|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T Pdf ko'rish
|
bet | 174/175 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 11,98 Mb. | | #99770 |
Bog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlariXamdamova Elnura Iskandarovna 1975 yilning 9 yanvarida Samarqand viloyati, Samarqand
tumani, Turkman mahallasida ziyolilar oilasida tuғilgan. 1991-1996 yillarda Samarqand davlat
universitetini (Biologiya fakulteti) tugatgan. Uning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishida
ko’pgina ustoz-murabbiylar hissa qo’shganlar: I.Xamdamov, N.Amirxanov, T.I.Amirxanova,
J.Xodjaev, X.A.Keldiyorov, X.N.Normurodov, D.T.Abdukarimov, R.Oripov, N.X.Xalilov,
S.X.Narzieva, B.X.Xolmirzaev, A.A.Elmurodov, M.A.Hayitov va boshqalar. U 1999 yildan boshlab
Samarqand qishloq xo’jalik instituti, Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasiga assistentlik
lavozimiga ishga qabul qilinib, ushbu kafedrada hozirgi kunga qadar dostent lavozimida faoliyat
ko’rsatib kelmoqda.
E.I.Xamdamova 2006 yilda “Samarqand viloyati sharoitida ko’ko’t (Poterium poliganum. waldst.et.kit.)
etishtirishning biologik va texnologik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertastiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
2009 yilda O’zbekiston OAK tomonidan unga dostentlik unvoni berildi. E.I.Xamdamova hozirgi kunda yosh
mutaxassislarni tayyorlash yo’lida tinmay xizmat qilib kelmoqda. U ko’plab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar (70 dan
ortiq), darslik (1), o’quv qo’llanmalar (4), amaliy tavsiyalar (20) muallifi.
Oilali, uch farzandning onasi.
Narbaeva Mavlida Kosimovna, 1965 yil 1 iyulda Samarqand viloyati Payariq tumani
Maxammadi qishloғida ziyolilar oilasida tuғilganman.
1997 - 2002yilda Samarkand qishloq xo’jalik institutiga «Zootexniya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha
o’qishga kirib, uni yilda imtiyozli diplom bilan tugatdim.
1998-2002 yillar Samarkand qishloq xo’jalik instituti “Umumiy kimyo” kafedrasida labarant bo’lib
ishlaganman.
2002 - 2004yilda Samarkand qishloq xo’jalik institutiga «Naslchilik ishi» mutaxassisligi bo’yicha
o’qishga kirib, uni yilda tugatdim.
2004 yildan boshlab «Zootexniya, hayvonlar genetikasi va urchitish» kafedrasida assistent.
2009 yil “O’zbekistonning janubiy xududi sharoitida qora-ola, golshtin zotlari va ularni avlodlarining
maxsuldorligi” mavzusidagi nomzodlik dissertastiyasi mavzumni tasdiqlatib, 2012 yil iyul oyida himoya qildim. Shu yil
dekabrida qishloq xo’jalik fanlari nomzodlik diplomini oldim.
2013 yil 23 dekabrdan Zootexniya, xayvonlar genetikasi va urchitish kafedrasi katta o’qituvchisi.
Institut rektorining 2015 yil 20 noyabr 450–sonli buyruғiga binoan 2015 yil noyabr oyidan boshlab “Zootexniya,
asalarichilik va baliqchilik” kafedrasi mudiri v.v.b., lavozimida ishlamoqdaman.
Oilaliman, turmush o’rtoғim va 3 nafar farzandim bor.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T
|