100
tushuntirish metodikasi, unda ikkala usulga ham tarixiy yondashishni ifoda etsada, lekin juda
kam qo'llanilishi mumkin, chunki «psixologiya» predmetining tushunchasini hozirgi holatini
ko'rsatadi. Shu sababli psixologiya predmetiga zamonaviy mualliflarning nuqtayi nazarlari
nimalarda farq qilishini ko'rib chiqish mumkin. Agarda ularni yaxshilab o'rganib chiqilsa, unda
ularni umuman va yaxlit olganda bir xil bo'lib chiqadi, chunki predmetning umumiy falsafiy
tushunchasini takrorlaydilar. Shunday qilib hamma mualliflar psixologiya bu psixika haqidagi
fandir yoki boshqacha aytadigan bo'lsak psixika barchasi uchun ilmiy psixologiyaning o'rganish
predmeti hisoblanadi. Shu bilan birga psixikaning o'zi obyektiv haqiqatning (aks ettirilishi)
ko'rinishi sifatida qaralmaydi. Ammo boshqa qarashlar ham mavjud bu P.Ya.Galperinning
nuqtayi nazari bo'lib, u psixologiya fanining predmeti butun psixika hisoblanmaydi deb
ta'kidlaydi, chunki uni psixologiyadan tashqari boshqa fanlar ham o'rganadi.
Psixika obyektiv dunyoni psixik aks ettirish va ongning turmush bilan munosabatlarini
falsafa fani o'rganadi. Kasalliklarda psixikani tibbiyot fanlari o'rganadi, psixikaning biologik
asoslarini oliy nerv faoliyati fiziologiyasi o'rganadi. Alohida psixik jarayonlarni har tomonlama
bir vaqtda bir necha fanlar o'rganadi. Misol uchun, fikrlashni psixologiyada o'rganishdan
tashqari ya'ni idrok etish, mantiq, kibernetika, tarix, pedagogika, etika va estetika fani hamda
o'qitish metodikasi (evristika) fanlari o'rganadilar. Nutqni psixologiyadan tashqari pedagogika
fiziologiya, lingvistika, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi kabi boshqa fanlar ham o'rganadilar va
har bir fan albatta psixik hodisalarning qaysidir birining aniq bir tomoni bilan qiziqadi.
Psixologiya agarda butun psixikani o'rganmasa, uning qaysi aspektlarini o'rganadi? P.Ya.
Galperin psixologiyaning predmeti subyektning taxminiy yo'naltiruvchi faoliyati hisoblanadi
degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oya u ishlab chiqqan va keng tarqalgan aqliy harakatlarining
bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasining metodologik asosi bo'lib qoladi.
P.Ya.Galperin o'z tezisini mana shunday asoslab beradi.
Birinchidan, psixikaning
vazifasi oddiy qiziqish jonivorning vaziyat bilan tanishishdan yoki alohida obyektning ozuqa
izlashidan tortib (I.P.Pavlov bo'yicha, «bu nima refleksi») va insonning nazariy ijodiy faoliyati
bilan subyektning turh hayotiy vaziyatlarda yo'l topishi demakdir.