|
Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish
|
bet | 59/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish:
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir.Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
5. To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi:
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referatning maqsad va vazifalari ifodalanadi. Titul varag‘i – ishning mavzusi, muallif va ilmiy rahbarning ism-sharifi hamda o‘quv muassasasining to‘liq nomini o‘zida aks ettirishi shart. Agar referat monografik bo’lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo’lsa), unda kirishda quyidagilar ko’rsatiladi:
muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari);
manba mavzusining qisqacha bayoni;
ishning maqsadi;
ishning ruknlari;
muallifning ustuvor yo’nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak. Referat asosiy qismining matni to’plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
6. Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish: Referatda foydalanilgan manbalarning nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.
1) O’zR qonunlari. 2) O’zR Prezidenti farmonlari. 3) O’zR Hukumati qarorlari. 4) Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar. 5) Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar. 7) Internetdan olingan axborot manbalari. Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi: muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada) bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta) sahifasi raqami.
|
| |