• Guruhlarda muammoli vaziyat yechimini ishlab chiqish Muammoli vaziyat tafsifini keltirish Guruhlarga bo’lish
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/75
    Sana05.12.2023
    Hajmi0,99 Mb.
    #111433
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75
    Bog'liq
    psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)
    ilova-353181101285, kuchlanish va deformatsiyalanish x, Ганиева, Biznes Strategiyasi Turlari, 27, 1, 11, Cho`lponga slayd, Marketing yakuniy, 1. G. Raximova Axborotlashgan jamiyat tushunchasi mazmun va mohiyati, 4. G. Raximova. TEST. Axborotlashgan jamiyat., 1419334946 59964, Leksikologiya Reja-fayllar.org, ZDIF2412
    “Muammoli vaziyat” metodi 
     
    “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va 
    oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini 
    shakllantirishga qaratilgan metoddir. 
     
    “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim 
    oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning echimini 
    topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning 
    qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.
    «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni
    muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning echimini topishni o‘rganadilar.
    11-rasm.“Muammoli vaziyat” metodini o‘tkazish tartibi 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Guruhlarda muammoli vaziyat yechimini 
    ishlab chiqish 
    Muammoli vaziyat tafsifini keltirish 
    Guruhlarga bo’lish 
    Guruhlarda muammoli vaziyat yuzaga kelishi 
    Guruhlarda muammoli vaziyat haqida fikr yuritish
    To’g’ri yechimlarni izlash 


    173 
     
    “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
    1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va 
    vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 
    2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari 
    bilan tanishtiradi. 
    3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. 
    4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib 
    chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng 
    bir xil fikrlar jamlanadi. 
    5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-
    mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi. 
    6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil 
    qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
    7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z 
    variantlarini taklif etadilar. 
    8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan 
    birgalikda muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. 
    “Muammoli vaziyat” metodining afzalliklari: 
     ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi; 
     ta’lim oluvchilar muammoning sabab, oqibat va echimlarni topishni o‘rganadilar; 
     ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash uchun yaxshi imkoniyat
    yaratiladi; 
     ta’lim oluvchilar fikr va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadilar. 
    “Muammoli vaziyat” metodining kamchiliklari: 
     ta’lim oluvchilarda yuqori motivatsiya talab etiladi; 
     qo‘yilgan muammo ta’lim oluvchilarning bilim darajasiga mos kelishi kerak; 
     ko‘p vaqt talab etiladi.

    Download 0,99 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   75




    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

    Download 0,99 Mb.
    Pdf ko'rish