152
Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o‘quvchilarga
taqdim etilgan topshiriqni
bajarishga doir materiallarni qunt bilan o‘rganishni,
birgalikda muhokama etishni,
savol-javob
qilishni, o‘rganganlarini boshqalarga o‘rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.
“Sinektika” metodi
Bu
metod amaliy, seminarlar va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun qulay bo‘lib, «aqliy
hujum» metodiga yaqin. Bunda talaba darsda qo‘yilgan muammoni
hal qilish yuzasidan
analogiyaga asoslangan holda o‘z fikrlarini, qarashlarini olg‘a suradi. Bunda analogiya bevosita,
shaxsiy, ramziy va xayoliy bo‘lishi mumkin.