343
Mualliflar haqida ma’lumot
Bekkamov Chorshanbi Ismoilovich 1976 yilning 21 sentyabrda
Qashqadaryo viloyati, Qamashi
tumani, Novobod mahallasida ziyolilar oilasida tug’ilgan. 1997-2001 yillarda Toshkent davlat agrar
universitetini (Ipakchilik yo’nalishi) bakalavriatrni tugatgan. 2003 yillarda
Toshkent davlat agrar
universitetini (Ipak qurti biologiyasi va agrotexnikasi) magistraturasini imtiyozli diplom bilan
tugatgan. Uning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishida ko’pgina
ustoz-murabbiylar hissa
qo’shganlar: N.A.Axmidov, S.Murodov, M.Xibbimov, S.Sobirov, A.Abduraxmonov, Sh. Umarov,
E.G’.Azimov, N.Nodiraliyeva, A.Isalilov va boshqalar. U 2003 yildan boshlab Toshkent davlat
agrar
universitetini, Ipakchilik kafedrasiga assistentlik lavozimiga ishga qabul qilinib,
ushbu
kafedrada 2014 yildan dostent lavozimida va 2016 yildan buyon “Ipakchilik va tutchilik” kafedrasi
mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Ch.I.Bekkamov 2012 yilda
“Tut ipak qurtining ipak bezi faoliyatiga oziqlantirish va haroratning ta’siri”
mavzusida nomzodlik dissertastiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2013 yilda O’zbekiston OAK tomonidan unga
dostentlik unvoni berildi. Ch.I.Bekkamov hozirgi kunda yosh malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lida fdokorona
xizmat qilib kelmoqda. U ko’plab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar (60 dan ortiq), darslik (1), o’quv qo’llanmalar (4),
uslubiy ko’rsatma va amaliy tavsiyalar (20) muallifi.
Oilali, uch farzandning otasi.