|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 33/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)3.Tadbir: qanday tadbirga taqdimot qilish uchun ketayotganingizni bilishingiz shart, biznes uchrashuvimi, konferensiyami yoki seminarmi?
4. Mavjud vaqt: sizga mo`ljallangan vaqtni oldindan tekshiring. Abzatslarni tayyorlash berilgan vaqtga bog`liq bo`ladi.
5. Boshqa notiqlar: yana boshqa notiqlarni bilib olish. Raqib tashkilotdan kimlardir bo`ladimi? Ularning tashkilotdagi lavozimi qanday? Raqiblar bo`lishi yoki bo`lmasligidan qat’i nazar ular haqida har qanday izoh berishda ehtiyotkor bo`ling.
6.Tinglovchilar: taqdimot tinglovchilarning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos bo`lishi shart. Nutqning mazmuni va ohangi tinglovchilarning tabiatiga bog`liq bo`ladi. Taqdimotda foydalangan so`zlaringizga e’tibor qarating, mos bo`lmagan hech narsaga murojaat qilmang.
Taqdimotni tuzish jarayoni quyidagi harakatlardan iborat:
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2.Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4.Slayd hajmi yo‘lchamlarin itanlash;
5.Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6.Slaydlarni ko‘rsatishda tovushl ianimatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdmotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Point da ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
A) slaydlar soni (7 – 10 ta);
V) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
S) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
D) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak;
Imidj tushunchasi reyting, obro`, mashhurlik, joziba, maftunkorlik, e’tibor, nufuz va boshqa tushunchalar bilan hamohangdir. Imidj tashqi ko`rinish, kiyinish madaniyati, urf-odatlar, faoliyat va sa’y- harakatlar, inson axloqi va o`zini tutishida, xarakterida, do`stlari va o`zaro munosabatlarida namoyon bo`ladi.
|
| |