O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Psixologik jurnal. Unda auditoriyadan tashqari turli xil ishlar haqida ma'lumotlar, biror-bir 
muammoni muhokama qilish, o'quvchilar savollariga javoblar, turli pedagogik va psixologik 
masalalar hamda yangi qiziqarli psixologik faktlar bo'lishi mumkin. Boshqa gazeta, jurnallar, 
kitoblar maqolalardan foydalanish mumkin. O'quvchilar qiziqishini jalb etish uchun jurnalning 
bir .sonida tushuntirish bermasdan va o'quvchilaiiga ular haqida o'ylab ko'rishni, ularni o'zlari 
tushuntirib berishlarini taqlif qilingan faktni keltirish lozim. Jurnaldagi faktlarni tushuntirish 
uchun foydalanish mumkin bo'lgan adabiyotlami keltirish kerak. Keyingi sonida talabalarning 
o'zlari topgan javoblarini keltirish lozim. 
Auditoriyadan tashqari ishlar psixologiya o'qituvchisidan ko'p vaqt talab etib, talabalarning 
psixologik bilimlarini o'zlashtirish ishlarida juda samaralidir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


150 
Interfaol ta’lim usullaridan na’munalar
 
 
Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun metodi 
 
 
Akademik guruh jami talabalar sonidan kelib chiqqan holda 4-5 kishidan tashkil 
topadigan bir necha kichik guruhlarga ajratiladi. Kichik guruhning talab darajasida o‘quv 
faoliyati ko‘rsata olishi uchun uning tarkibida bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bitta yaxshi, bitta 
undan sustroq talaba-o‘quvchining bo‘lishi shart. Qolganlari qobiliyatlari va bilim darajalari 
bo‘yicha sust o‘qiydigan talaba-o‘quvchilar bo‘lishi mumkin. Yaxshi o‘zlashtiruvchi talaba-
o‘quvchi kichik guruhning sardori bo‘lib, o‘z navbatida sheriklarining ma’lum hajmdagi 
bilimlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha o‘qituvchiga yordamchilar hisoblanadi. Har bir talaba-
o‘quvchining darsga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda barcha sheriklarining 
baholanishi o‘qituvchi tomonidan o‘quv yili boshida hammaga e’lon qilinadi.
Kichik guruhdagi talabalarning fan bo‘yicha butun o‘quv faoliyati qat’iy o‘zaro 
mas’uliyatga asoslangan bo‘lib, «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» shiori ostida 
boradi. Chunki sardorlarga joriy nazorat bo‘yicha rag‘batlantiruvchi ballarni qo‘yishda kichik 
guruhlar talaba-o‘quvchilarining uyga berilgan topshiriqlarni bajarganlik darajalari, ayniqsa sust 
o‘zlashtiruvchi talabalarning mavzu bo‘yicha o‘qituvchi va boshqalarning savollariga og‘zaki 
yoki yozma javob berishlari, masala echimini tushuntira olishlari e’tiborga olinadi. Uy vazifasini 
ko‘proq sust o‘zlashtiruvchi, biroq bilim olishga ishtiyoqi bor talaba-o‘quvchilardan so‘rab, 
kichik guruhning barcha talaba-o‘quvchilarini uning javobini e’tiborga olgan holda baholash 
katta ta’limiy va tarbiyaviy samara beradi. Sust o‘zlashtiruvchilarni yaxshi tayyorlagan kichik 
guruh sardorlariga eng yuqori ball qo‘yiladi. Natijada sardorlarga ham tabaqalashtirilgan ball 
qo‘yishga erishiladi. Kichik guruhdan biror talaba-o‘quvchi uy vazifasini bajarmagan yoki 
qisman bajargan bo‘lsa, bu kamchilikni yo‘qotish uchun uning sardori yoki barcha sheriklarini 
bir-ikki marta qo‘yiladigan ballardan mahrum etib, o‘sha mavzuni qayta ishlab darsdan keyin 
topshiradigan qilish kifoya. O‘qituvchining uy vazifasini nega tayyorlamay kelding deyishi bilan 
bu gapni kichik guruh talabalarining jamoa bo‘lib norozi ohangda sheriklariga aytishi orasida 
juda katta tarbiyaviy farq bor. 
Darsning mustaqil ishlash qismida barcha kichik guruhlarga bir xil muammo (masala)ni 
sust o‘qiydigan talaba-o‘quvchilarga o‘rgatishlari so‘raladi. Chunki berilgan topshiriq tipidagi 
muammo(masala)lar darsning asosiy qismida o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar hamkorligida 
o‘rganilgan bo‘ladi.


151 
Bitta kichik guruhga kirgan talaba-o‘quvchilar auditoriyaning ma’lum qismidagi ketma-
ket qo‘yilgan partalarda birgalikda, sardor esa orqadagi partaning o‘qituvchi borib yordam 
ko‘rsatishi va o‘zining kelib o‘qituvchidan yoki boshqa kichik guruh sardoridan yordam olishi 
uchun qulay qismida o‘tiradi. Ikkita parta bir-biriga qaratib qo‘yilsa talaba-o‘quvchilarning 
hamkorlikda ishlashlari uchun yanada qulay bo‘ladi. Sardorning amaliy mashg‘ulot paytida 
auditoriya bo‘ylab erkin harakatlanib, o‘qituvchi va boshqa sardorlar bilan hamkorlikda vujudga 
kelgan tushunmovchilikni hal qilish bo‘yicha muloqotda bo‘lishiga ruxsat etiladi. Biroq, 
o‘qituvchi huzuriga birdaniga bir nechta emas faqat bitta sardorning kelishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Bir kichik guruh qo‘yilgan muammoni (masalani) hal etgach, uning to‘g‘riligini
o‘qituvchi tomonidan tekshirilib, sardorga sheriklariga o‘rgatish taklif qilinadi. Uning o‘rgatishi 
jarayonida masalani echa olmagan guruhchalarning sardorlari ham shu guruhga kelib qo‘shiladi, 
so‘ngra o‘zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga o‘rgatishadi.

Download 0,99 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish