|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 4/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Axborot – bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, toʻliqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda ogʻzaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin boʻlgan atrof – muhit (obyektlar, voqea- hodisalar) toʻgʻrisidagi maʻlumotlardir [5].
Texnologiya soʻzi lotincha “thexnos” - sanʻat, hunar, soha va “logos” – fan degan maʻnolarini anglatadi. Yaʻni texnologiya – biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari koʻrinishini bildiradi [4].
Axborot texnologiya - obʻyekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsulot) holati haqida yangi sifatdagi maʻlumotlarni olish uchun foydalanadigan maʻlumotlarni (birlamchi) yigish, ishlov berish va o`zatish vositalari, hamda usullari majmuasidir [6].
Kommunikatsiya (lotincha: communication, ruscha: сообщение, передача) – axborotlarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish tushuniladi.
Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi boʻlib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi.
“Telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini oʻtkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi”. (“Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi OʻzR Qonunidan) [4].
Keng maʻnoda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bоʻla olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) оʻrtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar оʻrtasidagi yorugʻlik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows operasion tizimining kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (receiver) oʻrtasida masofadan turib maʻlumot almashinishni bildiradi.
|
| |