126
Muomala — odamlar o'zaro aloqasidan iborat bo'lib unda emotsional — sezgi va ratsional
ma'lumotlarni faoliyat bilan almashish sodir bo'ladi». «Keng jamoada munosabatlar»
tushunchasi», «Ijtimoiy munosabatlar butun to'plamini o'z
ichiga oladi, chunki ijtimoiy
munosabat — iqtisodiy, siyosiy yoki g'oyaviy — o'zining ijtimoiy- psixologik tomonlariga ega
va odamlar o'rtasida bevosita yoki vositasiz aloqada namoyon bo'ladi». «Munosabat odamlar
o'rtasidagi o'zaro aloqalar, asosan bevosita kuzatishlar asoslangan, «Munosabat»
tushunchasi
turli ijtimoiy va madaniy tizimlar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ta'riflashda ham foydalaniladi»
(«millatlararo munosabat», «madaniyatlar aloqalar»), ya'ni odamlar o'rtasidagi shaxslararo
aloqalaridan ko'ra ancha keng ma'noda», (Zamonaviy falsafiy lug'at — M. 1996, 337-b).
Siz tanlagan tushuncha bilan «munosabat» tushunchasi ilmiy mazmundan kelib chiqib
quyidagi fikrlarni tahlil qilib chiqing: «Bola - bu har doim ikkita odam — u va katta odam»
(D.B. Elkonin). Bu fikr va topshiriq bo'yicha IV bob 2-§ da keltirilganlardan siz tanlab
olganligingiz bilan mos keladimi? Ushbu fikr «munosabat» tushunchasi bilan mos keladimi?
L.S.Vigotskiyning quyidagi fikrlarini tahlil qilib chiqing: «...inson o'zi bilan o'zi holi
qolganida munosabat vazifasini saqlab qoladi», buni individning o'zi bilan o'zi munosabati
sifatida tushunish mumkinmi? Agarda shunday bo'lsa, unda keltirilgan
tushunchalaridan qaysi
biriga kiritish mumkin?
Quyidagi masalalarni yeching?
12 ta kemachilar jimgina bir kemada ketmoqdalar. Bu munosabatmi yoki yo'qmi? Agarda
munosabat bo'lsa, unda u qaysi tushunchaga to'g'ri keladi va ularning qaysi biriga qarama-
qarshi?
-
ona bir oylik bolasini uxlatadi. Bu munosabatmi yoki yo'qmi?
-
inson televizorda ko'rsatuv tomosha qilmoqda, bu munosabatmi yoki yo'qmi? Agar
munosabat bo'lsa, unda ma'lumotlar almashish qani?
-
ma'ruzachi monolog o'qiyapti, auditoriya esa savol ham bermaydi, hech bir fikr
bildirishmaydi, yozmaydi, faqat eshitib o'tiribdi, shu orqah
ular tushunishmoqdalar deb
aytish qiyin. Buni ma'ruzachi bilan auditoriya o'rtasidagi aloqalar deb hisoblash mumkinmi?
Adabiyotlarda to'g'ridan to'g'ri va boshqa yo'llar bilan, bevosita va bilvosita (yozma yoki
taxminiy vositalar yordamida) shaxslararo va ommaviy munosabatlarni ko'rsatadilar, ilgarigi
masalalarga qayting (16) va bering.
«V» masalani vositali munosabatga taalluqli deb hisoblash mumkinmi? Agarda shunday
bo'lsa, unda ma'lumotlar «Almashish» qani: kemachilar harakatlarini qaysi biriga kiritish
127
mumkin: barcha harakatni sezish orqali munosabatgami yoki bevosita munosabatda faoliyat
almashinishi orqali.
Munosabatlar vazifalari:
1) bog'lovchi,
2) shakllantiruvchi,
3) «tasdiqlovchi»,
4) shaxslararo «individlar» o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkil etish va olib borish,
5) shaxsning ichidagi (o'zi bilan o'zi dialog) munosabat.
Bu vaziflarni bajarilmasligi nimaga olib kelishi
mumkinligiga misol keltiring, bog'lovchi
vazifasini bajarmasligiga misol — muvaffaqiyatga erishilmagan Vavilon minorasining qurilishi
haqidagi diniy rivoyat va boshqalar.
Millat psixologiyasi (elatlar, xalqlar) — ijtimoiy-psixologik bilimlarning alohida sohasi, u
har bir millat va xalqlarning boshqalaridan hamda uning tili va madaniyatini, turmush tarzidan
farq qiluvchi haqiqiy mavjud hissiyotlari, kayfiyatlari, fikrlari, fe'li, amal,
odatlari
kecMnmalarini aks ettiradi. Savol: milliy psixologiyani o'rganish bilish va hisobga olish
insonning amaliy faoliyatida qanday maqsadlar va nima uchun kerak? Tub mahalliy millatning
psixologiyasini maxsus o'rganish kerakmi?
Misol uchun rus odamlari bilan ishlovchilar rus milliy psixologiyasini o'rganish yoki o'z-
o'zidan yaxshi munosabatlar yuzaga kelishi kerakmi?
Kichik guruhlar psixologiyasiga (mehnat, ilmiy, pedagogik, jamoalar): sizning
fikringizcha guruhga rahbarlik qilishning qaysi usulubi eng keng tarqalgan (ikki mumkin bo'lgan
uslubdan birini tanlang):
SAVOLLAR