Ismatullaev Hakim Turaqulovich 1982 yilning 15 yanvarida Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
Ravot mahallasida ziyolilar oilasida tuғilgan. 2003-2008 yillarda
Toshkent davlat agrar
universitetini (Ipakchilik yo’nalishini) bakalavirni tugatgan. 2010 yillarda Toshkent davlat agrar
universitetini (Ipak qurti biologiyasi va agrotexnikasi) magistraturani tugatgan.
Uning yuqori
malakali mutaxassis bo’lib etishishida ko’pgina ustoz-murabbiylar hissa qo’shganlar: N.Axmidov,
M.Xibbimov, S.Sobirov, T.Azizov, A. Jalilov, E.Azimov, Ch.I.Bikkamov, N.Nodiraliyeva,
V.Rahmonberdiev, O’. Jumanova, va boshqalar. U 2012 yildan boshlab Samarqand qishloq xo’jalik
instituti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasiga assistentlik lavozimiga ishga qabul qilinib,
Samarqand veterinariya
meditstenasi instituti,
Parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik
kafedrasida hozirgi kunga
qadar assistent lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
H.T.Ismatullaev 2018 yildan
“Tut ipak qurtini hayotchanligi va mahsuldorligiga tut bargida kechadigan
fiziologik jarayonlarning o’zaro boғliqligini asoslash” mavzusida ilmiy izlanishlarini Ch.I.Bekkamov
bilan olib
bormoqda. H.T.Ismatullaev hozirgi kunda yosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lida tinmay xizmat qilib kelmoqda. U
ko’plab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar (15 dan ortiq), o’slubiy qo’llanmalar (1), amaliy tavsiyalar (5) muallifi.
Oilali, ikki farzandning otasi.