|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 70/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Terminlarning yasalishi
Morfologik usul bilan termin yasashda o’zak-negizga so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi va yangi terminlar hosil bo’ladi: Iste’molchi, tadbirkor, taqsimot.
Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlar hosil qilinadi: sifat+ot yalpi mahsulot, sof daromad, sifatdosh+ot: kechiktirilgan talab.
Semantik usul bilan termin yasashda ma’no ko’chishining metafora usuli asosiy rolni o’ynaydi: yig’ma ko’rsatkich, pul massasi, o’rmalovchi inflyatsiya.
Hozirgi bosqichda barcha sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga: asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma (ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zbek tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi) terminlar kiradi. Mana shunday tub, ya’ni noyasama terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, narx, qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, poshlina, bank va b.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Terminlarning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
Maxsus leksik qatlamlarni izohlab bering.
Terminlarning yasalishiga misollar keltiring.
1-mashq. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gap tuzing. Bu so‘zlar boshqa gapdagi shunday so‘zlarga omonim bo‘lib kelsin.
Yer, jon, soz, tush, soch, qirq, yosh, kul, oy, ot, son, sog‘, shim, toy, et, yara, bez, oq, oshiq, osh.
1- topshiriq..”Termin” so‘zi namunasiga ko‘ra “Eksponat” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5-qator) texnikasi:
1-qator - tushuncha - ot
2-qator - 2 so‘zdan iborat sifat
3-qator - 3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator - 4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator - 1 so‘zdan iborat sinonim
Namuna:
1.Termin
2.Iqtisodiy, sohaviy
3.Anglatadi, ishlatiladi, aniqlaydi
4.Birgina ma’noga ega bo‘lgan so‘z.
5.Atama.
|
| |