Birinchidan, bitta hodisani turlicha fikrlar, tushunchalar, tushuntirishlar, ularni ajratishga
turlicha yondoshishlar hech ham uni tashvishlantirmasligi kerak. Aksincha, bunday turlicha
fikrlarni ko'rib ularni bir-biri bilan solishtirish dalillarini tushunishga va qarorga kelishga
to'g'risini tanlashga harakat qilishi kerak. Bunday yondashish aniq nuqtayi nazardan oddiy
haqiqatni bilib olishning eng samarali usulini bildiradi. Demak, ba'zi ijtimoiy psixologik
hodisalarni tushuntirishda farqni sezib qolganingizda hech ham hayajonlanmang, balki xursand
122
bo'ling, o'ylab ko'rishga imkoniyat mavjud va muammoga o'z qarashlaringizni ishlab chiqish
imkoniyati bo'ladi.
Ikkinchidan, agarda • o'qituvchi ilmiy adabiyotlarda uchraydigan turli nuqtai nazarlarni o'z
ta'riflari bilan tushuntirib bergani metodik mazmunda foydali bo'lsa, bu talaba uchun muammoni
o'rganish bo'yicha jiddiy va qiziqarli ishlar uchun oson bo'ladi.
Uchinchidan, talabalarga o'quv mashg'ulotlarida bitta muammo bo'yicha bir necha nuqtayi
nazarlarni o'rganib chiqish kerak boiadigan masalalarni yechish topshiriladi. Bu misollar
talabaga muammoga turlicha nazariy yondashishlarni taqqoslash va tahlil qilishga, mavjud ilmiy
qarashlarni qaysi birini qo'llash va nima uchunligiga o'rgatadi, keltirilgan savollardan eng qaysi
bin ayni ana shu turlariga kiradi.
Qanday bo'lsa ham zamonaviy ijtimoiy psixologiya nazariy va amaliy yo'nalishlarda ancha
muvaffaqiyat bilan rivojlanib kelmoqda.
Metodik mazmunda fanning tarixiga nazar solib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi, bu
talablarning o'quv faoliyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi va fanni o'rganishga yordam beradi.
Mustaqil ishlash uchun talabalarga quyidagi o'quv topshiriqlarni taqlif etish mumkin, ularni
seminar va amaliy mashg'ulotlarida muhokama qilish mumkin bo'ladi. Buning uchun ularni
davra suhbati, amaliy o'yinlar, ijtimoiy psixologik treninglar ssenariylari va rejalariga kiritish
kerak. Savol va masalalardan ba'zilarini balki ma'ruzalarda o'qituvchi dastlab tushuntirib o'tishi
talab etiladi.
Bu masala ijtimoiy psixologiyaning predmeti haqidagi birinchi topshiriqqa taalluqli.
Adabiyotlarda «ijtimoiy-psixologiya» tushunchasiga turlicha ta'riflar beriladi va ijtimoiy
psixologiya fani predmetini tashkil etuvchi muammolar tartibi beriladi. Ular turli mualliflar
tomonidan bildirilgan bo'lib, bir-biridan farq qiladi. Ularni diqqat bilan o'qib chiqing va bu
nuqtayi nazarlardan birini tanlashga harakat qiling. Agarda bu nuqtayi nazarlardan hech biri
to'g'ri bo'lib chiqmasa, o'zingiz shaxsiy nuqtayi nazaringizni ifoda etishga harakat qilib ko'ring.
Ijtimoiy psixologiyaning turlicha qarashlari mana shulardir:
a)
bu insonlar munosabatlari muammolarini uning shaxslararo («men», «boshqalar») va
guruhlararo («Guruh» «Guruh») shakllarda o'rganadigan fandir, ya'ni makroguruhlar (aloqa
qiluvchi) sonida va mikroguruhlar o'rtasidagi odamlar munosabatlarini o'rganadi.
b)
bu fan odamlarning ijtimoiy guruhlarda ishtirok etishlari hodisasi sabablari, ularning
hulqi va faoliyati qonuniyatlarini o'rganadi hamda bu guruhlarning o'zaro psixologik
123
tavsiyanomalarini, shu bilan birga katta ijtimoiy guruhlar (xalq, millat, professional guruh),
kichik guruhlarning (jamoalar, oila, do'stlar guruhi) va boshqalar.
d)
bu fan turli ommaviy hodisalarning psixologik tomonlarini o'rganadi (taqlid qilish,
ta'sirlanish, mish-mishlar, sarosima, moda, odatlar, an'analar).
e)
ijtimoiy psixologiyaning predmeti ijtimoiy hayotning (siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy,
turmush ...) turli shakllari psixologik aspektlarini va mos ravishda: siyosiy hayotning ijtimoiy
psixologiyasi, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy psixologiyasi, san'at va madaniyatning ijtimoiy
psixologiyasi, turmush ijtimoiy psixologiyasi va shu kabilar.
