O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

Uchinchidan, seminar mashg'ulotlarida, munozaralarda qo'llash imkonini beradi. 
Seminar mashg'uloti uchun topshiriq va savollar: 
Odamlar qadimgi davrlardayoq hayotining muammolari bilan qiziqqanlar, u hozirgi 
kunda psixik holat sifatida ma'lumdir. Lekin uni sodda tushuntirganlar. Masalan, ibtidoiy 
jamiyatda jon faqatgina insonda emas, balki jonivorlarda, o'simlildar, buyumlarda ham bor deb 
tasavvur qilingan. Shu bilan birga bu jon «tanadan» mustaqil mavjud bo'ladi deb tushunilgan 
(psixikaga animizim, : jon va tana parallel va bir-biriga bog'liq bo'lmay mavjud bo'ladi). 
Mazkur natijalar asosida bunday qarashlar yuzaga kelgan, ular qanday kuzatishlarga asoslangan? 
Nima uchun ular ba'zi zamonaviy diniy e'tiqodlarda majburiy element ko'rinishida hozirgi 
paytgacha mavjuddir? 
Eramizdan awal V—VII asrlar naturfalsafasi vakillari (Fomas Anakseman Geraqlit) 
animizmni yengib aniq yangi ta'limot geologizmni yaratdilar. Jon butun materiyada mavjud ya'ni 
jon endi materiyaning mustaqil ikkinchi qismi emas, balki uning ajralmas qismi «jonli materiya» 
deb tushunildi. Buning mazmunini tushuntiring. 
Nima uchun naturfaylasuflarining geologizmi ulardan keyingi kelgan atomistlarni 
qoniqtiradi, eramizning V asrlarida faylasuf materialistlar — Demokrit, Epikur, Lukresiy ular 
natur faylasuflari g'oyalarini yanada rivojlantirib jonga «tanani jonlantiruvchi» organ sifatida 
qo’shib talqin qiladilar, organ jonni boshqaradi yoki boshqacha aytganda aql jon va qalb tana 
organlari kichik sharsimon eng harakatchan atomlardan tashkil topadi. Atomist olimlarning 
ta'limotidan psixologik dunyoqarashlarning rivojlanishida ilgari qo'yilgan qadamlar nimadan 
iborat va nima uchun siz bunday deb hisoblaysiz? 
Psixikani tushuntirishda atomistlar birinchi ulkan muvaf- faqiyatlarga erishdilar 
psixikaning fizikaga bog'liqligini uning anatom - fizologik jarayonlari (materializm) qonunlariga 
bo'ysinishini ko'rsatadilar. Ularning ta'limotlarining qarama-qarshiligi shu vaziyatda psixika 
orqali ko'pgina narsalarni tushuntirib bo'lmasligidir. Misol uchun abstrakt fikrlash shaxsning 
ma'naviylik sharoitini, hulqini majburiy boshqarish, maqsadni tanlash va shu kabilar. Nima 


91 
uchun atomistlar qarashlari o'rniga idealizimning vujudga kelganini tushuntirib bering 
(eramizdan awalgi 428—348-yillarda Platon) Idealizimning yuzaga kelishi psixologik 
tasavvurlar rivojlanishini ilgari bosqichi tomonidan belgilab qo'yilganini isbotlang? 
Jon va tana nisbatlariga Aristotel nima yangilik kiritganini tushuntirib bering? Aristotel 
Platonning dualizmini yo'qotdi deb aytishi mumkin? 
Psixologik qarashlarni idealistik yoki materialistik yo'nalishlarda rivojlanishining kelajak 
nuqtayi nazaridan bilimlarning «psixika» ichida differinsiallanishi boshlanishini (Galen 
eramizdan awal II asr) siz qanday baholaysiz? 
Ongni idealistik talqin qilish (E.av. III-V asrlar Platon Avgustin) va uning 
introspeksiyaning psixologiya metodi sifatida yuzaga kelishi bilan aloqasi, zamonaviy 
psixologiyada psixik hodisalarni o'rganish interospektiv metodining ko'rinishlari bormi? (agarda 
bor bo'lsa misol keltiring, agarda yo'q bo'lsa, qanday qilib uning noobyektiv metod sharoitida 
umuman yo'qligini nima bilan tasdiqlaymiz?) 
R.Dekartning (1556—1650) psixikaning reflektorli tabiatini kashf etishi, bu kashfiyotning 
inqilobiy xarakteri nimadan iborat? O'zining reflektor sxemasini butun psixikaga tarqata olmay 
Dekart nimalarni awalgi holatlarida qoldiradi? 
Dekartning refleks haqidagi materialistik ta'limot muammolari nima uchun materialistlar 
Gobbs (1588—1679) va Spinozalar (1632—1677) tomonidan tan olindi. Dekartning qarashlarida 
nimalar idealistik edi? 
Psixologiyada determinizm prinsipini e'lon qilinishi va himoya qilinishida Gobbs va 
Spinozalarning xizmatlari ularning ruhiy hodisalarni tushuntirishda mexaniq qonunlarni 
qo'llashlarini qanday baholash mumkin, psixikani ilmiy qarashlar rivojlanishida o'sishi 
taraqqiyot sifatida yoki uni ortga suruvchi sifatidami? 
Leybnis (1646-1716) psixikada ongsizlik tushunchasini ilgari surdi (persepsiya - qabul 
qilish, appersepsiya — idrok, qabul qilish) va idealistik qarash hisoblanib, borliq ko'plab 
ruhlardan tashkil topgan deb hisoblanadi. Shunga qaramasdan aynan idealistik holatlarda ilmiy 
psixologiya ko'plab yangiliklarni kiritdi. Nima uchun materialistlardan ko'ra, ko'proq uni amalga 
oshirish nasib etdi? 
Fanda va hayotda XVII— XVIII asrlarda hukmronlik qilgan ratsionalizm ikkinchi 
o'ringa tushib, birinchi o'ringa sensualizm va empirizm chiqib keladi. Bu XVIII asrda ilg'or 
mamlakatlarda ishlab chiqarish inqilobining rivojlanishi bilan bog'liq edi. Agarda u 
psixologiyaga ham ta'sir ko'rsatgan bo'lsa, siz bu bog'liqlikni qanday tushunasiz? 


92 
Nima uchun Djon Lokkni (1632—1704) empirik psixologiya- sining yaratuvchisi deb 
hisoblash qabul qilingan? Empirik psixologiyaning mazmuni va uning rivojlanishiga asos solgan 
Dj.Lokkning asosiy g'oyalari nimalardan iborat? Dj.Lokkda dualizm nimada namoyon bo'ldi? 
Dj.Lokkdan keyin psixologik qarashiarning rivojlanishi ikki yo'nalishdan iborat bo'ladi ya'ni 
idealistik va materialistik shu bilan birga ikki yo'nahshning vakillari ham Dj.Lokkning 
g'oyalariga tayanadi. 
Materialistlar Gartli (1705-1757), Didro (1773-1784) va Dj. Berkli (1685—1783) 
boshchihgidagi ideahstlarning qarashlarida ularning g'oyalari Dj. Lokning g'oyalarining 
mantiqiy davomi ekanini ko'rsatib bering?
Nima uchun Dj. Lokk ta'limotining ikkiga ajralishi sababini tushutiring? 
Refleksiya haqidagi Dj.Lokkning fikri va hamma bilimlar tajribadan kelib chiqishiga 
o'zining qarashlari bilan qarama-qarshi chiqishining qanday tushuntirish mumkin va u 
psixologiyaning Dj.Lokkdan keyingi rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatdi? 
Assotsiatsiya qonunini psixologiyaning asosiy qonuni deb tan olinishi va assotsianizmni 
hukmron psixologik yo'nalishi sifatida paydo bo'lishi? 
Assotsiatsiya qonunini materialistik Gartli, idealistik Berkli va boshqalar tomonidan talqin 
etilishi zamonaviy psixologiyada psixik hayotdagi assotsiatsiya qonunining rivojlanish o'rni 
haqida nimalarni bilasiz? 
Assotsianistlarning fikricha butun psixik hayotning boshlang'ich nuqtasi, tashqi ta'sir 
ko'rsatish hisoblanadi degan g'oyalarga qarama- qarshi, shu vaqtning o'zida qobiliyatlar haqidagi 
ta'limot ham rivojlanadi. Qobiliyatlar assotsiatsiyalardan kehb chiqmaydi va ularga aylanmaydi 
ular psixikaga ichki o'ziga xoslikka ega ya'ni tashqi ta'sirlardan qat'i nazar uning tug'ma 
xususiyatini tashkil etadi. Ana shu ikki nuqtayi nazarlarda psixikaning kelib chiqishiga doir 
zamonaviy qarashlarga sizning fikringiz qanday? (Xususan, qobiliyatlar masalasiga ham). 
Psixikaning faoliyati, vazifasi haqidagi ta'limotning rivojlanishi (XVIII—XIX asrlar) 
fiziologiyada o'sha paytlarda psixikaning (refleks) mexaniq harakatlar bilan mos kelmasligi 
haqidagi yuzaga kelayotgan tasavvurlarni toidirgan holda his etish va harakatlantirish 
nervlarining o'rtasidagi farqlarning ochilishi (I.Belli va F.Majandi) nimalardan iborat? 
Refleksfalsafiytushunchadantajribalarbilantasdiqlanganmoddiy biologic faktgaaylandi; 
sezuvchinervlargata'siretishnervi 
impulse 
nervmarkazigaorqamiya, 
undano'tibharakatlarnervibo'yichamuskullargayoyshakligaegarefleksningyo'lianashundaybo'lishi
mumkinmi? (Reflektor yoyi). 


