128
3. Kelishmovchiliklar ba'zan foydali, agarda qonuniy asosda sodir boiayotgan bo'lsa, bu
javoblardan qaysi biri sizningcha to'g'ri? Sizning javoblaringizdan kelib chiqqan holda: janjal,
nizolarni oldini olish kerakmi? Yoki ularni tabiiy hoi deb
hech narsa qilmaslik kerakmi, lekin
ular yuzaga kelganda tortishayotgan tomonlar uchun mos keladigan
usul bilan nizoli vaziyatni
darhol bartaraf qilish kerakmi?
Bu yo'llardan qaysi biri sizning fikringizga psixologik jihatdan to'g'ri?
Kichik guruhlarda umumiy kelishilgan fikr, qaror,
xulosaga erishish uchun
munozaralarni qanday olib borish kerak?
—
muammoni ko'rsatib bering va «nima qihsh kerak» degan savolni qo'yish kerak;
—
turlicha fikrlarga quloq sohsh kerak (bir-birini to'ldiruvchi va bir-biriga qarama-qarshi);
—
haqiqatga yaqin turli fikrlarni keltirish orqali munozarani keskinlashtiring,
shu bilan
jamoatchilik fikrni rag'batlantirish.
—
umumiy yagona fikrga erishib (yoki ko'pchilik qo'llagan mantiqiy to'g'ri xulosaga)
xulosani ifodalashni taqlif etish.
Kundalik hayotingizda uchrab turadigan o'zingizga ma'qul masalalardan biri guruhli
qaror qabul qilish bo'yicha munozaralar tashkil etish reja-ssenariysini tuzing.
«Munosabatlardagi to'siq» tushunchasining mazmuni nima? U «kommunikativ to'siq»
bilan mos keladimi?
Taqlif etilgan adabiyotlarni ma'ruza matnlari bilan solishtiring
va yuqorida keltirilgan
psixologik masalalarni yechishda mustaqil ishlab chiqqan javoblaringizni o'rganish asosida
quyidagi savollarga javob bering.
1.
Ijtimoiy psixologiyaning nazariy ahamiyati va uning psixologiya fanidagi o'rni
qanday
baholaysiz?
2.
Rahbar, pedagog, amaliy psixolog kasbiy faoliyati uchun ijtimoiy psixologiyaning amahy
ahamiyati nimalardan iborat?
Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy hayot muammolari,
shaxsni rivojlanishi, jamiyatni hayotga
munosabatlarining psixologik qonuniyatlarini o'rganadi.