|
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq
|
bet | 187/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida taʻriflanadi. Bu texnologiya foydalanuvchilar oʻrtasida barcha maʻlumotlarni almashish boshqa tarmoq doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani taʻminlashga qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmogʻiga birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin. Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga filiallar oʻrtasida maʻlumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz oʻrnatish kerak. Har bir boʻlimda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN tarmogʻining boshqa qismiga maʻlumot joʻnatish kerak boʻlsa, bu holda barcha maʻlumotlar shlyuzga joʻnatiladi. Oʻz navbatida, shlyuz maʻlumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmogʻi orqali boshqa filialdagi shlyuzga joʻnatadi. Belgilangan nuqtada maʻlumotlar qayta deshifrlanadi va oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz boʻladi.
Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmogʻiga qoʻshishning ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan chiqqansiz, oʻz tarmogʻingizga ulanish yoki u yyerdan biror-bir maʻlumotni olish zaruriyati paydo boʻldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bogʻlanishingiz mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu nafaqat qulay, balki arzondir.
VPN ishlash tamoyili. VPN tarmogʻini tashkil etish uchun yangi qurilmalar va dasturiy taʻminotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega boʻlish lozim: maʻlumot uzatish protokoli va uning himoyasi boʻyicha vositalar.
Ruhsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruhsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruhsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit maʻlumotlarini
tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruhsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruhsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) boʻlinadi.
|
| |