|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 67/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Mavzu yuzasidan savollar:
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Matn mazmunini kengaytirib so‘zlab bering.
3. Tomas Edison haqida ma’lumot tayyorlang.
MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING IMLOSI, YASALISHI VA QО‘LLANILISHI
Mavzu:MUTAXASSISLIKKA OID SО‘Z VA TERMINLARNING IMLOSI
Reja:
1. Tilning leksik qatlami.
2. Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.
3. Ijtimoiy-siyosiy leksika.
Leksikologiyada so‘zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari), turg‘un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo‘shqa shu kabi masalalar o‘rganiladi.
Tilning leksik qatlami
Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug‘aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy birliklar quyidagilar: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.
So‘zlar bir ma’noli (monosemantik) va ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘ladi. Atoqli otlar va terminlar odatda bir ma’noli bo‘ladi. Masalan: termometr, affiks, prefiks, Andijon, Samarqand, Toshkent. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi kontekstda aniqlanadi. Demak, polisemantik so‘zda so‘z bitta, ma’no ko‘p bo‘ladi.
So‘zning o‘z ma’no va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi.
So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ, bosh, atash ma’no)si sanaladi.
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qilinadigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulog‘i o‘z ma’noda, qozonning qulog‘i ko‘chma ma’noda.
Tasviriy ifodalar. Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft
Iboralar (turg‘un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan yaxlitlangan bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi- “mag‘rurlangan”, yog‘ tushsa yalagudek iborasi – “toza” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda ifodalaydi.
Termin (atama). Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan chegara belgisi, chek ma’nosini anglatadi).
|
| |