O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/75
Sana05.12.2023
Hajmi0,99 Mb.
#111433
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi (1)

 


76 
 
 
10-mavzu. PSIXOLOGIYA BILIMLARINI NAZORAT QILISH VA ALOQALARINI 
TASHKIL ETISH. 
Reja:
1. Psixologiya fanlarini o’qitishda “nazorat” tushunchasi 
2. Bilimlarni nazorat qilish 
 
«Nazorat» atamasini qo’llashga pedagogik o'quv jarayonida va pedagogik psixologiyada 
turlicha yondashiladi. Pedagogika nazariyasida va pedagogik amaliyotda «nazorat» atamasi 
«keng» va «tor» ma'noda uchraydi. «Keng ma'noda» nimadir tekshirish, «tor ma'noda» esa, 
kibernetika ruhiyatidadan kelib chiqib, «o'z-o'zini boshqarish uchun xarakterli bo'lgan teskari 
aloqa tamoyilidir», «Pedagogika» o'quv qo'llanmasida bu tushuncha yuqoridagidek izohlanadi. 
Bundan kelib chiqadiki, «o'quvchilarning o'quv mashg'ulotlarini nazorat qilish tashqi teskari 
aloqani va ichki teskari aloqani ta'minlaydi». «Tashqi teskari aloqa» tushunarli bo'lib: bu o'quv 
materialining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini tekshirish degani (nazorat-so'rovlar, yozma 
ishlar, imtihonlar va h.k.), bularni barchasini o'qituvchi tashkillashtiradi. «Ichki teskari aloqada» 
esa, «o'zgacha» — o'quvchining o'z-o'zini tekshirishi, bu haqida bir nechta umumiy so'zlar, 
ulardan o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarishida «teskari aloqa»ning «ichki» xarakterini nimadan 
tarkib topganini tushunish mumkin. Bu ham baribir «mashinali» yoki «mashinasiz» dasturlash 
vositalarini qo'llash orqali o'qituvchi yordamida tashkilashtiriladi. «O'z-o'zini nazorat qilish» 
atamasini qo'llash orqali muallif, o'quvchilar aniq savol yoki masalalarda o'zini tekshirayotib 
o'zlarining qay me'yorda materialni o'zlashtirganlarini tekshiradilar. Boshqacha qilib aytganda, 
ular o'z-o'zlarini tekshiradilar va baholaydilar. Bu esa amaliyotdan ma'lum bo'lganidek, 
o'qituvchi yoki muallif tomonidan o'z-o'zini tekshirish savollar bo'yicha amalga oshiriladi. Bu 
ham tarkibi bo'yicha «tashqi nazorat»ga kiradi. 
Pedagogik psixologiyada «nazorat» tushunchasi birmuncha o'zga ma'noda — «o'quv 
jarayoni»dek - qoilaniladi. O'quvchilarning o'quv mashg'ulotlari jarayoni va uning tarkibiy 
elementi sifatida kiradi. Nazorat — o'quv mashg'ulotining so'nggi natijasi bo'yicha o'zlashtirish 
sifatini tekshirish kabi emas, balki o'quvchining o'z aqliy jarayonlarini uning tarkibi va tavsifi 


