|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 55/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Mavzu yuzasidan savollar:
Yozma muloqot haqida ma’lumot bering?
Yozma kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash deganda nimalarni aytish mumkin?
4. Matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
5. Kitob haqida yana qanday maqol va hikmatli so‘zlarni bilasiz?
DASTLABKI ILMIY TADQIQOTNI YOZISH
Mavzu:DASTLABKI ILMIY TADQIQOT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Reja:
1. Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma lumot.
2. Tadqiqotning tarkibiy qismlari.
3. Ko’chirmachilikning salbiy oqibatlari.
Dastlabki ilmiy tadqiqot haqida ma’lumot
Kirishning samaradorligi maqsadni va ma’lumotning qo‘llanilish ko‘lamini kitobxonga tushuntiradi. Xulosa sarlavhada berilgan ixtiyoriy savolga javobni va asosiy punktlarning yakunini o‘zida aks ettirishi lozim. O‘qish faoliyatida, odatda, kirish ham, xulosa ham, asosiy qismdan so‘ng yoziladi.
Kirish va asosiy qism
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.
Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:
a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
b) Kerak bo‘ladigan axborot.
c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
d) Ishning maqsad va vazifalari.
e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
g) Ishingizning rejasi.
Esselarni boshlash, asosan, imtihonlarda juda qiyin bo‘ladi, ikkilanish esa qimmatli vaqtiningizni behuda sarflanishiga sabab bo‘ladi. Birinchi gaplar umumiy bo‘lishi lozim, ammo kitobxonning mavzuga diqqatini qaratishi uchun noaniqroq bo‘lishi lozim.
O‘rganish bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari va texnologiyaning taraqqiyoti natijasida, internet bilimlar almashishning muhim vositasiga aylandi.
Uzun maqolalar alohida adabiyotlar sharhiga ega bo‘lgan bir paytda, qisqa esselar uchun bu mavzu haqida tanish bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z ishini oqlaydigan ilmiy tadqiqotlarda bo‘shliqlar yaratishi mumkin:
Ko‘plab tadqiqodchilar (Veb va Kirstin, 2003; Honiga va boshqalar, 2006) sog‘liqni saqlash va biznesda elektron ta’limni baholashgan, ammo hozirgacha oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bunday ta’lim tizimiga yetarlicha e’tibor berilmagan.
Kitobxon siz nimani tushuntirmoqchiligingizni anglashi uchun o‘z tadqiqotingiz maqsadini aniq shakllantiring:
Bu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi elektron ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning tajribalarini o‘rganish edi.
Uslub – bu siz qo‘ygan maqsadga erishishni ko‘rsatuvchi jarayondir:
Avvalo, bir necha tadqiqotlar olib borildi, keyin esa 200 ta talabaning elektron
ta’lim tizimidagi tajribalarini o‘rganish uchun so‘rov o‘tkazildi.
Siz esseingizning har bir aspekti bilan alohida ish ko‘ra olmaysiz, shuning uchun o‘z ishingizni chegaralashingiz lozim:
Shu narsa aniqki, bu tadqiqot ma’lum bir chegaralar bilan cheklandi, asosan, talabani tanlash, bu farmatsevtika va qishloq xo‘jaligidagi talabalar bilan cheklangan.
Kitobxonga sizning munozaralaringizni tushuntirish uchun ishingizning tarkibiy tuzilishini tushunishingiz lozim:
Ish quyidagicha shakllangan. Birinchi bo‘lim, asosan, talabalarning tajribasi borasida chegaralarga e’tibor qaratilgan tadqiqotlarning tahlilini o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa so‘rovning metodologiyasi bilan natijalarning tahlilini o‘zida mujassamlashtiradi va oxirgisi elektron ta’lim dasturlarini olib borishning oqibatlarini qamrab oladi.
Barcha talabalarga ko‘chirmachilik (plagiat) ning ma’nosini tushunish va o‘z ishlarida buning oldini qanday olishni o‘rganish muhimdir.
Talabalar duch keladigan asosiy qiyinchilik shundaki:
a. Sitata berish orqali fanda eng muhim huquqlarni o‘qiganligini ko‘rsatish.
b. Bu g‘oyalarni shaxsi fikri orqali bayon etish va o‘zining xulosalarini berish.
Quyida nega talabalar ko‘chirmachilikdan qochishi kerakligiga bir necha sabablar berilgan:
- akademik jamiyat qoidalarini tushunishini ko‘rsatish;
- boshqalar ishini ko‘chirish rivojlanishga yordam bermasligi;
- ko‘chirmachilik o‘qituvchi va kompyuter dasturlari orqali tezda aniqlanishi;
- ko‘chirmachilik kursdan yiqilish va hatto oliy o‘quv yurtidan haydalishga olib kelishi mumkin.
Agar siz kimningdir ishidan yordam olsangiz, uni ko‘rsatishingiz kerak, siz bundan to‘g‘ri foydalanib bajargansiz. Buni amalga oshirishning 2 xil yo‘li bor:
- Qisqacha mazmun;
(Smit zamonaviy davlatlar hokimyatni o‘z qo‘lida turli xil yo‘llar bilan ushlab turganini ta’kidlab o‘tdi. )
- Qo‘shtirnoq usuli.
(Smitning fikricha, “Maqsad shuki davlat panada turishi emas, yangi hokimyat ko‘rinishlarini rivojlantirish”)
Bu sitatalar asosiy matn oxiridagi quyidagi tavsilotlarni o‘z ichiga olgan havolalar ro‘yxatiga bog‘langan.
|
| |