Mualliflarning
(G.M.Andreva,
A.V.Petrovskiy,
B.D.Parigina,
M.R.Bityanova,
K.K.Platonova, E.S.Kuzmin, RS.Nemov va boshq.) mulohaza va dalillarini ko'rib chiqing va bir
xulosaga keling: ijtimoiy psixologiyaning predmetini ta'riflashning qaysi biri sizningcha to'g'ri,
agarda bu fanning amaliy ahamiyatidan kelib chiqadigan bo'lsak. Ushbu savol talablari uchun
qiyin bo'lishi mumkin, chunki «ijtimoiy psixologiya» kursi predmeti va masalalari haqidagi
birinchi ma'ruzada o'qituvchi ushbu savolga javob topishga o'quvchilarga yordam berish uchun
ma'lum nazariyani sharhlab berishga to'g'ri keladi. Buning uchun faoliyatni boshlanishdagi
jamoat, jamoa va shaxsning ham ehtiyojlarini qondiruvchi sifatida talqin qilishdan iborat
bo'lgan «Ijtimoiy psixologiya» tushunchasining genetik boshlanishini ko'rsatishgina yetarli
hisoblanadi, bu uning — birinchi tomoni, ikkinchidan bo'lsa, shaxsni jamoani va ijtimoiy
jarayonda, ya'ni o'zining kelib chiqishi bo'yicha ijtimoiy faoliyatda munosabatlar mahsuloti
sifatida tushunilishi. Shuning uchun «insonning hayotiy munosabatlari yuzaga keladigan
ijtimoiy — tarixiy sharoitlarni tahlil qilish birinchi navbatda inson faoliyat yuritadigan aniq bir
ijtimoiy guruhlarni va har bir bunday guruh ijtimoiy aloqalar keng siyosatining elementi
ekanligi ijtimoiy mehnatni taqsimlash vaziyatlarini tahlil qilishdan tashkil topadi.
Ijtimoiy psixologiyani bunday tushunish turli ilmiy tizimlarda taqlif etilgan har qanday uni
tushuntirishlardan tubdan farq qiladi».
Shunday qilib, ijtimoiy psixologiya har biri alohida shaxs individning guruhlarda o'zaro
munosabatlari sifatida ishtirok etuvchi faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy
munosabatlar mahsuloti hisoblanadi degan nuqtayi nazardan insoniyat psixologiyasini
o'rganadi. Shuning uchun ijtimoiy psixologiya insonning guruhda yuzaga keladigan
munosabatlari sharoitlarini o'rganish ham kerak.
Bunday tushuntirish predmetning o'zini ko'rsatibgina qolmay, balki, nima uchun aynan uni,
boshqa biror narsani emas, ayrim mualliflarning predmetni ta'riflashlarida ishtirok etgan boshqa
124
narsalarni o'rganmasligini tushuntiradi. Agar o'qituvchi fan predmetini bunday ta'riflanishi
ma'nosini ochib bersa unda talabalarni ishontira oladi. Talabaga nima uchun boshqa
tushuntirishlar to'g'ri kelmasligini ko'rsatishning o'zi qoladi.
«Ijtimoiy psixologiya» tushunchasining qaysi bir ta'rifga amal qilmaslik so'zsizdir: u o'z
predmetiga albatta guruhlar psixologiyasini kiritadi, quyida aytib o'tilgan guruhlar
klassifikatsiyasi (G.M.Andreyeva bo'yicha) bilan tanishib chiqib ularning har birini ta'riflab
bering (agarda mumkin bo'lsa mantiqiy tartibli va qat'iy defferensial) va guruhlar har bir turlari
bo'yicha bittadan misol keltiring:
— shartli, haqiqiy, laboratoriya, rasmiy, norasmiy, tabiiy, katta, kichik, diffuz, nominal,
jamoa, professional, referentli (shu jumladan, ijobiy, salbiy normativ, taqqotsiy, ijtimoiy —
taqqosliy).
Talabalarga topshiriqlar: guruhlarning har bir turlariga o'zingiz misollar keltiring.
Ijtimoiy psixologiya mazmuni o'quv perdmeti sifatida «ijtimoiy psixologiya o'rganish
bilan shug'ullanadigan haqiqiy guruhlardan» tashkil topadigan degan nuqtayi nazar mavjud
(М.Р.БитяноваСоциальнаяпсихология - M. 1994. — 570).
Talabalarga
topshiriq:
boshqa
hamma
guruhlar
bilan
ijtimoiy
psixologiya
shug'ullanmaydimi? degan savol haqida siz nima deb o'ylaysiz? Bu savollarni seminar
mashg'ulotlarida muhokama etishga tayyor bo'ling.
Katta va kichik guruh orasidagi prinsipal psixologik farq nimada?
Pedagog, rahbar, amahy psixolog uchun u ishlaydigan jamoa ichida norasmiy guruh
borligi haqidagi ma'lumot amaliy ahamiyatga ega bo'ladimi? Agarda ahamiyatga ega bo'lsa,
unda u nimadan iborat bo'ladi?
Bitta guruh bir vaqtning o'zida «referent», «shartli», «katta», «tabiiy», «ijtimoiy»,
«norasmiy», «nominal», guruh bo'la oladimi?
Agarda shunday bo'lsa, o'z javobingizni isbotlab bering. Agarda bunday bo'lmasa bu
guruhlardan qaysi birini chiqarib tashlash kerak?
«Jamoa-ijtimoiy qimmatli hamkorlik faoliyatida rivojlanishning yuqori darajasiga
erishgan umumiy maqsadlar va vazifalari bilan birlashgan odamlar guruhidir». Jipslashgan va
ancha oldin uyushgan jamoatchilar to'dasini qanday ta'riflash mumkin? Guruh ichidagi aloqalari
darajasi bo'yicha u jamoaga o'xshadi, lekin uning a'zolari birgalikda faoliyati ijtimoiy
yo'nalganligi bo'yicha jamoaga qarama- qarshidir. Ana shunday ijtimoiy qarama-qarshi
125
yo'nalishli guruhning qaysi biriga kiritgan bo'lar edingiz, shunga o'xshash boshqa guruhlarni
ko'rsating.
Ijtimoiy psixologiyaning asosiy obyektini (guruhlar hamma turlarini) o'rganish asosida bu
fanning amahy psixologik, pedagogik rahbar faoliyatidagi rolini qanday qilib ifoda etish
|