O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

 
“Sindikat” metodi 
Guruh uchta kichik guruhlarga bo‘linadi. Bunda taklif etilayotgan topshiriq uch xil nuqtai 
nazardan hal etilish zarur. Masalan, uch no’malumli uchta tenglamalar sistemasini echish 
topshirig‘i berilgan bo‘lsin, u holda birinchi guruh masalani Gauss, ikkinchi guruh Kramer
uchinchi guruh matritsa usulidan foydalanib echadi. So‘ngra echimlar birgalikda muhokama 
etilib, umumlashtiriladi. 
 


155 
“Akvarium” metodi 
Guruhdan uch talaba ajratib olinib ularga xona o‘rtasidagi stol atrofiga o‘tirishlari va 
qo‘yilgan muammoni o‘n minut atrofida birgalikda muhokama, qilishib fikr bildirishlari 
so‘raladi. Bu uch talaba akvariumdagi baliqlarga qiyos. Atrofda o‘tirgan kuzatuvchilar o‘rtadagi 
talabalarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, javoblarni to‘g‘ri va noto‘g‘riga ajratib yozib 
borishadi hamda muhokama paytida o‘zlarining qarashlarini bayon etishadi. Etarli darajada fikr 
bildira olmagan o‘rtadagi talabalar o‘z o‘rinlarini kuchli fikr bildirgan kuzatuvchi talabalarga 
bo‘shatib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar talabalar ishtirokida 
o‘qituvchi tomonidan umumlashtiriladi
 
Raqamli metodlar 
Guruhdagi talabalarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda 4x4x4, 5x5x5 yoki 6x6x6 
metodlarining biridan foydalaniladi. Masalan, 5x5x5 metodida har biri 5 talabadan iborat 5 ta 
kichik guruhchalar tashkil etilib, ularning 5 nafar sardorlari to‘planishib qo‘yilgan muammoni 
hamkorlikda muhokama etishadi, so‘ngra o‘zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga 
masalaning echimini o‘rgatishadi. 
 
Karabey texnologiyasi 
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, 
xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq 
va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya talaba-o‘quvchilarga mustaqil
ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqida tushuncha 
va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular 
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish