82
11- mavzu.
PSIXOLOGIYAFANIDANBILIMLARNIBAXOLASHTIPLARI
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan
meyoriy hujjatlar.
2. Psixologiya fanlaridan bilimlarni baholash tiplari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11
iyundagi
204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting
tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi
orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
Joriy nazorat (JN);
Oraliq nazorat (ON);
Yakuniy nazorat (YaN).
Psihologiya o’qitish metodikasi fani bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish
ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha
taqsimlanadi:
Joriy nazorat - 35 ball;
Oraliq nazorat – 35 ball;
Yakuniy nazorat – 30 ball.
Joriy nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha
talabaning
adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, amaliy
jadval va topshiriqlarni echishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish
nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha
nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda
talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish
mahorati va qobiliyati
aniqlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi
83
davrada fanning 1-4 mavzularini qamrab olgan qismi bo‘yicha 0-17 ball doirasida, ikkinchi
davrada fanning 5-8 mavzularini qamrab olgan qismi 0-18 ball doirasida baholanadi.
Oraliq
nazoratda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma’ruzalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki,
yozma ish, test o‘tkazish usullari va talabaning mustaqil ishi nazarda to’tilgan holda baholanadi.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‘plangan va uzrli sabablarga ko‘ra
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat
turigacha, so‘nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan
muddat beriladi.
Yakuniy nazorat semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy
nazoratda talabaning bilim,
ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni
doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil echish,
suhbat, yozma ish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya’ni 39 ball
saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy (JN) va oraliq nazorat (ON) turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori balni to‘plagan
talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga
yo‘l qo‘yiladi.
Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq (ON) nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari
ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa
yoki semestr yakunida joriy,
oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u
akademik qarzdor deb hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy
muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani
tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Reyting
nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan
maksimall ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar
fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi.