotlashgan jamiyat., 1419334946 59964, Leksikologiya Reja-fayllar.org, ZDIF2412
    “LOYIHA” metodi  
    “Loyiha” metodi- bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan 
    vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga 
    oshirish ishlarini olib borishidir. Bu metodda ta’lim oluvchilar rejalashtirish, qaror qabul qilish, 


    174 
    amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish va natijalarni baholash jarayonlarida ishtirok 
    etadilar. Loyiha ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruhiy bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha 
    o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir. Bu jarayonda ta’lim 
    oluvchining vazifasi belgilangan vaqt ichida yangi mahsulotni ishlab chiqish yoki boshqa bir 
    topshiriqning echimini topishdan iborat. Ta’lim oluvchilar nuqtai-nazaridan topshiriq murakkab 
    bo‘lishi va u ta’lim oluvchilardan mavjud bilimlarini boshqa vaziyatlarda qo‘llay olishni talab 
    qiladigan topshiriq bo‘lishi kerak.
    Loyiha o‘rganishga xizmat qilishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishi, ta’lim 
    oluvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirish, tashkillashtirish va amalga oshirish imkoniyatini 
    yarata oladigan bo‘lishi kerak.
     
     
     
     
     
    12-rasm. “Loyiha” metodining bosqichlari 
     
     
    “Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
    5. tekshirish
    4. amalga oshirish 
    2. reja tuzish 
    6. Xulosa chiqarish
     
    3. qaror qabul qilish 
    1. Ma’lumot yig’ish 


    175 
    1. Muhandis-pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim 
    oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid 
    ma’lumotlar yig‘adilar. 
    2. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim 
    oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketligini, material
    asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
    3.Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan 
    topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar muhandis-pedagog bilan 
    birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda 
    har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Muhandis-pedagog ta’lim 
    oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
    4.Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. 
    Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin. 
    5.Ta’lim oluvchilar ish natijalarini o‘zlarini tekshiradilar. Bundan tashqari kichik 
    guruhlar bir-birlarining ish natijalarini tekshirishga ham jalb etiladilar. Tekshiruv natijalarini 
    “Baholash varaqasi”da qayd etiladi. Ta’lim oluvchi yoki kichik guruhlar hisobot beradilar. Ish 
    yakuni quyidagi shakllarning birida hisobot qilinadi: og‘zaki hisobot; materiallarni namoyish 
    qilish orqali hisobot; loyiha ko‘rinishidagi yozma hisobot. 
    6.Muhandis-pedagog va ta’lim oluvchilar ish jarayonini va natijalarni birgalikda yakuniy 
    suhbat davomida tahlil qilishadi. O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida erishilgan ko‘rsatkichlarni 
    me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaydi. Agarda me’yoriy ko‘rsatkichlarga erisha olinmagan 
    bo‘lsa, uning sabablari aniqlanadi.
    Muhandis-pedagog “Loyiha” metodini qo‘llashi uchun topshiriqlarni ishlab chiqishi
    loyiha ishini dars rejasiga kiritishi, topshiriqni ta’lim oluvchilarning imkoniyatlariga 
    moslashtirib, ularni loyiha ishi bilan tanishtirishi, loyihalash jarayonini kuzatib turishi va 
    topshiriqni mustaqil bajara olishlarini ta’minlanishi lozim. 
    “Loyiha” metodini amalga oshirishning uch xil shakli mavjud: 
     yakka tartibdagi ish; 
     kichik guruhiy ish; 
     jamoa ishi. 

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish