|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 57/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Mavzu yuzasidan savollar:
Ilmiy tadqiqotning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
Ko’chirmachilik darajalarini izohlab bering.
Ko’chirmachilik oqibatlarinimalarga olib keladi?
REFERAT MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING XUSUSIYATLARI. ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI
Mavzu:REFERAT MATNI.REFERATNING TUZILISHI VA IFODA MATERIALINING XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Referat haqida umumiy ma’lumot. Referatning tarkibiy qismlari.
2. Referatning o’ziga xoslig. Mavzuning tanlanishi, tayyotgarlik ishlari,referat rejasini tuzish.
3. Referatni yozish, adabiyotlarni rasmiylashtirish.
Referat haqida umumiy ma’lumot
Rеfеrаt- ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir.Referat – asosiymatn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi.Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozitsiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinshini, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referat ma’lum bir tuzilishga ega:
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?
Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.
Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i;
2. Reja;
3. Kirish qismi;
4. Asosiy qism;
5. Xulosa;
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
|
| |