93 
Anashuma'lumotlarbilanorganizmgaxosikkidarajaliharakatlarbeixtiyoriy 
(ongli) 
vaixtiyorsiz (ongsiz) ravishdagiharakatlarhaqidaXIX asr birinchi yarmidagi fiziologiyada 
umumiy qabul qilingan tasavvurlarni asoslab bering. 
16. Psixologik bilimlarda qarama qarshiliklar ham mavjud edi. Bir tomondan psixikada 
hamma narsa refleks bilan tushuntirish ya'ni tashqi ta'sir ko'rsatish va unga javob qaytarishi 
sifatida, lekin boshqa tomondan faqatgina insonning emas balki jonivorlarning ham turli 
sharoitlarga o'z xulqlarini moslashtirish qobiliyati faol maqsadga muvofiq harakatlarni refleks 
bilan tushuntirish mumkin emas edi. 
Assotsiatsiya tushunchasi ham nervlarning mexaniq bog'liqliklari yangi sharoitlarga 
moslashishi, oldindan ko'ra bilishi va shu kabi murakkab harakatlarni tushuntirib bera olmas 
edi. 
I.M.Sechenov (1829—1903) o'zining «Bosh miya refleksiari» asarida (1863) «ongli va 
ongsiz hayotning hamma hodisalari kelib chiqishi bo'yicha refleks demakdir» deb isbotlab, ana 
shu qarama- qarshilikdan chiqish yo'lini topadi. Uning tanlangan falsafiy va psixologik asarlari 
to'plamiga qarang (M. 1947, 176-bet). 
Talabalarga savollar I.M.Sechenov psixologiyaga nima yangilik kiritganligini ko'rsatib 
bering: 
a) refleks tushunchasi;
b) psixika va ong o'rtasidagi nisbatlar tushunchasi; 
d) psixika miya vazifasi sifatidagi tushunchasi;
e) bilish jarayonlarining moslashtirish hodisasini ta'minlash bo'yicha boshqaruv harakati 
sifatidagi rolini tushunish;
f) miyaning maxsus bo'limlarida tashqi dunyo haqidagi ma'lumotlarni saqlanishi va 
qayta ishlash refleks bo'g'ini sifatida miyani tushunish. 
I.P.Pavlov (1849—1936) I.M.Sechenovning nazariy xulosalariga tayanib, jonivorlarning 
odamning ham tashqi muhit bilan o'zaro aloqalarini miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatini 
kashf etdi shuningdek, u ikkinchi signallar tizimi haqidagi ta'limot deb ataldi. Shartli refleks 
tushunchasining mazmuni nimadan iborat? I va II signallar tizimining mohiyati? Bu psixika va 
refleks tushunchalarining mazmuni qanday qilib ilgari qarashlar bilan o'zaro munosabatlarda 
bo'ladi? 


