• 8.Referatning rasmiylashtirilishi
  • Mavzu yuzasidan savollar
  • Mavzu: ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI
  • Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
  • Annotatsiya namunasi Annotatsiya
  • Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatdan tekshirilishi




    Download 2,06 Mb.
    bet60/74
    Sana31.01.2024
    Hajmi2,06 Mb.
    #148961
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
    Bog'liq
    Akademik yozuv majmua sirtqi (2)

    7. Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatdan tekshirilishi: Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi.
    8.Referatning rasmiylashtirilishi: Fan o’qituvchisiga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozdava matn uning faqat bir tomoniniegallaydi, qog’ozning chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 smlik hoshiyalar bilan terilishi kerak. Matn sahifalari albatta raqamlanishi kerak. Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.
    Mavzu yuzasidan savollar:
    1. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.
    2. Referatning o’ziga xosligi nimalarda namoyon bo’ladi?
    3. Referat yozishda nimalarga ahamiyat berish kerak?

    Mavzu:ANNOTATSIYA MATNI, UNING TUZILISHI
    Reja:
    1. Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
    2. Annotatsiya so’zining ma’nosi.
    3.Annotatsiyaga namunalar yozish.


    Annotatsiya matni, tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari
    Аnnоtаtsiya – bаdiiy, ilmiy, mеtоdik аsаrlаrning muаllifi, mаvzusi, mаnbаsi, undа ko‘tаrilgаn аsоsiy mаsаlаni ko‘rsаtishgа qаrаtilgаn qisqахаbаrdir. Аnnоtаtsiya o‘zining kаmso‘zligi, hаjm jihаtidаn nihоyatdа kichikligi bilаn bаyоnning bоshqа turlаridаn аjrаlib turаdi. Batafsil yozilgan annotatsiya quyidagi savollarga javob bera olishi lozim.
    Ishda nima haqida so‘z boradi?
    Muallif qanday savollarni o‘rtaga qo‘yadi?
    Bu savollar qanday yoritib berilgan?
    Ishning tuzilishi qanday?
    Ishni qanday baholash mumkin?
    Yozilgan ish kimlarga mo‘ljallangan? v.h.
    Annotatsiya namunasi
    Annotatsiya
    Maskur qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligini, matnning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, dasturiy injiniring, iqtisod, telekommunikatsiya, axborot texnologiyalari, aloqa sohasi bilan bevosita bog‘liq matnlar ham o‘rin olgan.
    Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar bilan mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin olgan matnlarning barchasi, bizningcha, har tomonlama yondoshilgan holda tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli xulosalar chiqarib, mustaqil fikrlay boshlaydi. Ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyat jihatdan tekshirilishi

    Download 2,06 Mb.