77 
(prinsiplari, qonuniyatlari, qoidalari) bo'yicha o'qilayotgan o'quv topshiriqlarining to'g'ri 
bajarihshi uchun mo'ljalli asosdek xizmat qiluvchi nazariya kabi amalga oshiriladi. 
Bilimlarni o'zlashtirish jarayonini boshqarish mexanizmi haqida gapirilganda, 
N.F.Talzina nazoratni uning sozlashdagi zaruriy tarkibiy elementi sifatida qaraydi. Agar 
boshqarilayotgan jarayoh mavzusi bilan hamjihatlikda boradigan (yoki dasturli o'qitish uchun — 
dastur) bo'lsa, unda hech qanday korreksiya talab qiladigan qo'shimcha harakatlarni yuzaga 
keltirmaydi. Biroq jarayonning qandaydir dasturdan chekinishini ko'rish bilanoq, pedagog uning 
chekinishi xarakteri haqidagi teskari aloqa jadvali bo'yicha tushayotgan ma'lumotlarni qo'llab, 
darhol, talab etilgan sohaga yo'naltirilgan holda o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish bo'yicha 
tadbirlarni qo'llaydi. Bu sozlovchi harakatda, teskari aloqa nazorat kanalidek chiqadi, ular 
pedagogik jarayonning oxirini kutib o'tirmasdan, jarayonning borishi haqida ma'lumotlarni 
oladi, bu esa unga darrov ta'sir o'tkazadi. O'quv mashg'ulotlarining borishi bo'yicha nazorati va 
korreksiyasi — mana shu nazoratning tushunilishida nimalar muhim, agarda o'quv 
mashg'ulotlari tugagan bo'lsa, endi aralashishning iloji yo'q. Agar o'quv jarayonning natijasi 
shunday bo'lsa, inson o'zlashtira olmagan yoki dasturni yomon o'zlashtirgani, faqatgina jarayon 
oxirida bo'ladi, bunda esa endi uni to'g'rilashga imkoniyat bo'lmaydi. 
Teskari aloqani o'quv jarayonida qoilanilishi quyidagi ikki muammo yechimini o'z ichiga 
oladi. Birinchidan, tomondan o'qitish maqsadida, boshqa tomondan esa o'qitishning psixologik 
nazariyasi asosida nazorat ostidagilar tavsifnomasi majmo’yini ajratib ko'rsatadi. Buni esa 
o'qituvchi dasturlar tuzishda asos qilib oladi. Umumiy qoida quyidagilardan tashkil topadi ya'ni 
mustaqil tavsifnoma nazoratga olinadi, ularning tarkibiy o'zgarishi bir sifat holatidan boshqasiga 
o'tishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, teskari aloqaning chastotasi (orahg'i)ni aniqlash, kuzatuvchining teskari 
aloqa deb nomlagani mukammal deb hisoblanadi. O'quv jarayoniga ushbu holatni mexaniq 
tarzda olib o'tish samarali chiqmagan. Buning sababi quyidagicha izohlanadi; nazorat o'quv 
jarayonida faqatgina teskari aloqa funksiyasini bajaribgina qolmay, balki mustahkamlash 
funksiyasini ham bajaradi. U o'quvchining motivatsion muhiti bilan ham shuningdek bog'liqdir. 
V.V.Davidov nazoratni o'quv mashg'ulotidek ko'rib, uning ostida boshqa o'quv 
mashg'ulotlarining o'quv masalalari va shart-sharoiti talablariga mosligini aniqlashdir. Nazorat 
o'quvchiga harakatlarning uslubiy tarkibini o'zgartirib, olinayotgan natija va yechilayotgan 
masala sharoitlari xususiyatlarining u yoki bunisi bilan uning aloqasini aniqlashga imkon beradi. 


78 
Shuning natijasida nazorat harakatlarining operatsion tarkibi va ularning bajarilishi to'g'riligi 
kerakli hajmini ta'minlaydi. 
Nazorat, uni bajarish sharoitlarining operatsion harakatlar tarkibiga mosligini aniqlashga 
imkon berib, tarkibsiz reflekslarga asoslanadi. Tarkibiy refleksiyani inson tomonidan shaxsiy 
harakatlari asosida ko'rib chiqish va izlash bilan bog'liq. 
Shu tariqa psixologik nuqtayi nazarda talabaning o'quv faoliyati deganda — o'z-o'zining 
nazorati, o'zining o'quv faoliyati borasida aniqligini ta'minlovchi spetsifik o'quv faoliyati shakli 
tushuniladi. 
O'z-o'zini nazorat qilishning pedagogik tushunchasi esa, o'quv faoliyatini vaqti-vaqti 
bilan tekshirib, borishni emas, balki o'zlashtirish natijalari bo'yicha o'quvchi tomonidan 
tashkillashtirilgan o'quv faoliyatidir. 
Hozir esa, biz o'z-o'zini nazorat qilishning o'z-o'zini boshqarishga asoslangan o'qitish 
uslubi va talabaning o'quv faoliyati sifatida qaramoqdamiz. Bundan kelib chiqib, birinchi kurs 
talabasining (iloji boricha tezroq, shaxsiy o'quv faoliyatini shunday to'g'ri va aniq tashkil etishi 
kerakki, unda o'quv materiali uni o'zlashtirish davomida zudlik bilan,. kechiktirmay 
o'zlashtirilsin. Demak, bir necha kun tayyorlanib va darhol, bir urinishda o'qilgan dasturlar 
bo'yicha javob bermaslik uchun, imtihon sessiyasi kelishini kutib o'tirmasdan, hech narsani 
orqaga surmaslik, o'zlashtirilmagan ma'ruza matnlari va o'qilmagan ilmiy matnlar va o'quv 
adabiyotlarni to'plamaslik kerak. Afsuski, ko'p birinchi kurs talabalari bunday yo'l to’tishmaydi. 
Talabalarning bunday ish uslubi oldindan ma'lum: bilimlari sayoz, parchalangan, hayot va 
amaliyot bilan kam bog'langan, isbotlanmagan, uzuq-yuluq, shuning uchun ko'pi uno’tilgan 
esdagilari ham bir-biri bilan, mantiqiy bog lanmagan, o'zlashtirilmagan qisqasi, fan predmeti 
bo'yicha ilmiy topshiriqlarning butunligi, ahamiyati uzviy bog'liq holatdek tushunilmasdan esda 
olib qolingan. 
Birinchi kundanoq talabaning psixologik ritm bo'yicha, kunma- kun, yangi ilmiy 
ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun o'quv faoliyatining nazoratiga uni o'rgatish lozim, bu 
pedagogika va uslubiyoti tili bo'yicha o'z-o'zini nazorat qilish deb atash mumkin. 
Yuqorida ta'kidlanganidek nazoratga o'rgatish berilgan muammo bo'yicha maxsus o'quv 
mashg'ulotlarini anglatishi lozim emas. Balki o'quv faoliyati shart-sharoitlaridan kelib chiqib 
belgilanishi lozim. O'quv faoliyati quyidagicha tashkillashtiriladi: talaba o'quv topshiriqlarini 
bajarish jarayonida, uni yechish bo'yicha barcha fikriy operatsiyalarini qadamma-qadam nazorat 