94 
XX asrga kelib, psixologik bilimlar rivojlanishi qadimgilarining animistik 
tasavvurlaridan tortib psixika haqida obyektiv dunyoning subyektiv obrazi sifati haqidagi 
tushunchagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Qanday qilib turli davrlarda fan tomonidan ishlab 
chiqilgan faktlar oxir oqibat psixika obyektiv dunyoning subyektiv obrazi sifatida ekanligi 
haqidagi xulosaga olib kelishini, bu yo'ldagi asosiy davrlami ko'rsatib o'ting? 
XX asr boshlarida psixologiya fanida inqiroz davri boshlandi. Uning mohiyati va 
sabablari nimada ular XX asr oxiriga kelib bartaraf etildimi? 
XX asrning birinchi yarmida psixologiyaning rivojlanishi uning muammolarini ishlab 
chiqish, ilmiy asoslarini yaratish davri 
boshlanadi. Mamlakatimiz va chet ellarda ko'plab ilmiy maktablar va yo'nalishlar yuzaga keldi, 
shunga muvofiq ulardan asosiylarini ko'rsatib o'ting. 
Talabalar uchun quyidagi savollarga qisqacha ta'rif berish taqlif qilinadi. 
1. Har bir maktab psixologiyaga nima yangilik kiritdi? 
2. Ushbu yunalishdagi izlanishlarga nima sabab bo'ldi? 
3. Tadqiqotlarda psixika haqidagi ilmiy bilimlar taraqqiyotida qanday rol o'ynaydi (farazlar, 
xulosalar, kashfiyotlar). 
4. Bu xulosalarning psixologiya uchun zamonaviy ahamiyatlari qanday? 
5. Psixologiyadagi keskin o'zgarish muammosini o'rganish yuzasidan yangi maktablar va 
yo'nalishlarning paydo bo'lishi va rivojlanishini nimalarda ko'rishimiz mumkin? 
a) Bixeviorizm;
b) Geshtaltpsixologiya; 
d) Freydizm yoki psixoanaliz va nofreydizm; 
e) reaktologiya va refleksologiya; 
f) genetik psixologiya; 
g) kognitiv psixologiya; 
h) L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasi; 
i) L.S.Vigotskiy, L.Rubinshteyn, A.N.Leontevlarning faoliyat nazariyasi. 
Talabalarni mustaqil faoliyatlarini ta'minlash maqsadida quyidagi topshiriqlar 
majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
1) 
1917-yilgacha 
Rossiyada 
psixologiyani 
rivojlanishi 
tarixi 
yuzasidan 
fikr 
mulohazalarinigizni yozma tarzda bayon qiling? 


95 
Hozirgi davrda Rossiyada rivojlanayotgan zamonaviy psixologiyaning asosiy 
sohalarini aytib bering. Ular tomonidan ilmiy psixologiya rivojlanishi borasida qanday 
yangiliklarni kiritganligini ko'rsatib bering? 
Quyidagi masalalar bo'yicha o'zingiz uchun umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga 
harakat qiling. 
Psixologiya tarixini o'rganishda bo'lajak psixolog sifatida qanday amaliy bilimlarini 
qo'lga kiritdingiz? 
Psixologiya tarixi fanining o'qitilishida qaysi muammolar adabiyotlarda siz uchun 
yetarlicha o'rganilgan ayrim mavzularning mazmuni to'la ochib berilmagan va shuning uchun 
talabalarga unchalik tushunarli emasdek tuyuladi: balki bu muammolarni hal etish fan tarixida 
qanday o'rin egallaganligi yoki hozirgi davrda bu qanday ahamiyat kasb etishini aniqlash bilan 
bog'liqdir. 
Quyidagi muammolarni ishlab chiqishda qaysi ilmiy maktablar yoki olimning xizmati 
ahamiyatli bo'lganligini aytib bera olasizmi? 
Nerv sistemasining reflektorlik faoliyati psixik faoliyatning asosiy fiziologik sharti: 
— 
ongsizlik va uning onglilik bilan nisbatlari; 
— 
insonning psixik rivojlanishining madaniy-tarixiy konsepsiyalari; 
— 
faoliyat nazariyasi. 
Tinglaganma'ruzalaringizvao'qibchiqqanadabiyotlaringizasosidaquyidagiko'rsatilganasosi
ytushunchalardanbirortasiilmiymazmuniniasta-
sekino'zgarishinitahlilqihshasosidapsixologiyafanirivojlanishiningtarixiyjarayondaginazariyqara
shlarinio'zgaribborishinio'ztushunchangizorqalibayonqilibbering; 
obraz, 
sabab, 
refleks, 
shaxsharakat 
(faoliyat), 
psixika, 
ongkeltirilgantopshiriqlartartibipsixologiyatarixibo'yichaadabiyotlarnitalabalargahardoimyetish
masligibufanbo'yichadarsliklarniumumanyo'qliginihisobgaolibtuzilgan. 
O'ylaymizki mazkur savol-topshiriqlar psixologiya tarixining asosiy muammolarini 
ma'ruzalarda bayon etish va seminar mashg'ulotlarida muhokama qilishda o'qituvchiga eng qisqa 
va samarali yo'llarni tanlashga yordam beradi. 


96 

Download 0,99 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish