• Nazorat uchun savollar
  • § 6.2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usullari
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev




    Download 7,52 Mb.
    bet190/216
    Sana19.07.2024
    Hajmi7,52 Mb.
    #267965
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   216
    Bog'liq
    5ffd2d83d9d2c (1)

    6.1.1- jadval.

    Portlarni tekshirish hujumiga qarshi samarali himoya yyechimi tarmoqlararo ekran texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni bir vaqtda tekshirish haqidagi kelgan soʻrovlarga nisbatan tarmoqlararo ekranga maxsus qoida joriy etish yoʻli bilan hujumni bartaraf etish mumkin.




    Nazorat uchun savollar:





    1. Tarmoq xavfsizligi haqida maʻlumot bering.

    2. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlari qanday toifalarga boʻlinadi?

    3. Axborot xavfsizligi boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan keng tarqalgan oʻnta xatolarni sanab bering.

    4. VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq haqida maʻlumot bering.

    5. Port scanning nima?

    6. IPsec protokolidan nima uchun foydalanadi?



    § 6.2. Ma’lumotlarni muhofaza qilish usullari


        1. Kriptografiyaga asoslari

    Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya`ni diskda saqlanadigan sonlar ko`rinishida yoki kompyuter tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko`rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo`lgan har qanday axborotga nisbatan qo`llash mumkin. Maxfiylikni ta`minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo`llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo`llaniladigan usullarning o`zi axborotni himoyalash bilan bog’liq bo`lgan ko`p jarayonlarda ishlatilishi mumkin. Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta`minlaydi.


    Axborotlarni boshqalar o‘qishidan saqlash maqsadida maxsus kalit yordamida kodlashtirish kriptografiya deb ataladi. Kriptografiya uzoq yillar davomida xarbiy maqsadlarda qo’llanilib kelingan.
    Ochiq matnni R xarfi bilan belgilaymiz. Bu matn fayli, tasvir, maxsus tovush yoki h.k. bo’lishi mumkin. Bu axborotlar kompyuterda ikkilik kod ko’rinishida ifodalanadi. Shifrlangan tekst S xarfi bilan belgilanadi. Shifr matnning hajmi ba’zan ochiq matn hajmiga teng bo’lishi mumkin. Shifrlangan matn kompyuter tarmog‘i kanallari boylab uzatilishi yoki xotirada saqlanishi mumkin. Shifrlash funksiyasi E ni quyidagicha yozish mumkin:
    E(R)=S
    Shifrni ochish funksiyasini D harfi bilan belgilasak, D (S)=R
    D (E(R))=R
    Kriptografiya quyidagi masalalarni yechilishini ta’minlashi kerak.
    Autentifikatsiya - qabul qiluvchi shunga ishonch hosil qilishi kerakki ma’lumot aniq bir yuboruvchidan bo’lishi shart. Boshqa bir nom bilan yolg’on ma’lumot yuborilmasligi kerak;
    Butunlik - uzatish paytida axborot o‘zgarmasligi;
    Inkor qilmaslik (neosporimost) - ma’lumotni yuboruvchi o‘zi ekanini tasdiqlashi.
    XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida kishilik jamiyatida axborotning ahamiyati keskin ravishda ortib ketdi. Insonning har bir sohadagi faoliyatini takomillashtirish va osonlashtirishga qaratilgan zamonaviy jamiyatda axborot mahsulot yoki xom ashyo sifatida borgan sari katta qiymatga ega bo‘lib bormoqda.
    Keyingi yillarda kompyuter sanoatining rivojlanishi va inson hayotiga tobora chuqurroq kirib borishi natijasida axborotni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish, uzatishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oqibatda ana shu axborotlarning xavfsizligini ta’minlash informatikaning eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Kompyuterning tarmoq texnologiyalarining jadal rivojlanishi esa bu muammoning ahamiyatini yanada oshirib yubordi.
    Axborotlarni kriptografik usulda himoya qilish yuzaga kelgan muammmolarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Axborotlarni kriptografik himoya qilishda ularning mazmunini yashirish yoki begonalar tomonidan foydalanishning oldini olish maqsadida axborot maxsus funksional akslantirish yordamida bir ko‘rinishda boshqa ko‘rinishga o‘tkaziladi. Bu amalning turli usullarini ishlab chiqish uchun amaliy matematikaning yangi bir yo‘nalishi-kriptografiya yuzaga keldi va rivojlanib bormoqda.
    Kriptografiya — bu axborotlarni kriptografik himoya qilishning turli model va metodlari, algoritmlari, dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqish hamda bunday himoya samarasini baholashni o‘rganuvchi fan hisoblanadi[12].

    Download 7,52 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   216




    Download 7,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev

    Download 7,52 Mb.