79 
qilib, o'rganilayotgan nazariyaga aynan mos ravishda bajarilsin, faqatgina shu sharoitda u 
istalgan natijaga erisha oladi. 
Nazoratning o'quv faoliyatiga o'rgatish bo'yicha alohida tashkillashtirilgan mashg'ulotlari 
odatda, o'tkazilmaydi, chunki belgilangan faoliyatiga o'qitish jarayonining o'zi darslar davomida 
amalga oshiriladi. Bir vaqtning o'zida topshiriqning shartlarini o'ylab chiqish, tahlil qilish va 
talabalarni baholash, yechimlarini rejalashtirish va qabul qilish bo'yicha boshqa o'quv faoliyatini 
birgalikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Biroq, o'quv faoliyatlari o'qituvchi tomonidan 
shunday tashkillashtirilishi kerakki, uni amalga oshirilishi jarayonida o'quvchining qanday qilib 
o'rganilayotgan nazariyaning me'yorlari, qoidalari, qonunlari va boshqa talablarini qo'llashiga 
butunlay bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, uning echimi 
aniqligi shu talablarga rioya etishga bog'liq bo'lsin. 
Psixologik nazariyani o'qishda ham boshqa nazariyalarda boigani kabi, talabalar 
psixologik faktlarni tekshirish va bilishga mo'ljallangan mashqlarni yechishda ulardan 
foydalansin. Masalan, psixologik faoliyat tushunchasini o'zlashtirish uchun talabalarga berilgan 
o'quv topshiriqlariga murojaat etamiz. Quyida keltirilgan topshiriqlarni aniq va to'g'ri yechish 
uchun talaba «faoliyat» tushunchasining belgilari bilan o'zining aqliy operatsiya jarayonlarini 
doimo taqqoslashi zarur. 
Bu belgilar esa, talabalarga yozdirib boriladi: awal tushunchaning differensiasiyasi, 
so'ngra faoliyat tarkibi (motivning qandaydir talab bilan bog'liqligi, maqsadi, vositasi natijasi). 
Mana endi talaba topshiriqni bajarishda ehtiyojlar darajasiga qaraydi. Unda psixologik faoliyat 
belgilarining mavjudligi yoki yo'qhgi tahlil qilinadi. Agar mavjud bo'lsa, unda bu «faoliyatini 
tushunchasiga taalluqli, agar yo'q bo'lsa, unda bu «faoliyat» psixologik ma'noda emasligidan 
iborat. 
Yuqorida o'quv operatsiyalarini ko'rib chiqib, tahlil qilinadi. Talaba o'quv topshiriqlarini 
doimiy nazariyaga asoslanib yechadi, hal qiladi, ularning bajarilish jarayonini esa (faoliyat 
tushunchasi) mana shunday nazorat qilishdir. E.AKomilova tadqiqotlarida ushbu tushunchaga 
misollar talaygina. 
Shunday qilib, quyida keltirilgan misollar faoliyat tushunchasini mazmunan ochib bera 
oladimi? 
1. Charchagan musofir, oyoqlariga dam berish uchun, to'nka ustiga o'tirdi. 


