UMUMIYPSIXOLOGIYANIO'QITISHNINGMETODIKXUSUSIYATLARI




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

13-mavzu.UMUMIYPSIXOLOGIYANIO'QITISHNINGMETODIKXUSUSIYATLARI 
REJA: 
1. 
Umumiy psixologiya fani baxsi va ahamiyati. 
2. 
Umumiy psixologiya fanini o’qitishda yangi metodlardan foydalanish. 
Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabalar tomonidan psixik faoliyatning 
umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi. Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar 
ularning psixologiyadagi amaliy baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni 
o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini 
o'zlashtirish talabaga undan awal qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay 
darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga 
imkon beradi. 
Umumiy psixologiyani o'rganish psixologiya tizimidagi boshqa o'quv kurslarini 
o'zlashtirishda metodologik ahamiyatga ega, chunki umumiy bilimlarsiz xususiyatlarni tushunib 
olish mlimkin emas. Bundan kelib chiqib, ma'ruza o'qishda va adabiyotlar bilan talabalarning 
mustaqil ishlarini tashkil etishda talaba uchun har bir yangi ilmiy qoidani hayotda kuzatiladigan 
psixologik hodisalar bilan tushuntirish, balki ular ishlarini qanday tushuntirilganligi va 
zamonaviy umumiy psixologiyada qanday tushuntirilishi bilan ham taqqoslash zarur 
hisoblanadi. Ma'ruza mavzulari fanning rang-barangligi, bo'limlar mazmunida psixologiyaning 
asosiy muammolarini to'planishi, bir-biri bilan bog'liq tushunchalar tizimi sifatida bayon etilishi 
mumkin bo'lishi uchun bir nechta katta bo'limlarga jamlanganligi maqsadga muvofiq bo'lardi. 
Shunga muvofiq amaliy va semenar mashg'ulotlaridan kiritilishi mumkin bo'lgan tafsilotlari 
haqida ma'ruzalarda batafsil gapirib o'tish kerak bo'lmaydi. Misol uchun idrok etish psixik 
jarayonlarning har biriga batafsil tavsifnoma berib o'tish zaruriyati bo'lmaydi, lekin ularning 
faoliyati davomida ular o'rtasidagi o'zaro aloqalar va bog'liqliklariga talabalarni e'tiborini 
qaratish ularning vazifalarini ko'rsatish kerak. Keyingi seminar laboratoriyalar, amaliy ishlari 
davomida ular faqatgina nazariy emas, balki amaliy tajriba orqali chuqur o'rganish mumkin 
bo'ladi. 
Shu bilan birga auditoriyada talabalarning kasbiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. 
Misol uchun, pedagogika oliy o'quv yurtining matematika fakultetida o'quvchilarning matematik 
qobiliyatlari borasida nazariy asoslarini chuqurroq o'rganish va bo'lajak o'qituvchilarni bolalarda 


97 
matematik qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish metodikasi bilan qurollantirishi mumkin 
bo'ladi. 
Beriladigan soatlar soniga qarab ma'ruza kurslar bo'yicha turli variantlarda bo'limlarga 
ajratilgan bo'lishi mumkin. Masalan, umumiy psixologiyaning hamma muammolari beshta, 
oltita yoki yetita ma'ruza bo'limlarga ajratilgan bo'lishi mumkin. Bu berilgan soatlar soni va 
o'qituvchining fikriga bog'liq bo'ladi. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UMUMIYPSIXOLOGIYANIO'QITISHNINGMETODIKXUSUSIYATLARI

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish