|
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)
|
bet | 31/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume)
Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va hokazo.
Rezyume hozirgi kunda ish qidirishda eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Maqola va uning turlari
Maqola – adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
1- topshiriq. Kasb tanlovi mavzusida esse yozing.
1- mashq. Matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling
ВЫБОР ПРОФЕССИИ
Современный список профессий содержит около 40 000 наименований. Если бы каждый день, исключая выходные и каникулы, человек слушал бы рассказ только об одной профессии, чтобы узнать обо всех, ему понадобилось бы около 185 лет. Психологи предложили простую и удобную классификацию всех 40 000 профессий. Главным признаком профессии выделяют предмет труда, то есть то, чем работает человек. По этому признаку профессии делятся на пять групп.
1. «Человек и природа». К этой группе относятся все профессии, связанные с природой. Это биологи, агрономы, цветоводы, экологи, геологи, гидрологи.
2. «Человек – техника». К этой группе относятся профессии, предметом труда которых является техника. Это токарь, шофёр, машинист, механик, строитель.
3. «Человек – человек». К ней относятся профессии, связанные с общением людей – врач, учитель, воспитатель, тренер.
4. «Человек - знаковая система». Это профессии, в которых человек имеет дело со знаками. Для математика такими знаками являются математические символы, для переводчика - родной и иностранный языки, для бухгалтера – отчёты, документация.
5. «Человек – художественный образ». Эта группа объединяет людей, создающих эстетические ценности. Это музыкант, резчик по ганчу, писатель, дизайнер.
С помощью этого разделения психологи определяют, какую профессию может выбрать человек.
Главная гарантия правильного выбора профессии – в горячем желании и серьёзном отношении к выбранной профессии.
3- topshiriq. Kasb turlari bo‘yicha klaster tuzing.
4- topshiriq. Matnni o‘qing
Pochta tarixi
Aloqa ishlarida maxsus xizmatkorlar-choparlar podshoh va mahalliy hokimlarning farmoyish va xat-xabarlarini tashiganlar.Ular hukumatdan maosh olib turganlar. Choparlarning bir guruhi oliy hukmdorlarning kechiktirib bo‘lmaydigan farmoyishlari va boshqa xabarlarini belgilangan yurtlar va odamlarga yetkazib turganlar. Xabarchilarning bu guruhi shuturpari (qanotli tuyalar) deb atalgan. Xabarchi choparlar tepasida muboshir(arabcha xushxabar tarqatuvchi) deb ataluvchi va saroyda hurmat -e’tiborga ega bo‘lgan amir turgan.
O‘tmishda xonlar va mahalliy hukmdorlar savdo karvonlaridan ham xabar /xabarchi/vositasida foydalanganlar. Savdogarlardan axborot manbai sifatida olimlar ham keng foydalanishgan.
Choparlar va savdo karvonlariga hukumat katta imtiyoz va qulayliklar yaratgan. Masalan: yo‘l ustida(bir kunlik yo‘l ustida (yomxonalar)forscha: xabarchi otlar saqlanadigan joy/va rabotlar/arabcha: karvonsaroy/qurdirilib, ularning tepasiga mahsus nazoratchilar/yomchilar, rabotbonlar/qo‘yilgan. Ularning zimmasiga choparlar, savdogarlar va elchilarga qo‘noq va oziq-ovqat berish, jo‘nab ketishlarida horigan /charchagan/ va o‘sallab qolgan ot-ulovini almashtirib berish va yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Yemxona va rabotlardan tashqari, yo‘l ustidagi qishloqlarning aholisi ham elchi va choparlarga qo‘noq va oziq-ovqat berishga majbur etilganlar.
* * *
O‘tmishdagi ko‘pgina mamlakatlarda pochtachilarga katta hurmat bilan qarashgan. Misrda xat tashuvchilarga hatto haykal qo‘yilgani ma’lum. Yunonistonda ular eng hurmatli insonlardan sanalardi.
* * *
O‘tmishda pochtachilar o‘ta rostgo‘y va tezkor bo‘lish bilan birga, og‘zaki xatni yetkazishda ham ehtiyotkor edilar. Qadimgi elatlarning pochta stansiyalari bir-biridan besh kilometr uzoqlikda joylashgan.
Ular kecha-kunduz navbatchilik qilishardi. Stansiyadagi navbatchi pochtachilar bir-birlarini gulxan yoqib xabardor qilishgan. "Xat"ni yetkazishda choparlar bir daqiqa ham to‘xtashmagan.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matnni so‘zlab bering.
3. Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing.
2- mashq. Matnni rus tiliga tarjima qiling. Kasb-hunarga oid so‘zlarni ishlatilishiga e’tibor bering.
Telefon tarixi haqida
Dunyodagi eng birinchi telefon stansiyasi 1878 yili Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-Xeben shahrida ishga tushirilgan. Rossiyada esa, dastlabki telefon stansiyalari 1882 yildan boshlab Peterburg, Moskva, Riga va Odessa kabi shaharlarda paydo bo‘la boshlagan; Toshkentda birinchi telefon aloqasi Turkiston o‘lkasi pochta-telegraf idorasi va shu idora boshlig‘ining uyi o‘rtasida o‘rnatilgan. Korxonalar va aholi foydalanishiga mo‘ljallangan, mijozlarni bir-birlari bilan ulash ishlari qo‘lda bajariladigan birinchi telefon stansiyasi 1904 yilning 7 sentabrida foydalanishga topshirilgan.
Birinchi avtomat telefon stansiyasi Shvetsiyaning "Erikson" firmasi ishlab chiqargan mashina tizimidagi ATS bo‘lib hozirgi 32/33 ATS binosida joylashgan va 1932 yilning 8 mart kuni ishga tushirilgan.
Dekadali-odimlab ishlovchi birinchi ATS 1958 yili (hozirgi 44 ATS), birinchi koordinat ATS esa, 1972 yili (hozirgi 56 ATS) ishga tushirilgan.
Nazariy ma’lumot
4- mashq. “Hayotdagi maqsadlarim va orzularim” mavzusida monologik matn tuzing.
7- topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib, monologik va dialogik matnlarni solishtiring.
|
| |