153
“Rotatsiya” metodi
Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib
chiqishi, yozganlarini butun guruh jamoa bo‘lib tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi va
quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-dars mavzusi bo‘yicha nomerlangan topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzuchalar)
plakatlarga yozilib doskaga osib qo‘yiladi;
-topshiriqlar soni uchta bo‘lsa, talaba-o‘quvchilar ham
shuncha kichik guruhlarga
ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;
-kichik guruhlar o‘zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda
foydalaniladigan yozma ma’lumotlar paketini oladi;
-kichik guruhlar o‘zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o‘rganishib
topshiriqqa javoblarini yozishadi;
-javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o‘quvchi tomonidan yoziladi;
-topshiriqlarga yozilgan javoblar varag‘i, ma’lumotlar
paketi kichik guruhlararo
almashtiriladi va qo‘shimchalar qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
-javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi
flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi.
SHuningdek, kichik guruhlar nomerlanib, ular
o‘zlarining javoblarini shu nomer ostida yozishlari ham mumkin;
-javoblar yozilgan varaqlar doskadagi osig‘liq plakatlarga skochda yopishtirilib,
o‘qituvchi ishtirokida muhokama qilinadi, umumlashtiriladi va to‘g‘ri javoblar daftarlarga yozib
olinadi;
-to‘g‘ri va mukammal javoblar soniga qarab talaba-o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va
baholanadi.