|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti
|
bet | 69/74 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,06 Mb. | | #148961 |
Bog'liq Akademik yozuv majmua sirtqi (2)Mavzu yuzasidan savollar:
Tilning leksik qatlamini izohlab bering.
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishida nimalarga ahamiyat berish kerak?
Ijtimoiy-siyosiy leksikani izohlab bering.
Topshiriq. Gaplarni ko‘chirib, omonim va polisemantik so‘zlarni toping, ularning ma’nolarini tushuntiring.
Paxtani begona o‘t bosmasligi kerak. 2. Abdulxay, o‘zing ham to‘rga o‘t, bolam. (U. Nosir.) 3. Qalbimga o‘t yoqma. 4. Shamol daraxt boshlarini sekin tebratdi. 5. U boshini sekin tebratdi. 6. Buloq boshida dam oldik.7. Yuz nomarddan yuz qaytar, bir mardni hamma maqtar. (Maqol.) 8. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar. (Maqol.) 9. Mehmonlarni to‘rga o‘tkazishdi. 10. Gapga bir yosh yigitcha aralashdi. 11. Ko‘ziga yosh oldi. 12. Yoshim o‘ttizga yetdi. 13. Laylak keldi, yoz bo‘ldi, qanoti qog‘oz bo‘ldi. (Qo‘shiq.) 14. Ukangga tez-tez xat yoz. 15. Tovuqlarga don soch. 16. Sochi oppoq bo‘lib qolgan. 17. Bugun yaxshi tush ko‘rdim. 18. Otdan tush. 19. Chaqmoq chaqdi. 20. Yong‘oqni tish bilan chaqmoq sog‘liq uchun zarar keltiradi.
Mavzu:TERMINLARNING YASALISHI VA QО‘LLANILISHI
Reja:
1.Terminlarning o’ziga xosligi.
2.Maxsus leksik qatlamlar.
3.Terminlarning yasalishi va qo’llanilishini mashqlar bilan mustahkamlash.
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi.
Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari o‘zbek tili leksikasining boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’lumki, tilda so‘zlarning ma’nolari har xil usullar bilan ko‘chishi mumkin. Chunonchi, so‘z semantikasidagi o‘zgarish, asosan, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabi semantik transformatsiya asosida ro‘y beradi.
Tilshunoslarning yakdillik bilan bildirgan fikrlariga qaraganda, semantik usul bilan termin hosil qilishda asosiy rolni metafora o‘ynaydi. Chunki umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror xususiyatini, masalan, shaklan o‘xshashligini, rang-tusidagi bir xillikni asos qilib olish yo‘li bilan yangi-yangi terminlar vujudga keladi.
|
| |