119
FSMU - texnologiyasi
Oilaviy munosabatlar
F – fikringizni
bayon eting
S – fikringiz
bayoniga biror
sabab keltiring
M – ko’rsatilgan
sababingizga
biror nisol
keltiring
U – fikringizni
umumlashtirng
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar o‘tkazishda
yoki o‘quv–seminari yakunida (tinglovchilarning o‘quv seminari haqida fikrlarini bilish
maqsadida), yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanilishi mumkin,
chunki bu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini
boshqalarga o‘tkazishga,
ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchi-talabalarni
o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga
hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi.
120
15- mavzu.IJTIMOIY PSIXOLOGIYANI O'QITISHNING METODIK USULLARI
REJA:
1. Ijtimoi psixologiya fanini o’rganish.
2. Itimoiy psixologiya fanlarini o’tishda interfaol usullardan foydalanish.
Ijtimoiy psixologiyani o'qitish metodikasida bu fanning nisbatan yoshligini hisobga olish
maqsadga muvofiqdir. Bu fan haqida birinchi bor XX asrning boshlarida fikr yuritila
boshlangan.
Sotsiologiyadagi psixologik maktab vakillari tomonidan birinchi bor ijtimoiy—psixologik
nazariyasini yaratishga bir necha bor urinishlar bo'ldi (G.Tard, G.Lebon, U.Makdugall,
E.Dyurkgeym) va 1908-yilda bu g'oya ishlab chiqildi. U Makdugallaming (ingliz psixologi,
keyinchalik AQSH da faoliyat ko'rsatgan) «Ijtimoiy psixologiyaga kirish» kitobi ijtimoiy
psixologiya bo'limi bo'yicha birinchi kitob bo'ldi. Shuning uchun bu kunni (1908) ko'pincha
ijtimoiy psixologiyaning tarixini boshlanishi deb hisoblaydilar.
Ijtimoiy hodisalarni
tushuntirishga imkon beruvchi qandaydir umumiy qonunlarni topishga uringan olimlar (misol
uchun, odamlar birligi va hamfikrligi manbalarni) olomonni o'rganadilar, ta'sirlanish, fikrlarni
o'xshashligi va taqlid qilish, «jamoa tomonlarini», «ruhiy birlik qonunlarini» va boshqalarini
o'rganadilar, lekin shu bilan birga ijtimoiy qonunlarni psixologiya qonunlari bilan almashtirib
yuborilgani yoki unga bo'ysindirilgan, shaxs insonlar jamoasida yo'q bo'lib ketgan,
mustaqil
harakat qilish va qarorga kelish qobiliyatini yo'qotgan.
Asta-sekinlik bilan shaxsni o'rganish zarurligi tushunib borildi, lekin yakka o'zini emas,
guruhdagi boshqa odamlar bilan birga, odamlarning guruhdagi o'zaro munosabatlari jarayonida
shaxsning xislatlarini odamning ijtimoiy gumhlar bilan munosabatlari natijasida kelib chiquvchi
sifatida qarash kerakligi tushunildi. O'sha vaqtning o'zida shaxsni ijtimoiy muhitdan tashqarida
o'rganish mumkin emas deb tanilgan edi. Ammo ijtimoiy muhit tushunchasining o'zi shunchalik
tor bo'lganki, odamlarning o'zaro munosabatlari kichik guruh doirasidan chetga chiqmas edi,
ya'ni bevosita «yuzma-yuz» aloqalar olib borilgan guruhlardagi o'zaro inunosabatlardangina
iborat bo'ldi.
Jamiyatning o'zi esa ana shunday tasavvurlar qatorida psixologik aloqalar to'plami
sifatida
tushuntirilgan. Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar umuman psixologiyalashtirildi, bu
shaxsning va ijtimoiy muhitning haqiqiy munosabatlarini tushunishga, shaxsni ijtimoiy
munosabatlar mahsuloti sifatida keng ma'noda har tomonlama o'rganishga imkon bermas edi.
121
G'arbda (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya) 20- yillarda ijtimoiy psixologiya,
psixologiya fanida yetakchi yo'nalish bo'lib qoladi, boshlang'ich guruhlarning o'z a'zolariga,
ulaming faoliyatiga, odamlarning ishlab chiqarish samaradorligiga, mehnat intizomiga ijobiy va
salbiy ta'sirni o'rganish, va umuman zamonaviy ishlab chiqarishda
psixologik omillarni rolini
o'rganish xususan norasmiy munosabatlar va boshqalar amaliy ahamiyatga ega edi. Ijtimoiy —
psixologik hodisalarni o'rganish ayniqsa (guruhli rivojlanish jarayoni) ikkinchi jahon urushi
davrida faollashdi (bo'limlarning birlashganligi va harbiy jangovor qobiliyat) jangning jiddiy
ekstremantal vaziyatlari ta'sir ko'rsatish sharoitlarida guruh ichidagi aloqalarning mustahkamligi
va boshqalar. Guruhlar psixologiyasini o'rganish faqatgina ilmiy doirada bo'lib qolmay balki
ishlab chiqarishda boshqaruvda xodimlarni tayyorlashda,
mehnatni ilmiy tashkil etishda, ishchi
guruhlarini, ilmiy guruhlarni boshqaruv organlarini tuzishda keng qoilanila boshlandi. Bizning
mamlakatimizda ijtimoiy psixolo- giyaning rivojlanishi taxminan o'tgan asrning 20-yillarning
boshlarida refleksologiya ijtimoiy hayotni reflekslar to'plami sifatida ko'rsatishga harakat qilgan
vaqtdan boshlandi. Undan key-in esa psixotexnika deyarli taqiqlab qo'yildi, bu demak, har
qanday amaliy psixologik tadqiqotlar,
shu jumladan, ijtimoiy — psixologik tadqiqotlar ham
taqiqlandi. Shunday qilib ijtimoiy — psixologiya psixologiya fanining mustaqil amaliy sohasi
bo'lib unga ko'p bo'lmagan vaqtlar oralig'ida rivojlanib kelmoqda. Bu fan haqida hozirgi
kungacha ilmiy tortishuvlar tugamagan, ijtimoiy psixologiyaning
fan sifatida umumiy qabul
qilingan tushunchasi ham hozircha yo'q, ammo mutaxassislar tomonidan an'analar so'zsiz uning
konsepsiyalariga kiradigan muammolar doirasi belgilab olingan.
Shuning uchun talaba adabiyotni mustaqil o'rganishda bir savolga turlicha, ba'zan bir-biriga
qarama-qarshi nuqtayi nazarlaiga duch kelishi mumkin, chunki fan rivojlanish holatida, ammo
ijtimoiy psixologiyani o'rganishni boshlayotganlar uchun bu holat qiynchiliklar tug'dirishi
mumkin, ularni o'qitish metodikasida hisobga olish kerak.
O'qituvchi talabaga nima maslahat berishi mumkin?