• INTERNET MAYDONIDA KOMMUNIKATSIYA TILI. INTERNETDA VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT Reja: 1.Uslublar ,taqdimot nutqi va axborotlar tili.
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 2,06 Mb.
    bet35/74
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,06 Mb.
    #148961
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
    Bog'liq
    Akademik yozuv majmua sirtqi (2)

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :
    1.Taqdimot haqida ma’lumot bering.
    2. Taqdimot va uning turlarini izohlab bering.
    3. Taqdimot jarayonida qanday ko’rgazmali qurollardan foydalanish kerak?
    4. Multimediali taqdimotni tushuntiring.


    INTERNET MAYDONIDA KOMMUNIKATSIYA TILI. INTERNETDA VERBAL VA NOVERBAL MULOQOT
    Reja:
    1.Uslublar ,taqdimot nutqi va axborotlar tili.
    2.Internet va undan foydalanish madaniyati.
    3.Ta’lim sohasida internet texnologiyalari.
    4. Internetda verbal va noverbal muloqot.

    Ilmiy uslubning о‘ziga xos xususiyatlari. Gazeta va jurnaldan ta’lim yoki madaniyat mavzusidagi maqolani о‘qish, til xususiyatiga kо‘ra boshqa nutq uslubidan farqlanishini izohlash. Badiiy adabiyot va kundalik matbuot sahifalaridan gap bо‘laklari tartibi buzilish holatlari. Ularning uslubiy bо‘yog‘ini aniqlash.


    Internet bu - hozirgi zamon talabidagi yagona ommabop kompyuter tarmog'i hisoblanib, bizga barcha sohalarga oid noaniqlik ya'ni ongimizga mavhum bo'lgan tushunchalar haqida ochiq, oddiy va ravon ma'lumot beruvchi ahborot manbaidir.
    Tabiiyki, hozirgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan habardor etuvchi matnlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta engilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beihtiyor virtual olamga jalb etib bormoqda.
    Ayniqsa, bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahassislarning so'zlari quyidagi natijalarni isbotlamoqda: internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulay va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib keladi. Lekin qiziquvchanlik sababli Internet ahborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlari mumkin.
    bu esa izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushohada, tahlil qilish qobiliyati va hotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda.
    Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan ahborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan ahborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda. Barchamizga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud. YUqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
    Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib kelayotgan turli - tuman ahborot tehnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa-da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 2,06 Mb.