|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev
|
bet | 7/216 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 7,52 Mb. | | #267965 |
Bog'liq 5ffd2d83d9d2c (1)Axborot tizimlari — belgilangan maqsadga erishish yoʻlida axborotni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qoʻllaniladigan usullar, vositalar va shaxslaming oʻzaro bogʻlangan majmuasidir. Axborot tizimlari jamiyat paydo boʻlgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida oʻz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari - moddiy va nomoddiy neʻmatlami ishlab chiqarish bilan bogʻliq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy m uhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ulaming rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, oʻz navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni ragʻbatlantiradi[4].
Axborot tizimlari maʻlum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi
holatlardagi farqni eʻtiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli boʻlgan, faqat unga tegishli axborotni beradi[5].
Avtomatlashtirish darajasiga koʻra qoʻl mehnatiga asoslangan, avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi.
Qoʻl mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi (tizimcha) yoki maʻlumotlarni qayta ishlash Avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari — maʻlumotlarni qayta ishlashning barcha boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:
ilmiy tadqiqot;
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;
tashkiliy boshqaruv;
texnologik jarayonlarni boshqarish.
|
| |