• Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyillari.
  • Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo’lsa, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi quyidagi tamoyillarga tayanadi. 1. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan dastur va maqsadli rejaning mavjudligi.
  • 2. Qonuniylikni ta’minlash tamoyili.
  • Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi




    Download 139.91 Kb.
    bet5/14
    Sana29.01.2023
    Hajmi139.91 Kb.
    #39998
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    KORXONA IQTISODIYOTI
    YZDQWdRMRMuWk0FPJLf5CSHvNxRPxzVnQV4oYn91, Mavzu Xayol, kurs ishi, vkr, Amaliy ekonometrik modellar, Лагмонота 9CD3L4i, O\'zlashtirish qaydnomasi (2), Презентация без названия, Mavzu Simsiz tarmoq texnologiyalari. Bajardi-fayllar.org, 3-Mavzu matnni, Жолдасов Асан объективка, 2 5258468115649412113, 31-Hapte, моя курсовая (4)
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi deganda, uning mustaqilligini, mustahkamligini, barqarorligi va ichki imkoniyatlar evaziga takomillashib, taraqqiy etib borishini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi sharoitlar va omillar majmuasining mavjudligi tushuniladi.
    Ko’rinib turibdiki, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash o’ta murakkab bo’lishi bilan birga juda ko’p qirrali sohadir. Shu tufayli unga shunchaki kundalik tadbirlar bilan yoki ozgina e’tibor bilan erishib bo’lmaydi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizingini ta’minlash uchun undagi band bo’lgan kadrlar yuqori malakali, saviyali va tashabbuskor bo’lmog’i lozim. Eng muhimi, hozirga paytda har bir korxonada ishlovchi xodim uni «umumiy mulkimiz» emas, balki «mening mulkim» deb his qilishi, shu ruhiyat bilan yashaydigan, ishlaydigan bo’lishi darkor.
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tamoyillari. Xavfsizlikni ta’minlash uchun uni amalga oshirishda ma’lum tamoyillarga tayaniladi. Bu tamoyillar korxona ishining taktikasi va strategiyasini, aniq maqsad va vazifalar bilan faoliyat ko’rsatishini belgilab olishida namoyon bo’ladi.
    «Bu ko’rsatkichlar eng avvalo bizning o’z oldimizga qo’ygan yuksak maqsad - dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish yo’lidan izchil va bosqichma-bosqich ilgarilab borayotganimizning isboti bo’lib, ana shu mamlakatlar erishgan marralarga biz ham albatta yetamiz, degan ishonchni tug’diradi».
    Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo’lsa, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi quyidagi tamoyillarga tayanadi.
    1. Uzoq istiqbolga mo’ljallangan dastur va maqsadli rejaning mavjudligi. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o’z mulkiy javobgarligiga asoslanar ekan, u uzoqni ko’zlab aniq strategik maqsad bilan va shu maqsadga erishish uchun uzoq muddatga mo’ljallangan dastur asosida faoliyat ko’rsatishi lozim.
    2. Qonuniylikni ta’minlash tamoyili. Hozirgi paytda juda ko’p korxonalar qonunni chetlab ma’lum vaqt noqonuniy foyda olish evaziga faoliyat ko’rsatmoqda. Ular faoliyatidagi qonunbuzarlik fosh bo’lgach (albatta shunday bo’ladi), juda ko’p jarimalar to’lashi evaziga birdaniga sinib inqirozga uchramoqda. Oqibatda korxona bankrot bo’lmoqda. Bu holat jamiyat uchun ham, davlat uchun ham, shu yerda ishlagan mehnat jamoasi uchun ham, pirovardida korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uchun ham katta zarar keltirishi to’g’risida izohning hojati bo’lmasa kerak.

    Download 139.91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 139.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi

    Download 139.91 Kb.