O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Senariy ishlab chiqariladi 
O’yinning maqsadi va vazifalari 
tushuntiriladi 
Roller taqsimlanadi 
Roller ijro etiladi 
 ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; 
 vaqt ko‘p sarflanadi; 
 tanlangan mavzu ta’lim oluvchining bilim darajasiga mos kelishi talab etiladi; 
 ta’lim oluvchining his-hayajoni to‘g‘ri qaror qabul qilishga xalaqit berishi mumkin. 
 
Rolli o’yin metodi 
 “Rolli o‘yin” metodi -ta’lim oluvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-
sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib beruvchi metoddir. 
Rolli o‘yinlarning ishbop o‘yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. 
SHu bilan birga “Rolli o‘yin” metodida ta’lim oluvchilar ta’lim beruvchi tomonidan ishlab 
chiqilgan ssenariydagi rollarni ijro etish bilan kifoyalanishsa, “Ishbop o‘yin” metodida rol ijro 
etuvchilar ma’lum vaziyatda qanday vazifalarni bajarish lozimligini mustaqil ravishda o‘zlari 
hal etadilar. 
Rolli o‘yinda ham ishbop o‘yin kabi muammoni echish bo‘yicha ishtirokchilarning 
birgalikda faol ish olib borishlari yo‘lga qo‘yiladi. Rolli o‘yinlar ta’lim oluvchilarda shaxslararo 
muomala malakasini shakllantiradi. 
“Rolli o‘yin” metodida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar haqida oldindan 
ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Chunki rollarni o‘ynashda har bir ta’lim oluvchining individual 
xarakteri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular ta’lim oluvchilarning 
o‘zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. Rolli o‘yinlar o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda 
motivatsiyani shakllantirishga yordam beradi.
“Rolli o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. 
Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini 
belgilaydi hamda rolli o‘yin ssenariysini ishlab chiqadi. 
2. 
O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi. 
3. 
O‘yinning maqsadidan kelib chiqib, rollarni taqsimlaydi. 
 
9-rasm.“Rolli o‘yin” metodining o‘tkazilish tartibi 


170 
 
 
 
 
 
4. 
O‘yin yakunida ta’lim oluvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro 
etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan ta’lim oluvchilar 
o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi. 
Ushbu metodni qo‘llash uchun ssenariy t’lim beruvchi tomonidan ishlab 
chiqiladi. Ba’zi hollarda ta’lim oluvchilarni ham ssenariy ishlab chiqishga jalb etish mumkin. Bu 
ta’lim oluvchilarning motivatsiyasini va ijodiy izlanuvchanligini oshirishga yordam beradi. 
Ssenariy maxsus fan bo‘yicha o‘tilayotgan mavzuga mos ravishda, hayotda yuz beradigan ba’zi 
bir holatlarni yoritishi kerak. Ta’lim oluvchilar ushbu rolli o‘yin ko‘rinishidan so‘ng o‘z fikr-
mulohazalarini bildirib, kerakli xulosa chiqarishlari lozim.
 
“Rolli o‘yin” metodining afzallik tomonlari: 
 o‘quv jarayonida ta’lim oluvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga 
yordam beradi; 
 ta’lim oluvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi; 
 nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi; 
 ta’lim oluvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi. 
“Rolli o‘yin” metodining kamchilik tomonlari: 
 ko‘p vaqt talab etiladi; 
 ta’lim beruvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; 
 ta’lim oluvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish