|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universitetiBog'liq psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)Psixologik to'garak. To'garakda ishtirok etib talabalar ma'ruzalar va referativ axborotlar
berishlari mumkin. Hisobot va axborotlar mavzulari psixologiya kursi dasturi mavzularini
takrorlamasligi kerak. Ularda dasturga kiritilmagan, lekin talabalarning turli hayotiy faktlar
bilan duch kelganlarida ilmiy tushunchaga ega bo'lmagan va shuning uchun ko'pincha noto'g'ri
talqin etiladigan savollarni yoritish kerak. Bularga misol qihb, shularni ko'rsatish mumkin:
«Tush va tush ko'rish», «Ta'sir ko'rsatish, o'zini ishontirish va gipnoz», «Psixikaning sirli
hodisasi», «Shaxs va aql», «Hayvonlar aqllari». To'garaqlarda misol uchun, ana shu savollarni
qo'yish va muhokama qilish mumkin:
•
psixikaga doir materialistik va idealistik qarashlar;
•
oliy nerv faoliyati fiziologiyasi bo'yicha yangi ma'lumotlar;
•
ijodiy faoliyat psixologiyasi (bu savol yoshlarni har doim qiziqtirib kelgan);
•
tibbiyot psixologiyasi masalalari (bu yerda, inson psixikasi psixologik o'zgarishining
ba'zi ko'rinishlarini ko'rib chiqish mumkin);
•
shaxs irodasi va xarakteri shakllanishi bilan bog'liq savollar.
To'garakda ishlashga qiziqish odatda, xotiijam erkin vaziyatda
psixologiyaga doir savollari, talabalarni qiziqtirgan muammolar, ularga yangi bilimlar beradigan
masalalarni o'rganib chiqish bilan yuzaga keladi. Talabalarning hisobotlarini muhokama qilish
jarayonida yangi savollar paydo bo'ladi, ular to'garakning keyingi mashg'ulotlarida muhokama
qilinadi. Shu bilan birga bahslashishdan qochish kerak emas. Ba'zi savollarni bilib turib
muhokamaga qo'yish kerak. Bunday tortishuvlar talabalar himoya qilayotgan qoidalarni
mustaqil ravishda chuqur o'rganib chiqishni talab etadi. Tortishuvlar aqlning tanqidiyligi va
o'tkirhgini rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek, kitoblarga murojaat etish, qo'yilgan
savolga javob izlash, muammoni isbot qilish, taqqoslash va muhokama etishga chorlaydi. Lekin
148
bahslashuvga yaxshi tayyorlangan bo'lishi, bahs ishtirokchilari esa o'z chiqishlarim oldindan
tayyorlashi kerak.
|
| |