O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/128
Sana07.11.2022
Hajmi1.92 Mb.
#29393
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
Bog'liq
amaliy sanat turlari
3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
 
MILLIY HUNARMANDCHILIK 
O’zbek xalq amaliy san’ati qadim zamonlardan beri mag’rub-u 
mashriqda dong taratib keladi va insoniyat madaniyatida o’ziga xos 
muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq amaliy san’atiga 


21 
bo’lgan e’tibor kuchaymoqda. Xalq amaliy san’ati bu eng nozik san’at 
hisoblanib, kishilarga estetik zavq-shavq bag’ishlaydi. 
Xalq amaliy san’atining har bir turida uchraydigan, ularga 
go’zallik baxsh etuvchi tasviriy san’at turlaridan biri hisoblangan 
nozik san’at naqqoshlikdir. Eng avvalo, biz o’zbek xalq amaliy 
san’atining turlarini bilib olishimiz shart va zarurdir. 
- Naqqoshlik; 
- Kashtachilik; 
- Kulolchilik; 
- O`ymakorlik; (yog’och va ganch) 
- Zardo’zlik; 
- Tikuvchilik; 
- Zargarlik; 
- Do`ppido’zlik; 
- Pichoqchilik; 
- Toshtaroshlik; 
- Misgarlik; 
- Kandakorlik (mis); 
- Beshiksozlik;
- Oshpazlik; 
- To’qish (adras, savat, banoras, gilam va h.k.) san’ati: 
Ushbu yuqorida nomlari sanab o’tilgan san’at turlari bilan badiiy 
hunarmandlarimiz shug’ullangan va hozirgi kunda jahonga mashhur 
bo’lgan o’zbek xalq amaliy san’atining rivojlanishiga hissalarini 
qo’shib kelmoqdalar.
Badiiy hunarmandchilikda, milliy san’atimizda naqqoshlik 
alohida ahamiyatga egadir. Uni xalq amaliy san’atining barcha turida 
uchratish mumkin. Naqqoshlik qadimiy va o’lmas san’atdir. Mazkur 
san’atining qadimiyligiga diyorimiz me’moriy obidalaridagi devoriy 
rasm va naqshinkor bezaklar dalildir. Milliy me’morlikda naqsh 
san’ati asosan ustunlari shiftlarni, ustun va vassalarni, bino 
devorlarini, gumbaz va mehroblarni bezatishda qo’llanilgan. 
Naqqoshlik san’atiga qanchalik to’sqinlar bo’lmasin O’zbekiston 
me’morligida muhim o’rin tutib keladi va kelmoqda. Naqqoshlik 
amaliy san’atlaridan biri bo’lib, tabiat manzarasini ma’lum unsurlar 
vositasida o’ziga xos yo’sinda ifodalovchi bir-bir rangli tasvirki, bu 
tasvirda unsurlarning ma’lum bir satxda o’zaro uyg’unligi kishi 


22 
diqqatini o’ziga tortadi. Naqshu nigorlar, naqshlangan uy jihozlarida
uy-joy ro’zg’or ashyolarida, devor va ishlangan keng xajmdagi 
bezaklarda va asbob anjomlarda takrorlanib keladi. Naqqoshlar
murakkab naqshlarda o’zlarining eng yaxshi tilaklarini aks 
ettiradilar. Naqqoshlik kishida yuksak badiiy didni yuzaga keltiradi. 
Naqsh ishlangan, me’morlik obidalari, turar joy binolari kishiga zavq 
bag’ishlash bilan birga ruhlanish manbai bo’lib kelgan. 
Bashorat qilishlaricha, go’zal naqshlangan uylarda yashab kelgan 
kishilar, ruhiy osoyishtalik bilan yashab, uzoq umr ko’rgan ekanlar. 
Shuning uchun ham bu madaniy merosimizni davom ettirib, kelajak
avlodga o’rgatib, singdirib borish, yangi-yang 
imkoniyatlarni topib, uni boyitib borish katta ahamiyatga egadir. 
Xalq amaliy san’ati namunalari bo’lmish Samarqand, Buxoro, 
Xiva, Qo’qon, Shahrisabz yodgorliklari kelajak avlod uchun ijod 
namunasi bo’lib xizmat qiladi. Bu sohada ijod etgan ustalar haqida 
ma’lumot berish ayniqsa o’quvchilarning kasb tanlashlarida yordam
beradi. “Hunarli kishi xor bo’lmaydi” degan naqlga amal qilib, yosh 
avlodni kasb-hunarga, san’atga oshno qilib tarbiyalash hozirgi 
kunning dolzarb vazifalaridan biridir. 
O’zbek xalq amaliy san’atining rivojlanishida Xiva xalq ustasi 
Abdulla Boltayev, mashhur o’ymakor usta Ota Polvonov, Buxoro xalq 
ustalari maktabining iste’dodli vakili usta Shirin Murodov, 
Namanganlik naqqosh Rahimjon Zohidov, usta Qodirjon Haydarov, 
Nurotalik chevar Oysha Karimova, usta Ortiq Fayzullaev, o’ymakor 
Ibrohim Komilov, Toshpo’lot Arslonqulov, Farg’onalik Saidmahmud 
Norqulov, Saidahmad Mahmudov, usta Mahmud Usmonovlarni 
o’quvchilarga aytib o’tish, ularning ijod namunalarini ko’rsatish, 
ulardagi san’atni sevish, asrash, ardoqlash go’zallikni sezish ko’nikma 
va malakalarini oshirishda asosiy rol o`ynaydi. 

Download 1.92 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti viloyat to’xsanova

Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish