|
TAQDIMOT NUTQI. INTERNET TILI. REKLAMA
|
bet | 32/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)TAQDIMOT NUTQI. INTERNET TILI. REKLAMA.
MAVZU:TAQDIMOT NUTQI – JAMOATCHILIK NUTQINING TURI SIFATIDA. IDORAVIY TAQDIMOT (TAQDIMOTNI TASHKILLASHTIRISH)
Reja:
Taqdimot haqida umumiy ma’lumot.
Taqdimotda vazifalar va uning tarkibiy qismlari.
Taqdimotni tuzish jarayoni.
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Taqdimot jiddiy mavzu. Uning maqsadi tinglovchilarga ma’lumot berish, tushuntirish va undash yoki o`z nuqtai nazarini taqdim etishdir. Unda mahsulot tanishtirilishi, jarayon tushuntirilishi yoki tajriba bayon etilishi mumkin. U kichik, bilimli tinglovchilarga konferensiya, seminar yoki biznes yig`ilishida yetkazib berilishi mumkin. Va tinglovchilar savollari bilan davom ettiriladi. Taqdimot malakasi notiqlik san’atida oldindan abzatslarning kirish qismini tayyorlash, format aspektda amaliyot bilan ishlov berilishi va rivojlantirilishi mumkin.moTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTTtda
Taqdimotda 4 ta vazifa bajarilishi lozim:
1. Taqdimot qilinishi kerak bo`lgan muhit haqida bilish yoki buni biz taqdimotning turli elementlari deyishimiz mumkin.
2. Matnni va ko`rgazmali qurollarni tayyorlash.
3. O`zining ko`rinishi va xatti-harakatlariga e’tibor qaratish.
4. Taqdimot qilishni mashq qilish.
Taqdimotning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. O`tkazilish joyi: agarda siz joyni bilsangiz, siz o`zingizni qulayroq his qilasiz, lekin xonani va barcha talab etilgan jihozlarni taqdimot boshlanishidan bir necha daqiqa oldin tekshirishni unutmang. Agarda tashqarida bo`lsa, siz xona, o`rindiqlar joylashuvi, notiqning o‘rni bilan tanishishga harakat qiling, ko`rgazmali qurollarni diqqat bilan tekshiring. Uning joylashuvi va yoritilishiga e’tibor qarating.
2. Tashkilotchi: tashkilotchi tashkilot nomi va undagi muhim shaxslar haqida imkoni boricha ko`p bilishga harakat qiling.
|
| |