80 
2. Mendeleyevning hozirgi kunda «Elementlarning davriy sistemasi» nomi bilan tanilgan, 
kimyoviy elementlar jadvali tushiga kirgan o'sha jadvalni u 1869-yil o'zi kashf qilgan holda 
qonun yaratgan edi. Jadval uning tushida ko'ringanligi faoliyat bo'la oladimi? 
3. Talaba ma'ruzani ma'nosiga tushunmasdan, tarkibini to'liq o'zlashtirmasdan, tez yozayapti. 
U faoliyat bilan bandmi? 
4. O'quvchi she'r yodlayapti, ikkinchisi esa allaqachon yodlagan va hozir jim o'z o'rtog'ini 
eshityapti. Ikkovidan qay biri faoliyat bilan band? Yoki ikkovimi? Nima uchun? 
5. Tegirmon tarmog'i yoqildi, u ishlayapti, qoplar tez unga to'layapti. Bu yerda uchta fe'l 
mavjud. Ulardan qay biri faoliyatni anglatadi? 
6. Navbatchi muhandis tantanavor ravishda yangi gidrostansiyadagi «asosiy tarmoqni» ishga 
tushiradi va shundan so'ng mana 40 yildirki GES ishlamoqda, awal boshida elektr energiyasini 
O'zbekistonga, endilikda viloyatlarga uzatmoqda. «Ishga tushirdi» va «ishlayapti» fe'llaridan 
qay biri faohyatni anglatadi yoki ikki tushuncha ham mazmunan bir xilmi? 
7. Trenirovkada sportchining yugurishi va qonunbuzarning nazoratchidan qochishi, yugurish 
— bu yerda qaysi biri faoliyat. 
8. Ko'zini ochgan inson tepasida ayiq boshini ko'rib qo'rquvdan baqiryapti? Bu faoliyatmi? 
9. Bolalar mehmon ko’tish o'ynashyapti, dasturxon bezatilyapti, dasturxon gazetadan (ovqatli 
tarelkalar, qoshiqlar, pichoqlar, o'yinchoqli, gazeta qog'ozidan salfetkalar, «поп» va h.k.) 
«mehmonlar» (qo'g'irchoqlar)ni o'tkazishadi, darhol barchasini buzishadi (mehmon qilmasdan) 
yana boshidan ovqat pishirishadi, stol tuzatishadi, mehmonlarni o'tkazishadi va h.k. ular faoliyat 
bilan mashg'ulmi? 
10. Kutilmaganda, 
sevgan 
komandasi 
darvozasiga 
kiritilgan 
goldan 
stadiondagi 
(tomoshabinlar) muxlislarning hayqirig'i faoliyatmi? 
11. Komandir yaqinlashayotgan tankdan qo'rqib, orqaga qochayotgan askarlardan birini 
ko'rib, «To'xta, yot!» deb baqirayapti. Faoliyatmi? 
12. Yozuvchi mana yarim soatdan beri nimadir yozish uchun stol ustida o'tiribdi, lekin 
yozmayapti. Bu yerda faoliyat bormi? 
13. EHMda ma'lumot berilyapti: sizning harakatingiz xato. Bu nima faoliyatmi? 
14. Telefon tarmog'ining narigi tarafidan kimdir javob bermoqda: «Siz raqamni noto'g'ri 
terdingiz». Javob berayotgan tomonga nisbatan bu faoliyatmi? 
Ko'ribturganimizdek, 
bumisollaroddiyturmushdanolingan, 
judasodamisollardirvabundaymashqlamitayyorlasho'qituvchiuchununchalikqiyinchiliktug'dirma
ydi. 


81 
Biroqtalababusavollarningbirortasigahalito'g'rijavobberaolmaydi, 
agarqo'lostidafaoliyatningpsixologiktushunchasiilmiytarkibinishutushunchabelgilariyozilganasos
liqo'llanmasikeltirilganmashqlarningsharoitlarinibaholashvatahlilqilish, 
yechiminio'ylabtoppishvauningtushunchasinitalabaningdoimiytaqqoslashiyordamidao'rganilayot
ganbelgilariyozilganibilanularningto'g'riliginianiqlashbo'yichao'quvfaoliyatidir. Bu nazariyaning 
o'quv harakati va aynan u «faoliyat»ning psixologik ilmiy tushunchasini shakli belgisini, qayta 
o'rganishsiz, mashqlarning amaliy psixologik jihatdan faktlarda berilgan tushunchaga tegishliligi 
yoki tegishli emasligidek harakatlarni amaliy ishlash jarayonida qo'shimcha o'rganishlarsiz 
o'zlashtirishdir. Tushunchaning ilmiy tarkibini o'zlashtirish amaliy o'zlashtirish natijasida 
bajariladi, chunki uni hayotga taalluqliligini tushunish va tushunganlarni mustahkam eslab 
qolishda ro'y beradi. 
Berilgano'qishfaoliyatinitashkillashtirishgakelgandabundaistalgano'quvmaterialinibunday
tarzdao'zlashtirilishiniorqagasurishgaimtihonsessiyagachatashlamasdano'rganishbilanerishiladi. 
O'quv faoliyatining nazoratining psixologik tushunchasi yuqoridagilarda o'z aksini topadi. 

Download 0,99 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti

Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish