O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

“Ishbop o‘yin” metodi 
 - berilgan topshiriqlarga ko‘ra, o‘yin ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan har xil 
vaziyatdagi boshqaruvchilik qarorlarini qabul qilishni imitatsiya qilish (taqlid, aks ettirish) 
metodi hisoblanadi. 
O‘yin faoliyati biron bir tashkilot vakili sifatida ishtirok etayotgan ishtirokchining xulq-
atvori va ijtimoiy vazifalarini imitatsiya qilish orqali beriladi. Bir tomondan o‘yin nazorat 
qilinsa, ikkinchi tomondan oraliq natijalarga ko‘ra ishtirokchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirish 
imkoniyatiga ham ega bo‘ladi. Ishbop o‘yinda rollar va rollarning maqsadi aralashgan holda 
bo‘ladi. Ishtirokchilarning bir qismi qat’iy belgilangan va o‘yin davomida o‘zgarmas rolni ijro 
etishlari lozim. Bir qism ishtirokchilar rollarini shaxsiy tajribalari va bilimlari asosida o‘z 
maqsadlarini belgilaydilar. Ishbop o‘yinda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi 
kerak. SHuning uchun vazifani bajarish jarayoni individual-guruhli harakterga ega. Har bir 
ishtirokchi avval o‘zining vazifasi bo‘yicha qaror qabul qiladi, so‘ngra guruh bilan 
maslahatlashadi. O‘yin yakunida har bir ishtirokchi va guruh erishgan natijalariga qarab 
baholanadi. 
8-rasm. “Ishbop o‘yin” metodini o‘tkazish tartibi 
 
 
Vazifalarni taqsimlash 
Vazifalar bo’yicha ishtorkchilar qaror 
qabul qiladilar 
O’yini amalga oshirish 
O’yin shartlari va baholash 
mezonlari bilan tanishtirish 


168 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Ishbop o‘yin” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: 
Ta’lim beruvchi mavzu tanlaydi, maqsad va natijalarni aniqlaydi. Qatnashchilar 
uchun yo‘riqnomalar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi. 
1. 
Ta’lim oluvchilarni o‘yinning maqsadi, shartlari va natijalarni baholash 
mezonlari bilan tanishtiradi. 
2. 
Ta’lim oluvchilarga vazifalarni taqsimlaydi, maslahatlar beradi. 
3. 
Ta’lim oluvchilar o‘z rollari bo‘yicha tayyorgarlik ko‘radilar. 
4. 
Ta’lim oluvchilar tasdiqlangan shartlarga binoan o‘yinni amalga 
oshiradilar. Ta’lim beruvchi o‘yin jarayoniga aralashmasdan kuzatadi. 
5. 
O‘yin yakunida ta’lim beruvchi muhokamani tashkil etadi. Ekspertlarning 
xulosalari tinglanadi, fikr-mulohazalar aytiladi. 
6. 
Ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida natijalar baholanadi. 
Har bir rolni ijro etuvchi o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi, berilgan vaziyatda o‘zini qanday 
tutishi kerakligini namoyish eta olishi, muammoli holatlardan chiqib ketish qobiliyatini ko‘rsata 
olishi kerak. 
“Ishbop o‘yin” metodining afzalliklari: 
 ta’lim oluvchilarning bilimlarini va tajribalarini o‘z qarashlari va xulqlari orqali 
ifoda etishga yordam beradi; 
 ta’lim oluvchining boshlang‘ich bilimlari va tajribalarini safarbar etish uchun 
yaxshi imkoniyat yaratiladi; 
 ta’lim oluvchilar o‘z bilimlari doirasidan kelib chiqqan holda imkoniyatlarini 
namoyish etishlari uchun sharoit yaratiladi. 
“Ishbop o‘yin” metodining kamchiliklari: 


169 

Download 0,99 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish